Ayni vaqtda xizmat ko‘rsatayotgan mashinalardan tashqari “Moskva transporti” muzeyida saqlanayotgan retroavtomobillar ham paradda qatnashdi.
Boks bo‘yicha JCh—2019. Bugun oltita o‘zbekistonlik bokschi chorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 17-sentabr, seshanba kuni boks bo‘yicha Jahon chempionatining to‘qqizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun O‘zbekiston terma jamoasining olti nafar bokschisi chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. 15:00 dan boshlanadigan kunduzgi dasturda Shahobiddin Zoirov va Sanjar Tursunov o‘z jangini o‘tkazsa, 19:00 dan keyingi kechki dasturda esa Miraziz Mirzahalilov, Bobousmon Boturov, Dilshod Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ringga ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |