Усуллар
28
2. VALEOLOGIYA BO„YICHA AMALIY MASHG„ULOTLAR.
Jismoniy tarbiya bo„yicha o„quv mashg„ulotlar valeologiyaning asosiy va
majburiy shakli hisoblanadi. Mashg„ulotlarda talabalar sog„lom hayot tarzi haqida
bilim oladilar, malakalarini oshiradilar, jismonan rivojlanadilar. Jismoniy tarbiya
mashg„ulotlari o„z xususiyatlariga ega bo„lib, ular harakat sezgilari, holatning tez-tez
o„zgarishi, yuqori emotsionallik, kollektiv harakatlar bilan xarakterlanadi.
Jismoniy sog„lomlashtirish mashg„uloti jismoniy tarbiyaning pedagogik va
metodik prinsiplariga binoan o„tkaziladi. Mashg„ulotni o„tkazish prinsiplari quyidagi
talablar asosida konkretlashtirildi:
- mashg„ulot ta‟lim, tarbiyaviy va sog„lomlashtirish vazifalarini bajarish,
talabalarda jismoniy mashg„ulotlarga qiziqishni shakllantirish, ularni aktiv faoliyatga
undashi kerak;
- mashg„ulot vazifalari kontingentning boshlang„ich ahvoli haqidagi ma‟lumotlar
(jismoniy rivojlanishi, jismoniy va funksional tayyorligi) asosida tuzilgan bo„lishi
lozim;
- mashg„ulot mazmuni, uni tashkil etish va o„tkazish metodikasi har bir talabaning
psixologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan individual tipologik xususiyatlari va
shaxsiy xarakteriga asoslangan bo„lishi kerak;
- mashg„ulot mazmuni va yuklamasi o„quv jadvaldagi boshqa umumta‟lim
darslariga mos kelishi kerak.
Bundan tashqari, mashg„ulot tuzilayotganda asosiy didaktik tamoyillar (onglilik,
faollik, muntazamlilik, ketma-ketlik, ko„rgazmalilik, amaliy yo„naltirilish) e‟tiborga
olinishi kerak, chunki bularsiz mashg„ulot istalgan natijani bermaydi.
Кескин
регламент
аштирилган
Мусобақа
Ўйин
Ўз –ўзини
назорат қилиш
ва баҳолаш
Воситалар
Соғломлаштирувчи
югуриш ва жисмоний
ривожланишни гавда
тузилиши ва х.з
Миллий ҳаракатли
ўйинлар ва х.з
Спорт ўйинлари
Хаво, қуѐш ваналарида
чиниқиш сув муо-лажалари
соғлом
лаштирувчи
сузиш
Назорат
диагностика
оператив
жорий
якуний
Шахснинг типологик хусусиятлари, жисмоний
ривожланиши гавда тузи лиши, жисмоний
тайѐргарлиги, жисмоний аҳволини назорат қилиш
Назарий бўлим бўйича тестлаш, ҳар томонлама
тайѐргарлигини комплекс баҳолаш
29
Masalan, har bir mashg„ulot shug„ullanuvchilarning aktiv faoliyatini ta‟minlab
beruvchi, tananing umumiy mehnat qobiliyatini o„sishiga, qo„yilgan vazifalarni
muvaffaqiyatli echishga yordam beruvchi ratsional zichlik tamoyil-lari asosida
tuzilgan bo„lishi kerak. Bunday mashg„ulot shug„ullanuvchilar organizmiga ijobiy
ta‟sir etadi, tanani optimal fiziologik yuklama bilan ta‟minlash talablariga javob
beradi.
Bunda
shug„ullanuvchilarning mustahkam intizomi, harakatlarining
uyushqoqligi asosiy talablardan biri bo„lib, ularsiz tarbiyaviy vazifalarni hal qilib
bo„lmaydi. Bunday talablarga, shuningdek, shug„ullanuvchilar harakatining
emotsionalligi, kollektivligi, ularning qiziqishlari, individual qobiliyatlari ham kiradi,
bunda jismoniy sog„lomlashtirish mashg„ulotlarini tuzishda bir xillilik inkor etiladi.
Talabaning o„qituvchi bilan bevosita muloqotda bo„lishi ularning o„qishiga,
rivojlanishiga ijobiy ta‟sir etadi. Mashg„ulotlarning samaradorligi o„qituvchi va talaba
o„rtasida aloqa naqadar aniq o„rnatilganligiga, bu aloqaning jismoniy rivojlanish
ko„rsat-kichlari va shaxsning tipologik xususiyatlariga naqadar to„liq mos kelishiga
ham bog„liq.
Valeologik tarbiya talabaning jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanishiga
ehtiyojni mustahkamlashga yo„naltirilgan o„quv va jismoniy sog„lomlashtirish
faoliyatini tashkil etishning ko„p qirrali jarayoni sifatida ko„rib chiqiladi.
Mashg„ulotni tuzish va unda ilmiy asoslangan o„quv materialini rejalashtirish
asosiy vazifalarni belgilab olish bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalar umumiy
yo„nalishni, mashg„ulotning mazmuni va usullari, tarbiya, ta‟lim va sog„lomlashtirish
vositalarini belgilab beradi. Ta‟lim, tarbiya va sog„lomlashtirish vazifalari jismoniy
rivojlanish, gavda tuzilishi, qon aylanishi, shaxsning tipologik xususiyatlari bahosiga
qarab konkretlash-tirilishi lozim.
Valeologik tarbiyasining asosiy vazifalariga salomatlikni, jismoniy rivojlanishini
yaxshilash; o„quv tarbiya jarayonini shaxsning tipologik xususiyatlari (flegmatik,
xolerik, melanxolik, sangvinik) ni o„rganish asosida individuallashtirish; quyi kurs
talabalarini o„quv yurtiga adaptatsiyasini engillashtirish maqsa-dida valeologik
tarbiyaning sog„lomlashtirish yo„nalishini kuchaytirish; tananing tashqi muhim
ta‟siriga qarshiligini oshirish, charchoqni bartaraf etish kiradi.
Jismoniy mashqlarni bajarish shakllari, usullari, davomiyligi, ketma-ketligi
valeologiyaning asosiy vazifalariga bevosita bog„liq. SHunday qilib, mashg„ulotning
mazmunini belgilab beruvchi pedagogik vazifalar boshlang„ich omil hisoblanadi.
SHug„ullanuvchilarning harakat faoliyati jarayonida ish qobiliya-tining muayyan
o„zgarishi jismoniy mashg„ulotlarning yana bir asosiy omillaridan biridir. U funksional
holat dinamikasini, tana tizimlari (harakat apparati, ichki organlar va h.z)
imkoniyatlarini aks ettiradi.
YAna bir muhim omil jismoniy mashqlarning shug„ullanuvchilarga tabiiy ta‟siri.
Bu birinchi navbatda, alohida mashqlar yoki mashqlar birikmasining samarasi.
Jismoniy mashqlar inson tanasi va ruhiyatida ma‟lum o„zgarishlarga sabab bo„ladi. Bu
o„zgarishlar mashqlar to„xtashi bilan yo„qolmaydi, balki ma‟lum muddat saqlanib
turadi. O„zgarishlarning saqlanib turishi navbatdagi mashqlarni bajarishga yordam
berishi yoki aksincha, halal berishi mumkin. Masalan, og„ir jismoniy yuklamali
mashqlardan so„ng qiyin koordinatsiyali, yangi harakatlarni o„rganish yaxshi samara
30
bermaydi. CHidamlilikni mustahkamlash mashqlardan so„ng tezlikni oshiruvchi
mashqlar ham kutilgan natijani bermaydi.
CHayirlikni
oshiruvchi
mashqlarni
bajarib
katta
amplitudalar
bilan
xarakterlanuvchi harakatli mashqlar texnikasini o„rganish yaxshi natijalar beradi. Quyi
kurslarda sog„lomlashtirishga yo„naltirilgan darslar talabaning shaxsiy xususiyatlari
(xarakteri, temperamenti, asab tizimining ahvoli), o„quv jarayoniga o„rganish
qiyinchiliklari asosida rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |