Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga (MBBT) kiritilgan har qanday ma’lumot
jadvallarda saqlanadi. Jadvallarning qatorlari
yozuvlar deb, ustunlari esa
maydonlar deb ataladi.
So’rovlar jadvallardan ma’lumotlarni bir yoki bir necha kriteriylar (ko’rsatgichlar) asosida
tanlab olish uchun ishlatiladi. Jadvallar soni ham bir yoki bir nechta bo’lishi mumkin.
Access MBBTni ham barcha dasturlar kabi ish stolining «
Пуск» tugmasi yordamida ishga
tushirish mumkin.
Bu dastur ishga tushganidan so’ng ekranda hosil bo’lgan oynada ma’lumotlar bazasini
yaratish yoki mavjud bazani ishga tushirish imkonini tanlash mumkin (4-rasm).