299
9.2. Multimilliy yoki global raqobat.
Iqtisodiyotning turli sohalaridagi xalqaro raqobat modellari bir-
biridan farq qiladi. Multimilliy yokibir-biridan ajralgan, mustaqil milliy
bozorlar
bir
xil
ma’noni anglatadi.
Har xil bozorlardagi
iste’molchilarning kutishlari, xaridorlik xulqi bir xilemas. Bunda bir
mamlakatning ichki bozoridagi raqobat boshqa mamlakatning ichki
bozoridagi raqobatga bog’liq bo’lmaydi. Ushbu mamlakatlarning ichki
bozorida faoliyat ko’rsatuvchi kompaniyalar
tarkibi ham har-xil
bo’ladi.Masalan: Fransiya, Braziliya va Yaponiya mamlakatlaridagi
bank tizimlari bir-biridan farq qiladi. Lekin Fransiyadagi banklararo
raqobat muhiti Braziliya va Yaponiyadagi bank raqobati muhitiga ta’sir
qilmaydi. Multimilliy raqobat muhitida xalqaroyoki global bozor
mavjud bo’lmaydi, ularning ichki bozorlari
bir-biridan ajralgan va
mustaqil mamlakatlar bozorlari yig’indisi ko’rinishida mavjud bo’ladi.
Muayyanmamlakat uchun yaratilgan strategiya ustunligi boshqa
mamlakatlarda faoliyat ko’rsatadigan kompaniya uchun ushbu
ustunlikni ta’minlamasligi mumkin. Chunki boshqa mamlakatlardagi
raqobat vaziyati,
xaridorlar xulqi, demografik o’zgarishlar va boshqa
shu kabilar tubdan farq qiladi.Multimilliy raqobat insonlar hayotini
sug’urtalash, metall eritish, oziq-ovqat mahsulotlarini (kofe, dukkakli
mahsulotlar,
konservalar, yaxlatilgan mahsulotlar) kiyim-kechak
tovarlarini ishlab-chiqarish, tarmoqlariga tegishli hisoblanadi. Bir
tomondan multimilliy raqobat yoki bir-biridan ajralgan va mustaqil
milliy bozorlarning yig’indisi, ikkinchi tomondan esa global raqobat
mavjud. Global raqobatda har xil mamlakatlarning
ichki bozorlaridagi
narxlar va raqobat vaziyatlari bir-biriga bog’liq, shu sababli xalqaro
yoki global bozor atamasi to’liq ma’noga ega bo’ladi. Global tarmoqda
faoliyat
ko’rsatayotgan kompaniyaningraqobatbardoshligi ushbu
kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi raqobatbardoshligi bilan uzviy
bog’liq bo’ladi. Ayniqsa tovar sotilish hajmi yuqori bo’lib, ushbu
bozorda kompaniyani ishtirok etishi strategik muhim hisoblansa, ushbu
mamlakatlarning bozorlarida raqobat keskinlashadi. Kompaniyaning
global raqobat ustunligi uning milliy bozorlardagi
raqobat ustunliklari
bilan
uzviy
bog’liq. Global raqobatni avtomobil, televizor,
300
telekommunikasiya, soat ishlab-chiqarish, nusxa ko’chirish apparatlari
kabi sohalarda kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: