Самарқанд давлат архитектура қурилиш


 Yangi biznesga kirish strategiyasi



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

7.2.1. Yangi biznesga kirish strategiyasi. 
Yangi biznesga kirish quyidagi uch xil shaklda bo’lishi mumkin: 
sotib olish, yaratish va qo’shma korxonalar tuzish. Maqsadli bozorga 
mumkin qadar tezlik bilan kirish uchun mavjud biznesni sotib olish-bu 
keng tarqalgan diversifikatsiya vositasidir. Ushbu usul diversifikatsiya 
muammolari: 
texnologik 
ko’nikmalarni, 
ta’minotchilar 
bilan 
munosabatlarni yo’lga qo’yishni, birlik mahsulotga sarf bo’ladigan 
mehnat xarajatlarini pasaytirishni, bozorga tovarni tanishtirishda reklama 
siyosatini tashkil etishni va boshqalarni hal qiladi. Ko’pgina tarmoqlarda 
yangi korxonani yaratish bilim va tajribani, resurslarni, yetarli 
masshtabdagi ishlab chiqarishni va raqobatbardoshlikni talab qiladi. 
Lekin aynan mos keladigan korxonani topish murakkab muammo 
hisoblanadi. Bunda xaridor firma oldidagi asosiy muammo bu 
“Muvaffaqiyatli ishlayotgan qimmat narxli korxonani yoki yashash 
uchun kurashayotgan arzon narxdagi korxonani sotib olish kerakmi?”- 
degan savoldir. Agar xaridor yangi sohada tajribasiz bo’lsa, ishonchli 
bozorda mustahkam mavqeiga ega firmani sotib olgan ma’qul. Korxona 
narxi haddan tashqari yuqori bo’lmasligiga e’tibor berish lozim. Lekin 
xaridor zaif firmani kuchli firmaga aylantirish rejasiga, mablag’iga, 
texnologiyasiga va tajribasiga ega bo’lsa, kuchsiz kompaniyani sotib 
olish ham maqsadga muvofiqdir. 
Yangi sohaga kirish uchun yangi kompaniyani yaratish quyidagi 
hollarda tavsiya etiladi: 
1.
Quvvatlarni ishga tushirish uchun yetarli vaqt bo’lsa; 
2.
Agar bozorda harakat qiluvchi kompaniyalar yangi raqobatchiga 
samarali qarshilik ko’rsata olmasa; 
3.
Yangi kompaniyani yaratish uni sotib olishga qaraganda tejamli 
bo’lsa; 
4.
Yangi kompaniya samarali raqobat uchun yetarli tajribaga va 
bilimga ega bo’lsa; 


230 
5.
Yangi ishlab chiqarish quvvatlari bozordagi talab va taklif 
muvozanatiga salbiy ta’sir etmasa; 
6.
Bozorda asosan kichik firmalar mavjud bo’lib, yirik kuchli firmalar 
raqobatchi bo’lmasa. 
Quyidagi uch vaziyatda qo’shma korxona tuzish orqali yangi 
biznesga kirish qulay vosita hisoblanadi: 
1.
Qo’shma korxona bitta kompaniya uchun samarasiz va 
tavakkalchilik darajasi yuqori bo’lganda yaxshi natija beradi. 
2.
Bir-necha korxonalarning tajriba va resurslarining birlashtirilishi 
kuchli raqobatbardosh kompaniyani vujudga keltirishi mumkin. 
3.
Qo’shma korxona ko’p hollarda xorijiy kvota va soliqlarni, milliy, 
siyosiy manfaatlarni yengishning yagona yo’lidir. Mahalliy 
korxonalar o’zi kirmoqchi bo’lgan biznes bo’yicha xorijiy 
mamlakat korxonasi bilan qo’shma korxona tuzadilar. Mahalliy 
kompaniyalar mahalliy sharoitni va bozorlarni yaxshi biladilar, bu 
sharoitda mehnat xarajatlari pastroq bo’ladi. 
Lekin qo’shma korxonalarning faoliyat taqsimotida, faoliyatni 
samarali boshqarish muammolarida kelishmovchiliklar paydo bo’lishi 
mumkin. Quyidagi noaniqliklar ham nizolarga sabab bo’ladi, jumladan: 
mahalliy xom-ashyodan foydalanish kerakmi yoki uni xorijdan keltirish 
kerakmi, mahsulotning qaysi qismini eksport qilish kerak, texnologik 
jarayonlar mahalliy yoki xorijiy standartlarga mos kelish darajasi 
qanday, moliyaviy mablag’lar qanday nazorat qilinadi va boshqalar. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish