O’quv-metodik ta’minot. O’quv-metodik ta’minotining yangi avlodi.
Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o’zlashtirib olishlari uchun o’quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O’quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o’quv adabiyotlaridan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2002 yil 6 iyunda Qaror qabul qilingan edi. Unda ta’lim sifatini oshirish maqsadida ta’lim standartlariga muvofiq elektron o’qitish bazasini yaratish vazifasi yuklatilgan.
O’quv adabiyotlari muayan ta’lim turi o’quv rejasida qayd etilgan fanlar bo’yicha tegishli o’quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o’zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan manba bo’lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari va elektron o’quv adabiyotlari.
An’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog’oz sifati, muqova turi va boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan qog’ozda chop etiladigan manbadir.
Elektron o’quv adabiyotlari – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo’lgan manbadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi o’quv-tarbiyaviy jarayonida o’quv adabiyotlarining quyidagi turlari qo’llaniladi: darslik, o’quv qo’llanma, lug’at, izohli lug’at, ma’lumotlar to’plami, lektsiyalar kursi, lektsiyalar to’plami, metodik ko’rsatma, metodik qo’llanma, sharh, dayjest, elektron dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar.
Darslik-o’quv fani, uning biror yo’nalishi yoki tarkibiy qismining davlat standartlariga va o’quv dasturiga mos holda, yuqori ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan sistemali ravishda bayon etilgan o’quv maxsulotidir.
Elektron darslik - yangi axborot-kompyuter texnologiyalari asosida va yuqori ilmiy va metodologik darajada yaratilgan Davlat ta’lim standarti mutaxassisliklari va yo’nalishlarining mayyan o’quv fani (yoki bir necha fan)ga to’la mos kelgan asosiy o’quv elektron maxsuloti hisoblanadi.
O’quv qo’llanma - darslikni qisman yoki to’la o’rnini bosuvchi, yoki to’ldiruvchi va qo’llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan mahsulotdir.
Elektron o’quv qo’llanma - darslikni qisman yoki to’la o’rnini bosuvchi, yoki to’ldiruvchi va qo’llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan elektron maxsulot hisoblanadi.
O‘zbekistonda ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu jarayonlarga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lib, respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov bu masalada “... bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan Internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e'tiborimiz markazida turishi lozim”ligini ta'kidlaydi.
Nima uchun bugungi kunda ta'limda axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati paydo bo‘ldi?
Birinchidan, o‘qituvchini o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligini ta’kidlash mumkin.
Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek talabalarni kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta'lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda
Mamalakatimizda barcha rivojlangan davlatlar qatori axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini xalq xo‘jaligining turli sohalariga qo‘llash va uning zamirida yuqori samaradorlikka erishish muhim vazifalardan sanaladi. Bu sohada bajarilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida hukumatimiz tomonidan turli qarorlar, farmoyish va me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Prezidentimizning “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 2002 yil 30 maydagi PF- "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 October 2021 / Volume 2 Issue 10 www.openscience.uz 449 3080-son farmonida ham axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish, jumladan ta’lim tizimiga ham, axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan ekanligi qayd etilgan. Elektron ta’lim resursini yaratish ta’lim jarayonini individuallashtirish va differensiyalash, talabaning o’quv faoliyatini o‘zi nazorat qilish va to‘g‘ri yo‘naltirish, kompyuterning hisoblash imkoniyatlaridan foydalanish tufayli o‘quv vaqtini tejash, o‘quv materiallarini vizuallashtirish, o‘rganilayotgan ta’lim jarayonlarni modellashtirish, ularni imitasiyalashtirish, turli pedagogik vaziyatlarda optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish, fikrlashning aniq bir shakli (ko‘rgazmali-obrazli, nazariy)ni rivojlantirish, bilish faoliyati madaniyatini shakllantirish kabi imkoniyatlarni beradi. Bugungi kunda o‘quv jarayonida elektron o‘quv materiallarini namoyish etishda videoproektordan keng foydalanilmoqda. Undan foydalanish uchun odatda monitor qurilmalari va avvaldan tayyorlangan o‘quv materialining taqdimoti bo‘lishi kerak. Namoyish etiladigan materiallarni kompyuterning turli xil dasturiy ta’minotlari: Word, Excel, Power Point, Corel Draw va boshqalar yordamida tayyorlash yoki professional darajada yaratilgan tayyor elektron darsliklardan foydalanish mumkin. O‘quv materialini kamchiliklarini tezda tuzatish, zarur o‘zgartirishlar kiritish, takomillashtirib borish imkonining borligi, materialni kompyuter yordamida turli ko‘rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli tasvirlardan foydalanish, ularni jonlantirish va harakatlantirish imkoniyatining mavjudligi elektron taqdimotning afzalliklaridan biridir. Sahifalarni taqdimot ko‘rinishida yaratishda amaliy dasturiy ta’minotlar guruhiga kiruvchi Power Point dasturi alohida imkoniyatlar taqdim etadi. PowerPoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig‘i ostida yaratilgan bo`lib, ushbu dastur bugungi kunda prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir.
Zamonaviy o‘quv elektron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo‘lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko‘rsatdi. Elektron o‘quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o‘quv, ham electron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi: O‘quv nashrlari quyidagi turlarga bo‘linadi: - o‘quv jarayonidagi ahamiyati va o‘rnini belgilovchi funksional xususiyatiga ko‘ra; - maqsadiga ko‘ra; - taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko‘ra;
- matnning tashkil etilishiga ko‘ra; - ifoda etilish shakliga ko’ra Elektron nashrlar quyidago turlarga bo‘linadi: - bosma ekvivalentining mavjudligiga ko‘ra; - asosiy axborot tabiatiga ko‘ra; - maqsadiga ko‘ra; - tarqatilish texnologoyasiga ko‘ra; - elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga ko‘ra; - davriyligiga ko‘ra; - strukturasiga ko‘ra. Hozirgi vaqtda o‘quv nashrlarining to‘rt xil turdagi nashrlarni o‘z ichiga oluvchi tipologik modeli mavjud bo‘lib, bularga: • Dasturiy-uslubiy (o‘quv rejasi va dasturlari); • O‘quv-uslubiy (uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar); • O‘qituvchi (darsliklar,o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari); • Yordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to‘plamlari). Elektron axborot ta’minot resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri “Ispring” dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft - PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan.
Elektron axborot resuruslari va ta’lim vositalaridan foydalanish. Elektron ta’lim resurslari zamonaviy axborot texnlogiyalari muhitida o‘qitishning didaktik, dasturiy va texnik interfaol majmuasidan tashkil topadi. Elektron ta’lim resurslari an’anaviy majmualaridan farqliroq, o‘qitishning kompyuter va an‘naviy texnologiyalari birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Elektron ta’lim resurslari asosida o‘quv jarayonini tashkil etishda multimedia texnologiyalarining qo‘llanilishi ta’lim oluvchilarga o‘qishga qiziqishni yanada orttiradi, ta’limning interaktiv xususiyati asosida qo‘llanilishi ta’lim oluvchilarlarning fikrlash qobilyatini rivojlantiradi va o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishining samaradorligini oshiradi. Shu bilan bir qatorda elektron ta’lim resurslari real hayotlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish va kuzatish imkoniyatini beradi, "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 October 2021 / Volume 2 Issue 10 www.openscience.uz 451 o‘quv materiallarining o‘zlashtirilishi nafaqat darajasiga ko‘ra, balki ta’lim oluvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlari darajasiga ko‘ra ham samarali bo‘lishini bildiradi.
Real ta’lim vositalariga o‘qitishda qo‘llaniladigan barcha real yordamchi vositalar: mashinalar, traktorlar, jihozlar, dastgohlar, tayyor mahsulotlar va hokazolar kiradi.
Texnik vositalariga proyektor, kino apparat, o‘quv televideniesi, videomagnitafon, kompyuter, videofilmlar, multimedia va hokazolar kiradi. Bundan tashqari sinf doskasi, doska-stend, doska-bloknot, kodoskoplar ham texnik vositalarga kiradi. Chop etilgan o‘quv materiallarga quyidagilar kiradi: - chop etilgan o‘tkazilgan barcha o‘quv materiallar; - chop etilgan o‘tkazilgan barcha ko‘rgazmali materiallar kiradi. Elektron ta’lim resurslari hamda masofaviy ta’lim o‘quv-metodik ta’minotining samarali integratsiyasini ta’minlashi, talabalarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni topish, o‘rganish hamda muammoli masalalarni hal etish orqali ularda ma’lum tadqiqot ishlarini amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirishi, ta’lim oluvchilarning kurs, malakaviy bitiruv ishlarini bajarishda, magistrlik dissertatasiyalarini tayyorlashda o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlab olish, axborot hamda ma’lumotlarni tahlil eta olish kabi malakalarni shakllantirishi uchun sharoit yaratishi kabi didaktik vazifalarni ham amalga oshiradi. Elektron ta’lim resurslaridan foydalanishda o‘quvchilar faol ishtirok etadi, topshiriq ustida ishlaydilar, o‘zgalarning fikr - mulohazalarini muhokama qiladilar, tinglaydilar, savollar beradilar, bir-biridan yordam so‘raydilar, yordam berishni "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 October 2021 / Volume 2 Issue 10 www.openscience.uz 452 o‘rganadilar. Elektron ta’lim resurslarining samaradorligi, avvalo, undan foydalanishga puxta tayyorgarlik ko‘rishga bog‘liq. O‘qituvchi uchun darsga tayyorlanish eng mas’uliyatli va eng muhim ish hisoblanadi.
Elektron ta’lim resurslariidan mazuga tayyorlanish o‘qituvchidan dastlab quyidagilarni inobatga olishni talab etadi: - elektron ta’lim resurslaridan mavzuga oid materiallarni aniqlash; - dars shaklini aniqlash; - mavzu manbalari bilan tanishib chiqish; - mavzuga oid materiallarni elektron ta’lim resurslaridan sinchiklab o‘qish, talabalarga tushunish qiyinlik qiladigan mavzularni izohlash metodini belgilash; - dars rejasini tuzish; - darsni o‘tkazish metodini tanlash; - darsning maqsad va vazifasiga mos didaktik materiallardan foydalanish; - dars mavzusining oldingi va keying dasr bilan bog‘liq tomonlarini ochish; - mavzuni bayon qilish usulini aniqlash; - uy vazifasini tekshirish metodlarini belgilash; - beriladigan savollarni tuzatish va javobini ham tayyorlab qo‘yish; - mavzuga doir qiziqarli topshiriqlar tayyorlab qo‘yish; - uyga beriladigan vazifalarni belgilash. Tajribalardan ma’lumki, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning psixologik xususiyatlariga muvofiq ish olib borilsa, ular bilimlarini yaxshi o‘zlashtiradilar. Bilimlarni o‘zlashtirishning muhim sharti uni tushinishdir. Ta’lim oluvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish o‘ziga "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 October 2021 / Volume 2 Issue 10 www.openscience.uz 453 xos afzalliklarga ega [1-30]. U ta’lim oluvchilarni mantiqiy fikrlashga, fanga ilmiy va ijodiy yondashishga o‘rgatadi, ular uchun o‘quv mavzularini oson o‘zlashtirishiga, ilmiy dunyoqarshining shakllanishiga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi, bilimlarni mustahkam egallashga yordam beradi, his tuyg‘ularga ta’sir etib, mashaqqatli aqliy faoliyat natijasida fanga va kasbga nisbatan muhabat uyg‘otadi. Elektron ta’lim resurslarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta’lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda. Elektron ta’lim resurslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: • matnning elektron versiyasi; • kitobning gipermatnli elektron versiyasi; • grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik; • animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik; • animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud darsliklar.
Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining maqsadi talabalarga elektron darsliklar yaratish jarayoni haqida ma’lumot berishdan iborat bo’lib, unda elektron darsliklar yaratish tartibi, talablari, tashkil etuvchilari va yaratishda qo’llaniladigan dasturiy vositalar va ulardan foydalanish malakalari takomillashtiriladi.
Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Elektron darsliklar va ulardan foydalanishning afzalliklarini ajratish;
-Elektron darsliklar yaratish tartibi va unga qo’yiladigan talablar mazmuni bilan tanishtirish;
-Elektron darsliklar yaratishda zamonaviy telekommunikatsiya va mulьtimedia vositalarining o’rnini aniqlash
- Elektron darsliklar yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tarkibi va ulardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish;
- Elektron darsliklardan o’quv jarayonida samarali foydalanish metodikasi mazmunini tanishtirish.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez o’zgaruvchan, chuqurlashtirilib o’qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo’yicha elektron o’quv adabiyotlarini tayyorlash o’qitish jarayonida yaxshi samara beradi.
Elektron o’quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi.
Elektron o’quv adabiyotlari eng asosiy vakili elektron darslik hisoblanadi. Elektron darslik – kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib:
- o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shakld
- o’quv materiallar verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;
- multimedia (multimedia- ko’p axborotli muhit) qo’llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
- taktil (his qilinuvchi, seziluvchan) xususiyatga ega, ta’lim oluvchini kompyuter ekrani olamida o’zining stereo nusxalari tasvirlangan real olamga kirib borishi va undagi ob’ektlarga nisbatan tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Elektron darslik - universal dasturiy ta’minotga asoslangan bo’lib, u muayyan kasbiy faoliyat bo’yicha axborot, bilim berish va o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilishni avtomatlashtirishga imkon beradi.
XULOSA
O‘quv jarayonlarrida o‘quv-uslubiy ta'minotning etarli darajada emasligi ishlab chiqilayottan elektron ta’lim resurslarning sifat darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron ta’lim resurslarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish mumkin. Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron ta’lim resurslarni baholash mezonlarini belgilab olish lozim. Elektron ta’lim resurslar o‘tilayotgan darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini va elektron ta’lim resurslarning an’anaviy usullarga nisbatan afzalliklarini bilish lozim. Elektron axborot ta’lim resursi tashkiliy elementlarining tavsifi ijodkorlik (kreativ-mualliflik) muhit desak mubolag’a bo‘lmaydi. Taklif etilayotgan elektron axborot ta’lim resurslari ta’lim oluvchilarga o‘rganilayotgan ob’ekt ustida ijodiy izlanish olib borishga, uni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi o‘zaro bog‘liqliklarni tizimli o‘rganishga yordam beradi. Mazkur muhit ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga jamoa bo‘lib ishlash
imkoniyatini yaratadi va elektron axborot ta’lim resursi o‘quv jarayoniga moslashuvchan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |