13-bob. Yakunlovchi qoidalar
79. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yо‘l qо‘yilmaydi.
80. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari amaliyotini о‘tkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-ilova
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga (keyingi о‘rinlarda maktabgacha ta’lim muassasalari deb ataladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2. Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish maktabgacha ta’lim muassasalarining oshxonalarida (keyingi о‘rinlarda oshxona deb ataladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
2-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsad va vazifalari
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsadi tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol о‘sishini ta’minlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni iste’mol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish hisoblanadi.
4. Quyidagilar maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tarbiyalanuvchilarning belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlanishni tashkil etish;
tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
tarbiyalanuvchilarda ovqatlantirish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yо‘l qо‘ymaslik;
tarbiyalanuvchilar о‘rtasida sog‘lom ovqatlantirish kо‘nikmalarini shakllantirish;
taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |