Kompetentlik «Firmaning kuchli quroli» bu texnologik, ishlab
chiqarish, marketing majmuasi bo’lib, bular raqobatbardoshlikni
ta’minlaydi.
Kompetentlik – bu kompaniya o’z raqobatchilariga nisbatan yaxshiroq
bajaradigan faoliyatlari hisoblanadi.
Strategiyani yaratishda kompetentlik quyidagilarga asoslanadi:
1.
Kompaniya uchun qo’shimcha bozor imkoniyatlarini yaratish;
2.
Raqobat ustunligini yaratish;
3.
Potensial imkoniyatlarni strategiya uchun tayanch faoliyatga
aylantirish.
Ushbu kompetentlikka ega bo’lmagan raqobatchilar esa katta
xarajatlar bilan raqobatbardoshlikni ta’minlashga harakat qiladilar. Lekin
kompetentlik qisqa vaqt davomida yaratilishi mumkin emas yoki unga
katta jismoniy va moliyaviy xarajatlar bilan erishiladi.
Asosiy prinsip. Komaniyaning ichki kuchli tomonlari odatda, uning raqobatli aktivlaridir, kuchsiz tomonlari esa uning majburiyatlaridir. Strategik boshqaruv prinsipi. Muvaffaqiyatli strategiya kompaniyani kuchli tomonlarini o’zida mujassam etadi, ya’ni: kompetentlik va raqobat ustunligini. Strategik boshqaruv prinsipi. Kompetentlik kompaniyaga raqobat ustunligiga ega bo’lish imkoniyatini yaratadi.
114
Shunday
qilib,
kompaniya muvaffaqiyatini ta’minlaydigan
qiymatga ega raqobatli aktiv bu – kompetentlikdir.