maqsadga erishish borasidagi o`zaro hamkorlik faoliyati tushuniladi, bunda
oldindan belgilangan o`zgarish holati sodir bo`lib, o`quvchining shaxsiy sifat
xislatlari o`zgaradi. Boshqacha aytganda ijtimoiy tajriba shaxs sifat fazilatlarga
aylantiriladi. Pedagogik manbalarda "ta`lim-tarbiya jarayoni iborasi ham sinonim
sifatida ishlatilgan. Lekin rus pedagog olimlari A.I. Pinkevich, Yu.K.
Babanskiylarning fikricha "ta`lim-tarbiya jarayoni" tushunchasi nisbatan tor
ma`noni anglatib yaxlitlik xususiyatini ochiq bera olmaydi. Ta`lim-tarbiya va
rivojlanishning birligini ta`minlash bilan pedagogik jarayonning yaxlitligi va
Pedagogik jarayon tizim sifatida, o`ziga qator o`zaro aloqador tarkibiy
elementlarni qamrab oladi. Pedagogik jarayonda shakllantirish rivojlantirish,
tarbiyalash, shuningdek, barcha shart-sharoitlar, shakllar metodlar o`zaro birikib
yagona yaxlitlikni hosil qiladi.
Pedagogik jarayonning bunday tarzda talqin etilishi, uning tashkil etuvchi
elementlarini aniq ajratib olish bilan birga bu elementlar orasidagi o`zaro
aloqadorlik va munosabatlarni tahlil etish, shuningdek, pedagogik amaliyotda uni
boshqarish imkoniyatini beradi.
Tuzilma (lotincha struktura, tuzilish) bu tizimdagi elementlarning
joylashishini anglatadi.
Tizim tuzilmasini ma`lum mezonlarga ko`ra ajratiladigan tarkibiy qism
(komponent)lar, shuningdek, ular orasidagi aloqadorlik tashkil etadi. Tizim
komponentlarining o`zaro aloqadorligini tushunish bilangina, ushbu jarayonning
sifat va samaradorligini oshirish muammosining yechimini topish mumkin.
Pedagogik jarayonning ob’yekti bir paytning o`zida sub’yekt hamdir. Bu
jarayonning natijasi to`gridan-to`g`ri ishtirokchilarning o`zaro hamkorligi (ta`siri),
qo`llanilayotgan texnologiya va o`quvchiga bog`liqdir.
Pedagogik jarayonning qonuniyatlari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-pedagogik jarayonning dinamik xarakteri.
-pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi.
-pedagogik jarayonning boshqariluvchanligi.
-pedagogik jarayon ishtirokchilarining rag`batlantirilishi.
-pedagogik jarayonda his-tuyg`u, mantiq va amaliyotning birligi.
-ta`lim jarayoni ishtirokchilarining ichki va tashqi faoliyati birligi.
-pedagogik jarayonning kechishi va natijasini boshqa ko`plab omillarga
bog`liqligi:
Masalan: a) jamiyat va shaxs ehtiyojiga; b) jamiyatning moddiy-texnik,
iqtisodiy va boshqa imkoniyatlariga; v) jarayon kechadigan shart-sharoit axloqiy,
psixologik, sanitariya-gigienik, estetik va shu kabilar.
1.
Shuningdek, kasb-hunar ta`limi, ishlab chiqarishning ham qonuniyatlarini
hisobga olishi shart hisoblanadi. Kasb-hunar ta`limini tadqiq etgan L.P. Belyaeva,
K. Davlatov, K Mirsaidov kabi vatandosh va chet ellik olimlarning fikriga
qo`shilgan holda, quyidagi ishlab chiqarish qonuniyatlariga asoslanib zarurligini
ko`rsatib o`tishimiz mumkin:
-
ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari xarakteriga mosligi;
-
mulkchilik munosabatlari;
-
mehnat xarakteridagi o`zgarishlar;
-
ishlab chiqarish darajasidan talab va ehtiyojning yuqoriligi;
-
mehnatga yarasha taqsimot;
-
ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarishga nisbatan o`sishi;
-
rejali, proporsional rivojlanish;
-
moddiy mehnat yaratuvchilar o`zlarining ongi, xulq-atvori va tuyg`ularini
qayta ishlab chiqishi;
-
yirik mashinasozlik sanoatining uzluksiz ortib borishi;
-
ishlab chiqarish jarayonlarini tabaqalashtirish va integratsiyalashtirish;
-
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish;
-
ishlab
chiqarishni
majmuaviy
mexanizatsiyalash,
avtomatlashtirish
va
robotlashtirish;
-
ishlab chiqarishning intellektuallashuvi;
-
mehnat resurslarining o`zaro taqsimlanish sur`atining ortishi;
-
xo`jalik hisobi, o`z-o`zini mablag` bilan ta`minlash;
-
sanoat sohasi bilan mashg`ul mutaxassislar sonining qisqarishi;
-
mehnatni jamoaviy tashkil etishning ortishi, demokratiyalash va o`z-o`zini
boshqarish kabilar.
Pedagogik jarayon davriy xarakterga ega bo`lib, quyidagi bosqichlarni o`ziga
qamrab oladi:
1.
Tayyorgarlik
bosqichi;
2.
Asosiy (amalga oshirish) bosqichi;
3.
Nazorat bosqichi.
Bu bosqichlarning xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat.
Pedagogik jarayonning tayyorgarlik bosqichida quyidagi muhim vazifalar
hal etiladi:
- maqsad belgilanadi, shart-sharoit aniqlanadi, aniq natija belgilanadi, jarayonning
kechishi loyihalashtiriladi. Bu bosqichda ta`lim-tarbiya jarayonining maqsadini
aniq va to`g`ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayonni amalga
oshirish
bosqichida
maqsad va vazifalarning
qo`yilishi tushuntiriladi,
ishtirokchilarning o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlari amalga oshiriladi, belgilangan
tashkiliy shakl, metod va vositalardan foydalaniladi, qulay shart-sharoit yaratiladi,
o`quvchilar rag`batlantiriladi, pedagogik jarayon bilan boshqa jarayonlar orasidagi
aloqadorlik ta`minlanadi. Pedagogik jarayonning ushbu bosqichida teskari
aloqadorlik muhim bo`lib, u tezkor boshqaruvchilik, xulosalar chiqarish imkonini
beradi. Teskari aloqa jarayonini sifatli kechishini ta`minlash lozim bo`lib, uning
rivojlanishi va mustahkamlanishiga har qaysi o`qituvchi muhim masala sifatida
ustuvor ahamiyat berishi zarur. Pedagogik jarayonning nazorat bosqichida-
erishilgan natija bilan qo`yilgan maqsad qiyoslanib, tahlil etiladi va xulosa
chiqariladi, kerak bo`lgan hollarda avvalgi bosqichlarga o`zgartirishlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: