Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Qisqa va uzoq muddatli kredit va qarzlarni hisobga olish



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

 
12. Qisqa va uzoq muddatli kredit va qarzlarni hisobga olish 
 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan banqtsan va respublika xududidagi hamda xorijdagi qarz 
beruvchilardan olingan, so’mlar va xorijiy valyutadagi turli qisqa muddatli (12 oygacha muddatga) hamda 
uzoq muddatli (12 oydan ortiq muddatga) kredit va qarzlar to’g’risida axborot quyidagi schyotlarda aks 
ettiriladi: 
-Qisqa muddatlilari:
6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari"; 
6820 "Qisqa muddatli qarzlar"; 
6830 "To’lanadigan obligatsiyalar"; 
6840 "To’lanadigan veksellar". 
-Uzoq muddatlilari: 
7810 "Uzoq muddatli bank kreditlari"; 
7820 "Uzoq muddatli qarzlar"; 
7830 "To’lanadigan obligatsiyalar"; 
7840 «Tulanadigan veksellar». 
6810-schyotda sub’ektlar banqtsan olgan qisqa muddatli, 7810-schyotda - uzoq muddatli kreditlar 
hisobga olinadi, ularning summalari mazkur schyotlar krediti bo’yicha va pul mablag’lari hisobga 
olinadigan tegishli schyotlar debeti bo’yicha aks ettiriladi. 
Misol.
Qisqa muddatli kredit olindi: 
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" (yoki pul mablag’lari hisobga olinadigan boshqa schyotlar) 
Kt 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari". 
Kreditlarni so’ndirishda 6810 va 7810-schyotlar pul mablag’lari hisobga olinadigan schyotlar bilan 
korres-pondentsiyada debetlanadi: 
Dt 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari" 
Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti" (yoki pul mablag’lari hisobga olinadigan boshqa schyotlar). 
6820 va 7820-schyotlarda qarz beruvchilardan (banklardan tashqari) olingan, kreditlarga aynan 
o’xshash qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar hisobga olinadi. 
6830 va 7830-"To’lanadigan obligatsiyalar" schyotlarida sub’ektlar tomonidan obligatsiyalar berish 
hisobidan jalb etilgan mablag’lar hisobga olinadi: qisqa muddatli (so’ndirish muddati 12 oydan 
oshmaydigan) va uzoq muddatli (so’ndirish muddati 12 oydan oshadigan). 
Obligatsiyalar - emitentning investorga tsarzi shaklini ifodalaydigan tsimmatli tsogozdir (odatda - 
uzots muddatli); tsarz sarmoyani jalb etish uchun chitsariladi. 
Obligatsiyada qator ma’lumotlar ko’rsatiladi: 
- nominal qiymat - obligatsiyani so’ndirish uchun mazkur muddat 
kelganda qarzdor to’laydigan summaga teng; 
- so’ndirish muddati - obligatsiyaning amal qilish muddati 
tugashi bilan keladi; bu muddatda qarzdor kreditorga obligatsiyaning 
nominal qiymatini to’lashi lozim; 
-
e’lon qilingan foiz stavkasi- obligatsiya nominal qiymatining 
foizlarda ifodalangan ulushi ko’rinishida belgilanadi hamda 
qarzdor tomonidan kreditorga obligatsiyaning amal qilish muddati 
davomida muayyan belgilangan vaqt oralig’ida to’lanishi kerak: 


231 
-
foizlarni to’lash sanasi; 
-
obligatsiya chiqarilgan rasmiy sana. 
Obligatsiyalarni sotishda qarzdor kompaniya (emitent) obligatsiyani so’ndirish sanasida investorga 
to’lanishi lozim bo’lgan summani "To’lanadigan obligatsiyalar" schyoti kreditida aks ettiradi. Qimmatli 
qog’ozning butun muomala davrida qarzdor kompaniya balansida mazkur summa majburiyat sifatida 
hisobga olinadi. 
Misol.
900 ming so’m nominal qiymatga ega ikki yillik obligatsiya sotildi: 
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 
900 
Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar" 
900 
Investor obligatsiyani sotib olayotib, foizlar ko’rinishida daromad olish huquqiga ega bo’ladi 
(foiz stavkasi obligatsiya chiqarilayotgan paytda belgilangan bo’lib, uning butun muomala davrida 
o’zgarmaydi). Ta’kidlash joizki, yangi schyotlar rejasida majburiyatlar bo’yicha foizlarni hisoblab yozish 
alohida 6920-"Hisoblangan foizlar" schyotida ko’rsatiladi. 
Qarz majburiyatining bozor qiymatini to’g’ri baholash uchun obligatsiyada ko’rsatilmaydigan va 
fond bozorida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan ayrim muhim ma’lumotlarni ham bilish shart. 
Qator holatlar tufayli obligatsiyalar rasmiy sanasidan ancha keyinroq ham chiqarilishi mumkin. Bu esa 
chiqariladigan zayomni 
rasmiy ro’yxatdan o’tkazish taomili kechikishi, kompaniyada yoki butun iqtisodiyotdagi ahvolning 
o’zgarishi, texnikaviy ishlar bilan bog’liq. Kompaniya bozorda amal qilayotgan foiz stavkalarini 
kamaytirish sharti bilan o’z obligatsiyalari realizatsiyasini atayin orqaga tashlashi mumkin. 
Oxirgi sabab kompaniya obligatsiyasining bozor qiymatiga ta’sir ko’rsatmaydigan, unga bog’liq 
bo’lmagan omillardan eng muhimi hisoblanadi. E’lon qilingan va bozor foiz stavkalarini tenglashtirishda 
fond bozorida obligatsiyalar nominal qiymat bo’yicha sotiladi. Biroq umumiy iqtisodiy vaziyatning 
tasiri ostida bozordagi foiz stavkalarining harakati, kompaniyalar oxirgi sababni aniqlashda uni zayom 
joylashtirilgan paytda amal qilgan bozor foiz stavkasiga yuqori darajada yaqinlashtirishga harakat qilishiga 
qaramay, ko’pincha e’lon qilingan stavkadan farq qiladi. Bozor foiz stavkasi va zayomning bozor qiymati 
o’zgarishi qaytar bog’likdiqtsa bo’ladi. Agar bozor stavkasi e’lon qilinganidan yuqori bo’lsa, 
obligatsiyalarning bozor bahosi obligatsiya xarid qilayotgan investor bozor stavkasi bo’yicha olinadigan 
daromadga teng baravar daromad olishi uchun nominal qiymatidan kamayib ketadi. 
Shunday qilib, agar bozor foiz stavkasi e’lon qilin-ganidan yuqori bo’lsa, joylashtirilayotgan 
obligatsiyalar chegirma bilan sotiladi, qaytar holatda esa ularning qiymatiga mukofotlar qo’shiladi. 
Obligatsiyalarni chegirma yoki mukofotlar bilan sotish deganda, joylashtiriladigan zayomning sifati 
haqida gapirilmaydi, balki obligatsiya egasiga keladigan daromad shunga o’xshash obligatsiyalarning 
bozor darajasidagi daromadiga mos kelishi uchun yo’naltirilgan, ularning narxlariga bozorga doir 
tuzatishlar kiritish jarayoni aks ettiriladi. Zayom joylashtirilgandan keyingi bozor foiz stavkasiga 
tuzatishlar hisobga olinmaydi. 
Uzoq muddatli qarzlar va ular bo’yicha foizlar qarzdor va kreditorga tegishli schyotlarda teng 
baravar summalarda aks ettiriladi. Umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi tamoyillariga muvofiq 
mazkur summa quyidagi omillardan kelib chiqib anikdanadi: 
- uzoq muddatli qarz summasi, bu qarz evaziga olingan sarmoya (pul mablag’lari), tovarlar va 
xizmatlar sof (bozor) qiymatiga teng; 
- uzoq muddatli qarz bo’yicha davriy foiz to’lovlari qarz va hisobot davri boshidagi qarz qoldig’i 
joylashtirilgan sanadagi bozor foiz stavkasi asosida aniqlanadi; 
- uzoq muddatli qarzning balans summasi qarz joylashtirilgan sanada amal qilgan bozor foiz 
stavkasi bo’yicha mazkur to’lovlar summasini diskontlash yo’li bilan olingan qolgan barcha pul 
mablag’lari to’lovlarining joriy qiymatiga teng. Uzoq muddatli qarzning balans qiymatini hisob-kitob 
qilish uchun foydalaniladigan foiz stavkasi mazkur qarzni joylashtirish muddati mobaynida o’zgarmaydi. 


232 
AQShda va bir qator G’arb mamlakatlarida uzoq muddatli qarzni joylashtirish deganda, amalga 
oshiruvchi kompaniyalarning kapital qo’yilmalarini moliyalashning asosiy manbai tushuniladi. 
Qimmatli qog’ozlarni (qarz majburiyatlarini) xarid qilishda kreditorlarga, aktsiya egalariga berilgani kabi 
ovoz berish huquqi berilmaydi, bu esa kompaniyalarga ularning hozirgi rahbarlari qo’l ostida muhim 
xo’jalik qarorlarining qabul qilinishi ustidan nazorat qilishni saklagan holda investitsiyalarni jalb etishga 
imkoniyat yaratadi. 
Bundan tashqari, dividendlardan farkdi o’laroq, uzoq muddatli qarzlar bo’yicha foizlarni to’lash 
ko’pchilik G’arb mamlakatlarida kompaniya xarajatlariga kiritiladi hamda uning foyda solig’i olinadigan 
daromadi summasidan chegiriladi. 
Malumki, O’zbekistonda o’zgacha tartib amal qiladi: 
«Xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq uzoq muddatli bank kreditlariga oid 
xizmatlar ko’rsatish bo’yicha to’lovlar daromad (foyda) solig’i olinadigan bazaga kiritiladi. 
Agar sub’ektlar tomonidan mablag’larni jalb etish obligatsiyalarning nominal qiymatidan 
yuqori narxda sotish yo’li bilan amalga oshirilgan bo’lsa, obligatsiyalarning sotish narxi va nominal 
qiymati o’rtasidagi farq 6220-"Mukofot (ustama) ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" va 7220-
"Mukofot (ustama) ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyotlari kreditida aks 
ettiriladi. 
Misol.
700 ming so’m nominal qiymatiga ega ikki yillik obligatsiya 720 ming so’mga sotilgan: 
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 720 
Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar" 
700 
Kt 
6220 
"Mukofot 
(ustama) 
ko’rinishidagi 
kechiktirilgan 
daromadlar" 
10 
Kt 
7220 
"Mukofot 
(ustama) 
ko’rinishidagi 
uzoq 
muddatli 
kechiktirilgan daromadlar" 
10 
Ustamaning bir qismini joriy davrdagi (yaqin yildagi) daromad sifatida aks ettirish, boshqa qismini 
esa kelgusi davrda hisobdan chiqarish lozimligi tufayli ustama bir yo’la ikki schyotda aks ettiriladi. 
Agar obligatsiya (yoki istalgan boshqa qarz majburiyat-lari) bosqichma-bosqich qisman so’ndirish 
sharti bilan chiqarilgan bo’lsa, sub’ektlar balansida majburiyat quyidagicha: joriy tarzda - joriy davrda 
so’ndiriladigan summada, uzoq muddatli holda bo’lib - qoldiq summasida ifodalanishi kerak. 
Misol.
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 
700 
Kt 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy 
qismi"350 
Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar" 
350 
Qarzning joriy qismini so’ndirishda uzoq muddatli majburiyatlarning boshlang’ich summasini 
kamaytirish lozim, bunda qisqa muddatli majburiyatlar balansda doim uzoq muddatlidan alohida 
ifodalangan holda joriy qism qaytadan ajratiladi: 
Dt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar" 
Kt 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi". 
Asosiy qarzni to’lash va obligatsiyalarni so’ndirishda ob-ligatsiyalarni hisobga olinadigan schyotlar 
debetlanadi, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar esa kreditlanadi. 
Xulosa qilinayotganda zayomni joylashtirishga doir xarajatlarni hisobga olish masalasiga to’xtalib 
o’tish lozim. Ular zayomni chiqarish va uni joylashtirish xarajatlarini, ro’yxatdan o’tkazish, vositachilik va 
boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Mazkur xarajatlarni zayom beruvchi kompaniya o’z zimmasiga oladi, bu 
esa zayom bo’yicha haqiqiy foiz stavkalarining oshishiga olib keladi. Biroq, buxgalteriya hisobining 
xalqaro tamoyillariga muvofiq, bunday xarajatlar alohida hisobga olinadi hamda muddati kechiktirilgan 


233 
xarajatlar deb atalgan xarajatlarga kiritiladi. Zayomni joylashtirishga doir xarajatlarga bunday 
yondashuv, ular kelgusida 
daromad keltirishga qodir uzoq muddatli mablag’ ko’yilmalari sifatida ko’rib chiqilishi bilan 
asoslanadi. Bu xarajatlar zayomning amal qilish muddati davomida bir maromda hisobdan chiqariladi. 
O’zbekistonda «Xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizom-ga muvofiq, qimmatli qog’ozlarni 
chiqarish bilan bog’liq xarajatlar moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga kiritiladi, yuzaga kelishiga qarab 
hisobdan chiqariladigan hamda daromad (foyda) solig’i bazasini kamaytirmaydi. 
Qarz oluvchi sub’ektlarda 6840 va 7840-"To’lanadigan veksellar" schyotlarida qisqa muddatga va 
uzoq muddatga berilgan veksellar hisobga olinadi. 
Uzoq muddatli veksellardan, odatda, muayyan aktivlar xaridiga oid to’lovlar yoki boshqa aniq 
maqsadlar uchun foydalaniladi. Ularning obligatsiyalardan farqi aynan shundan iborat, chunki ular 
yordamida jalb etiladigan mablag’lardan qarz oluvchi turli xo’jalik vazifalarini hal etish uchun 
foydalanadi. Bundan tashqari, veksellar institutsionallashtirilgan sarmoya bozorlarida muomalaga 
kiritilmaydi (ochiq savdo uchun qo’yilmaydi) hamda obligatsiyalarga nisbatan ancha uzoq amal qilish 
muddatiga ega bo’ladi. 
Veksellar obligatsiyalar singari hisobga olinadi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish