2-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsad va vazifalari
4. Muassasada autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishning maqsadlari quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchilarni tо‘laqonli sog‘lom ovqatlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni ta’minlash;
sifatli taomlar tayyorlash orqali tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol о‘sishini ta’minlash;
taomlarni iste’mol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish;
tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq sog‘lom ovqatlantirish;
muassasalar rahbarlarini ta’limga oid bо‘lmagan vazifalardan ozod qilish va ta’lim samaradorligini oshirish.
5. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga bо‘lgan talablarini inobatga olgan holda, ularning ratsional ovqatlanishini ta’minlash;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tarbiyalanuvchilarning sog‘lom о‘sishida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan zarur moddalar bilan ta’minlash;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi hamda sifatini kafolatlash;
tarbiyalanuvchilarda ovqatlanish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yо‘l qо‘ymaslik;
tarbiyalanuvchilar о‘rtasida tо‘g‘ri ovqatlanish kо‘nikmalarini shakllantirish;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xom ashyosini saqlashda, tashishda sanitariya normalari va qoidalariga qat’iy rioya qilish.
3-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga qо‘yiladigan asosiy talablar
6. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari asosida amalga oshiriladi.
7. Tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida autsorser tomonidan tuzilgan, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya markazi va maktabgacha ta’lim bо‘limini xabardor qilgan holda bir oylik taomnomalar asosida tashkil qilinadi.
8. Autsorser xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini, oshxonalar xodimlari tomonidan taom tayyorlash texnologiyasi qoidalariga rioya qilinishiga, oshpazlarning har uch yilda bir marta malaka oshirishiga, tibbiy kо‘rikdan о‘tgan holda ishga qо‘yilishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
9. Muassasa oshpazlarining malakasini oshirish О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan о‘quv rejasi va dasturi asosida tashkil etiladi hamda autsorser tomonidan moliyalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |