Gilamdo‟zlik san‟ati tarixi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach hayotning barcha jabhalarida
islohatlar jadal suratlarda olib borildi. An‘anaviy ma‘naviy qadriyatlar qayta
tiklanishi tufayli Islom tafkkurining turli jihatlariga qiziqish o‘sib bormoqda. Har
kungi besh vaqt ibodat chog‘ida foydalanish uchun maxsus joynamoz
tayyorlangan. Haftaning juma kunlari masjidda ibodat qilishadi. Qolgan kunlari
namoz o‘qish uchun masjidga o‘xshash ramziy kichik gilamchali joynamozlar
27
o‘taganlar.Uning xajmi kishi tik turgan va tizzasi bukilgan xollari xisobga olinib
tayyorlangan. Oilaning har bir kishisi o‘z ibodat gilamchasiga ega bo‘lgan.
O‘rta asrlarda islom mamlakatlarida namoz uchun gilamchalar
tayyorlangan. Namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan kichik gilamchalarning ilk
namunalari XIV asr birinchi yarmi va XV asr ikkinchi yarmi Italiya uyg‘onish
davri rassomlari J.Belliki,V.Karpaggo,L.Lotto o‘z kartinalarida turk gilamchalarini
ko‘p marta tasvirlashgan. XVI-XVII asrlarda e‘ron ibodat gilamchalarining ajoyib
nusxalari tayyorlangan.
Ibodat gilamchalari turli mamlakatlarda turlicha atalgan. E‘ronda ular
―Joynamoz‖, ‖Tagi‖ nomi bilan ma‘lum. Arabiston va Turkiyada kichik ibodat
gilamchalari ‗Sajjod‖ , ‖Katta joynamoz‖, ―Namozlik‖, O‘rta osiyoda esa
―Joynamoz‖ va ―Namozlik‖ deb yuritiladi. Ibodat gilamchalari saroy
ustaxonalarida, qishloqlarda ham rassom naqqoshlarning xomaki chizmalari
asosida tayyorlangan. Lekin ibodat gilamchalari kim va qayerda tayyorlangan
bo‘lishidan qatiy nazar ,unga albatta peshtoqli mexrob tasvirlanishi shart bo‘lgan.
Masjidlarning mexrobi qiblani Makka tarafiga qurilgan. Musulmonlarning
asosiy ilohiy maskani – Ka‘ba joylashgani bois Makka barcha musulmonlar uchun
muqaddas shaxar xisoblangan. Musulmon madaniyatiga birmuncha ramziy
ma‘nodagi eshikni iloxiy darvoza deb qarashgan. Undan,yerdagi mavjud hayotdan
,muqaddas va ilohiy hayotga o‘tiladi deb tushunilgan. Joynamozdagi
peshtoqlaraynan shunday vazifani o‘tagan. Gilamchalarning pastgi qismi
budunyoni bildirsa, yuqori peshtoq osti qismi u dunyoni bildirgan.
―Safoyi‖ nomini olgan joynamozlar o‘zining ajoyib ko‘rinishi va bajarilishi
uslubi, material va bezaklarga boyligi b-n ajralib turadi.Ular amir amaldorlarga
mo‘ljallangan bo‘lib, junli ziynatai rassomlar ko‘rsatmalari asosida bajarilgan
bo‘lib ular ollohga iltijo qilishni ifoda etgan. Bunda asosan qurondagi olloh va
payg‘ambarlar madx etilgan oyatlar yozilgan. Albatta bu Quron oyatlari
gilamchaning yuqori qismida ,peshtoqning ostida ―Yuqori dunyo‖ da
1. Miller Yu. Ob odnoy raznovidnosti turetskix kovrov. Trudi Gosudarstvennogo Ermitaja. Leningrad 1969. 194 str.
28
joylashtirilgan. Chunki so‘z va uning tasviri musulmonlar uchun muqaddas
sanalgan. Kishilar arab yozuvlari go‘zalligidan bexudaga xayratlanishmagan. Ular
(arabcha yozuvdagi harflar) o‘zlarida Ollox go‘zalligini timsollashtirgan. ―Saroy‖
joynamozlari bezaklarida asosiy o‘rin tutuvchi nafis-jozibador o‘simliksimon
naqshlarning ramziy vazifasini ta‘kidlaydi.Oddiy kishilar foydalangan xomaki
movut joynamoz amaldorlar foydalangan joynamozlardan keskin ajralib turgan.
Gilamchalarning bu guruhi XIX asr oxiri XX asr boshlariga taalluqlidir.
Joynamozlarni tayyorlashda yaxshi ma‘lum bo‘lgan an‘anaviy gilamlar
tasvirlaridan foydalanilgan.
Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar orasida ilohiy kuchlar
an‘anaviy tarzda totem (qabila sig‘inadigan mavjudot yoki buyum) jonivor va qush
deb tushunilgan. Shuning uchun ularning joynamozi mexrobli peshtoq ostida
qo‘chqor shoxi yoki qushlar tirnog‘i tasvirini tez-tez uchratish mumkin.
Xomaki movutdan tayyorlangan joynamozlarning o‘ziga xos yana bir
xususiyati ularda sajda qilish xolati aniqlashtirilganidadir. Ularda ibodat
qiluvchilarning qo‘li va boshi tushiriladigan joy ko‘rsatilgan. Gilamlar bezaklarida
ibodat xarakatini ifodalovchi turlicha ramzlar paydo bo‘la boshladi. Saroy ibodat
gilamchalarida zikrning mavxumiy xolatlarini aks ettiruvchi naqsh unsurlari
yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, oddiy kishilar ibodat gilamchalari anchagina
soddaligi b-n ajralib turgan.
Xomaki movutdan tayyorlangan joynamozlarda erkaklar va ayollar
qiyofalarini xam uchratishimiz mumkin. Bu jonli mavjudot tasvirini taqiqlovchi
diniy qoidaga ba‘zan amal qilinmaganligini bildiradi. ―Saroy‖ joynamozlarida xam
jonivorlarning nafis tasvirlariga duch kelamiz.
O‘rta osiyoda joynamoz ishlab chiqarish shaxar axolisi va o‘troq hayot
kechiruvchi yoki endigina o‘troqlasha boshlagan katta qabilalar orasida keng
tarqalgan. Bu o‘troq qabilalar tashqi ta‘sirni ko‘proq qabul qilishini, ko‘chmanchi
qabilalar esa diniy ta‘sirni o‘z an‘analari doirasida qabul qilishini bildiradi.
29
Turkman joynamozi asosan Amudaryoning o‘rta oqishi xududida
yashovchi, chorvachilik va dexqonchilikni xamisha birga olib boruvchi ―Ersari‖
qabilasi kishilari tomonidan tayyorlangan. Turkman ibodat gilamchalarida mexrob
taxmoni doimo xayvon shoxi tasviri bilan bezatilgan. Ularda o‘simliksimon va
gulli bezaklar ko‘p bo‘lishiga qaramay, uslubi jixatidan ―Saroy‖ gilamchalariga
xos xandasaviy uslubidan keskin farq qiladi.
Joynamoz tayyorlash XIX asrda qirg‘izlar orasida ,Farg‘ona vodiysi axolisi
o‘rtasida xamda qashg‘ar va sinszyanda keng tarqaldi.Bu davrda tayyorlangan
joynamozlar asosan ―jamoatchilik‖ nusxalari bo‘lib, ularda bir vaqtning o‘zida yeti
kishi namoz o‘qishi mumkin. Shu turdagi gilamchalarda xam albatta mexrobli
peshtoq mavjud bo‘lib, ularda o‘simliksimon naqshlar ko‘p. Biroq
joynamozlarning tasvir uslubi va naqshlari mavzusi maxalliy xususiyatga egadir.
Bulardan biri peshtoqning butun fonini xayot daraxti ko‘rinishidagi yirik
manzaraning egallashidir.
O‘zbeklar va tojiklar tukli gilamchalardan emas, ko‘proq kashtalangan
joynamozlardan foydalanishgan. Buxoroda tayyorlangan XIX asrga mansub
joynamoz nusxalari ipakli matoda kashta bajarilgan. Biroz betartibday bo‘lishiga
qaramasdan unchalik keng bo‘lmagan yo‘l b-n bo‘lingan va o‘simliksimon
shoxchalar b-n bezatilgan mexrobdagi tasvir aniq ko‘zga tashlanadi. Mexrobli
taxmon uch atirgul tupi b-n bezatilgan. Moxir musavvirning xomaki chizmasi
asosida bajarilgan ushbu joynamoz nusxalari mexrobli taxmon xam, o‘simliksimon
naqshlar xam joynamoz uchun zaruriy unsur ekanligini ko‘rsatadi.
Joynamozdagi naqshlar davrlar va jamiyatning barcha qatlamlari uchun xos
ma‘naviy olam o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini bildirib turadi. Ular islom
an‘analari, shuningdek, milliy madaniy-tarixiy jarayonni nurlantirib turuvchi
adabiy manba bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |