Tashqi muhit o’zgarish tezligi oshgan
sari menejerlar innovasiya ruhiga va
moslashish
qobiliyatiga
ko’proq
e’tiborni
qaratishga
majbur
bo’ladilar
.
Kompaniya
siyosati
rahbarlarga
(sardorlarga)
strategiyani va uni tadbiq etish
yo’llarini
muvofiqlashtirish
imkonini yaratadi.
422
Odatda, siyosat strategiyani shakllantirishga nisbatan uni tadbiq etish
jarayonida yanada ko’proq ishtirok etadi. Siyosiy fikr mulohazalar
xizmat doiralariga, qayta tashkil etishga, kim-kimga bo’ysunishini
aniqlashga, qaysi bo’linmalar kimga qarashli ekanligiga, qaysi tayanch
lavozimlarni qanday shaxslar egallashiga, qaysi tashkiliy birliklar qancha
smeta mablag’larini egallashiga va shunga o’xshash boshqa amaliy
tomonlarga ta’sir qiladi.
Qisqasi siyosiy fikr-mulohazalar individual va guruhlar alyanslarini
shakllantirish – bu kompaniya bo’yicha strategik rejani qo’llab-
quvvatlash va amalga oshirish bo’yicha muvofiqlikni ta’minlashning
asosini tashkil qiladi.
Menejer tashkilotda hokimiyat tuzilmasi qanday ishlayotganini,
ijrochi organlarda kim kuchli ta’sirga ega ekanligini, qanday insonlar va
guruhlar «faollar» ekanligini, kim ko’proq foyda keltirishi mumkinligini,
tayanch qarorlarni qabul qilishda kimlar o’zini chetga olayotganini va u
yoki bu masalada «siyosiy shamollar qaysi tomonga esayotganini»
yaxshi bilishi lozim. Muhim qarorlar qabul qilinayotgan paytda
koalisiyalar bilan ishlash siyosatiga ega bo’lish va ularni o’zaro
kelishuviga erishish menejerlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Britaniyaning yirik kompaniyasi raisi aytganidek:
«Men hamkasabalarim bilan maslahatlashmay biron marta ham
muhim qarorlarni qabul kilmaganman. Birinchidan, odatda ular eng
yaxshi qarorni qabul qilishda menga yordam beradilar. Ikkinchidan,
yechim ma’lum bo’lib, ularni qoniqtirsa, ular ushbu yechimni qo’llab-
quvvatlaydilar. Aks holda ular muammoning yechimiga ochiqcha
bo’lmasa ham, yashirincha shubha bilan qaraydilar».
Strategiya
sohasidagi
siyosat
ma’qul
yondashuvlarni
rag’batlantirishga, munosib takliflarni qo’llab-quvvatlashga, zaiflaridan
voz
kechishga,
alohida
muammolar
atrofida
koalisiyalarni
shakllantirishni
va
ustivor
vazifalarni
bajarishni
ta’minlashga
qaratilgandir.
Strategiyani boshqarish sohasida yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlar
shuni ko’rsatadiki, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatadigan mansabdor
shaxslar quyidagi taktik xarakterdagi siyosiy qoidalardan foydalanadilar:
423
Zaif qo’llab-quvvatlashga ega g’oya va takliflarga e’tibor
bermaslik, ularni yo’qolib ketishga yo’l qo’yib berish:
Menejerlar fikricha qabul qilish mumkin bo’lmagan, lekin
ochiqchasiga rad etib ham bo’lmaydigan kuchli qo’llab-
quvvatlashga ega g’oyalarga nisbatan qo’shimcha to’siqlar va
tekshirishlar tashkil etish:
Qabul qilib bo’lmaydigan variatlar atrofida siyosiy shovqin
ko’tarmaslik va menejerlarga ushbu variantni rad etishni taklif
qilish:
Strategiya bo’yicha kelishuvlarga erishmaganga qadar strategiyani
kuchli targ’ibot qilmasdan kam sonli buyruqlar orqali yo’naltirish,
strategiya
bo’yicha
norasmiy
so’rovlar
o’tkazib,
uni
aniqlashtirishga harakat qili:
To’liq shakllanmagan noaniq fikrlar va harakatlar ta’sirida faoliyat
noto’g’ri yo’nalishda rivojlanib ketmasligi uchun ehtiyotkor
bo’lish.
Tashkilotning «asosiy kuchlarining manbalari» vakillari oliy
rahbariyat tarkibiga kirgan bo’lishi lozim.
Yangiliklarga
qarshiliklarni
kamaytirish
va
turli
tuman
yondashuvlarni, bahslarni ta’minlash uchun muhim o’zgarishlarni
muhokamasida yangi shaxslar va yondashuvlarni ishtirok etishini
ta’minlash.
Muholifatning kuchli guruhlari vaziyatni o’z foydasiga hal etishini
oldini olish uchun bahsga sabab bo’luvchi muammolarni hal
etishda siyosiy ta’sirlarni minimallashtirish.
Yangi strategiya sobiq strategiya tarafdorlarini qarshiliklarini
yengishida siyosat muhim o’rin egallaydi. Sobiq strategiyani
kamchiliklari aniq ko’rinib turganda uni yomonlab, yangi strategiyani
olg’a surish bu odatda nunoq siyosat hisoblanadi. Chunki sobiq
strategiyani qoralash uni yaratganlarga va qo’llab-quvvatlaganlarga
nisbatan hujum deb tushuniladi. Sobiq strategiya va uning asosiy
prinsiplari o’z vaqtida kompaniya mavqeiga mos kelib, uni rivojlantirgan
bo’lishi, sobiq strategiyani yaratgan rahbarlar esa hozirda ham
tashkilotda o’z obro’iga ega bo’lishi mumkin.
424
Do'stlaringiz bilan baham: |