8-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini olib borish
42. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limlari maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini olib borishda:
maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilib boradi;
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga oshxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bо‘yicha takliflar kiritadi;
monitoring natijalarini har chorakda hududiy tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yig‘ilishlarda prokuratura, moliya, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim bо‘limlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilib boradi;
oshxonalarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq bо‘lmagan holatlarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini kо‘radi.
43. Hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan nazorat ishlari amalga oshiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoida
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bо‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
6-ilova
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida (keyingi о‘rinlarda muassasa deb ataladi) autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizom talablari tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha turdagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bо‘yicha xizmat kо‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subektlariga (keyingi о‘rinlarda autsorser deb ataladi) taalluqli hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirishning autsorsing usulini joriy etish ustuvor hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |