Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari, ahamiyati hamda ularda



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

 
1.Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari, ahamiyati hamda ularda 
qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari 
 
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy 
tizimiga integratsiyalashuvi o‘z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda 
takomillashtirib, uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi. 
Buxgalteriya hisobi
– bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun joriy, yakuniy 
ma’lumotlarni tayyorlash, taqdim qilish maqsadida ularga uzluksiz hamda o‘zaro bog‘liq 
kuzatishlar, o‘lchovlar, ro‘yxatga olish, ma’lumotlarni qayta ishlash va korxonalar, birlashmalar, 
muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish tizimidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo‘lgan subyektlarning tashkil 
topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va tahlil qilish; ma’muriyat tomonidan 
tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos bo‘ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya 
hisobi takdim etadi. 
Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg‘or 
shakllarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish yo‘llarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga 
tavsiya etadi. 
Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham iqtisodiyotdagi hisob turlariga talab mavjud 
bo‘lgan. Chunki xalq xo‘jalik hisobi insoniyat uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari, kiyim-
kechak, oziq-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. Har bir 
jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan 
iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va 
hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini, hamda 
mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi. Xuddi shu vazifani esa xalq xo‘jalik hisobi 
bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida xalq xo‘jalik hisobi ahamiyati ko‘paydi, chunki tovar 
ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni 
tahlil etish, to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lish mumkin, ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab 
chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik 
qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xalq xo‘jalik hisobi 
ahamiyati oshgan, jamiyat hamma sohalarida mulklarni hisobga olish borasidagi, iqtisodiy 
faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. 
Iqtisodiy faoliyatini boshqarish xalq xo‘jalik hisobi orqali olingan ma’lumotlar asosida olib 
boriladi va tegishli qaror hamda qonun-qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun iqtisodiyot 
faoliyati boshqariladi. 
Xo‘jalik hisobi asosan qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi: 
a) iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish; 
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash; 
v) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish nati-jalarini maxsus 
hujjatlarda qayd etish; 
4
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 
2014; 8-bet 



g) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, 
xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir etish. 
Xo‘jalik hisobining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman 
butun iqtisodiyotning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini 
tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyatga kasb etadi. 
Iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, tashkil qilish tegishli manbalarni o‘zgarishiga olib kelish 
bilan birga ularga bo‘lgan talabni o‘rganish imkonini beradi. Bu imkoniyatni faqat hisob yuritish 
yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Ishlab chiqarishni o‘sib borishi tovar ayirboshlashni 
kuchayishiga olib keladi. Tovar ayirboshlashni o‘sib borishi hisobni tashkil topishida alohida o‘rin 
tutadi. 
Iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘rganishda, mulkiy munosabatlarni tartibga solishda hisobning 
o‘rni alohida bo‘lib, uning yordamida korxona mablag‘larini to‘liqligi, boshqaruv 
tizimini takomillashtirishda hisob ko‘rsatkichlaridan to‘g‘ri foydalanish, korxona harajatlarini 
kamaytirishga, mablag‘lardan samarali foydalanishga olib keladi. 
Hisobni takomillashib borishiga birinchidan, ishlab chiqarishni o‘sib borishi o‘z ta’sirini 
o‘tkazib borsa, ikkinchidan, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar ham hisobni rivojlanib borishiga 
asos yaratadi. 
Hisob yordamida turli mulkchilikka asoslangan korxona va tashkilotlarda amalga 
oshirilgan iqtisodiy jarayonlar (o‘zgarishlar) kuzatiladi. 
Iqtisodiy taraqqiyot omillari turlicha bo‘lib, ular bevosita mablag‘lar harakatini 
tartibga solish, kuzatish va umumlashtirish tartibi bilan bir-biridan farq qiladi. Amalga 
oshirilgan iqtisodiy o‘zgarishlarni tartibga solishda hisob turlarini tanlash va ulardan 
foydalanishga alohida ahamiyat talab qilinadi. 
Xo‘jalik hisobning turlarini quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin: 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish