Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi



Download 2,79 Mb.
bet82/89
Sana19.05.2022
Hajmi2,79 Mb.
#604517
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89
Bog'liq
BOLALAR PEDAGOGIKASI Дарслик 2-кисм (24.04.2020)

Tayanch sо‘z va iboralar: nazorat, diagnostika, ta’lim natijalari, tekshirish, baholash, boshlang‘ich ta’lim sifati


Nazorat va diagnostika tushunchalari
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasida aloqani ta’minlash, ta’lim beruvchi tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Shuningdek, tekshirishning maqsadi nafaqat ta’lim oluvchining bilim darajasi va sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Ta’lim oluvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko‘rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib boriladi: ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash; mavzuni o‘zlashtirishni joriy tekshirish; bilim, ko‘nikma va malakalarni egallanganligining takroriy tekshirish; yaxlit bo‘lib yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish; ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olish [28; 142-b.].
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rsatkich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchashiga aytiladi. O‘zlashtirish tabellari, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholash shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi. Ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda ta’lim oluvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko‘rsatkichlari ko‘proq ballar yoki foizlarda, sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi [28; 146-b.].



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish