Tarbiya turlari
№
|
Tarbiya turlari
|
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiya mazmuni
|
1.
|
Mehnat tarbiyasi
|
Boshlang‘ich sinflarda xizmat ko‘rsatish mehnatining o‘ziga o‘zi xizmat qilish va jamoatchilik ishlari bilan tanishtirish, shu bilan bir qatorda bunga qo‘shimcha tarzda quyidagi mavzularda mashg‘ulotlar olib borilishi mumkin: «Pazandachilik sirlari», «Taom tayyorlashda masalliqlarga ishlov berish, saralash, yuvish, archish, to‘g‘rash va qirqish», «Sabzavotlardan tayyorlangan salatlar», «Dasturxon tuzash», «Uyni va sinf xonasini saranjom-sarishta tutish», «Mehmon kutish»
|
2.
|
Nafosat tarbiyasi
|
Boshlang‘ich sinf dasturiga ko‘ra o‘quvchilarga dastlab xulq-atvor va turmushdagi go‘zallik, ya’ni buyumlar, kiyimlar, o‘quv qurollarini toza, ozoda, chiroyli asrash, ularni saranjom-sarishta saklay bilish, ulardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish o‘rgatiladi. O‘quvchilarda xushmuomala bo‘lish, qo‘pollikdan nafratlanish, ifloslik, tartibsizlikka murosasiz bo‘lish kabi xususiyatlar tarbiyalanib boradi. Nafosat tarbiyasi ta’sirida bolalar qalbi shunchalik noziklashadiki, ular har bir so‘zni darhol quloqqa oladigan bo‘ladi, qalb fazilati ortadi, nafosat his-tuyg‘usi kuchayadi, his etish, tushunish, qadrlash, zavqlanish, nafratlana bilish, bir hodisaga munosabat bildirish - bular nafosat tarbiyasining alifbosi hisoblanadi
|
3.
|
Axloq-odob tarbiyasi
|
O‘quvchilarda intizomni tarbiyalashda maktab jamoasi va ular orasidagi o‘zaro munosabatlar, birbiriga bo‘lgan ishonch va hurmat, o‘zaro yordam va o‘rtoqlik xislatlari asosiy rol o‘ynaydi. O‘quvchilarda ongli intizomni, odobni tarbiyalashda o‘qituvchilar o‘z xulq-atvorlari, muomala madaniyati bilan namuna bo‘lishlari darkor. Chunki ularning yurish-turishi, odobi o‘quvchining ichki e’tiqodiga aylanishi va ma’naviyatiga ta’sir etishi kerak. Shundagina o‘quvchilar jamiyat va jamoa oldida axloqiy tarbiya talablariga javob beradigan xulq-atvor egalari bo‘la oladilar
|
4.
|
Ekologik tarbiya
|
Ekologik ta’lim va tarbiya - bu insonni tabiatga qadam qo‘ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e’tibor bilan qaraydigan urfodatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliyutarni ko‘paytirish, bog‘u-rog‘lar, gulzorlar tashkil qilishga undash dan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg‘otishdan iboratdir
|
5.
|
Jismoniy tarbiya
|
Maktab yoshidagi bolalarning qaddi-qomatini to‘g‘ri-mutanosib shakllantirish, suyak-bo‘g‘inlarni va muskullarni uyg‘unlashgan tarzda rivojlantirish, yurak-tomir hamda nafas olish a’zolarinsng asab tolalari majmuasini mustahkamlashtirish muhim. Jismoniy mashqlar darsning 25-30-daqiqalarida (4-8 tadan iborat bo‘lgan mashqlarni) 2-3 daqiqa davomida bajariladi. Bu chog‘da bajarilishi oson, o‘tirib yoki o‘rindan turib panjalarga, bo‘yin, yelka, bel va qomatning pastki qismiga
ta’sir etadigan mashqlarni tanlash lozim. Harakatli o‘yinlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasida muhim vosita hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarning hayotida harakatli o‘yinlar ularning jismoniy chiniqa borishiga va aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |