Tadbirkorlik portfeli matrisasi bu
ikki o’lchamlik grafik bo’lib, u
diversifikasiyalashgan kompaniyani
faoliyat
turlarining
strategik
vaziyatini aks ettiradi.
Portfelning
BKG
matrisasi
kompaniya
korxonalarining
vaziyatini muayyan tarmoqning
o’sish tezligini va bozorning
nisbiy ulushini inobatga olgan
holda ifodalaydi.
255
(5%, 10% va hokazo) darajada o’tkazish mumkin. O’sish tezligi
iqtisodiyotdagi o’sishdan yuqori bizneslar «tez o’sish», iqtisodiyotdagi
o’sishdan past bizneslar esa, «sekin o’sish» (sekin o’sish tarmoqlari – bu
yetuk qarib borayotgan, turg’un yoki so’nib borayotgan tarmoqlar)
kvadratlariga joylashtiriladi. Yuqori va past o’sishni bir-biridan ajratib
turadigan chiziqni kamdan-kam hollarda 5% dan pastdan o’tkazishga
to’g’ri keladi.
Bozorning nisbiy ulushi - bu mos tarmoqlarda muayyan korxonani
bozor ulushining eng yirik raqobatchini bozor ulushiga nisbati bilan
aniqlanadi. Bunda bozor ulushi so’mda emas, natural ko’rsatkichlarda
ifodalanadi.
BKG matrisasining dastlabki variantlarida yuqori va past bozor
ulushlari o’rtasidagi chegara, 8.1. rasmda ko’rsatilgani kabi, 1,0 ga teng
sathdan o’tadi. Chegara 1,0 ga teng bo’lgan holda matrisaning chap
tomonidagi ikki kvadratda o’z tarmog’ida sardor firmalar (bizneslar) aks
ettiriladi. O’ng tomondagi ikki kvadratdan esa, sardorlarni ta’qib etuvchi
kompaniyalar joy egallaydi. Ularni sardorlardan orqada qolishini nisbiy
bozor ulushi ifodalaydi. Bozor ulushining 0,10 ga teng nisbati muayyan
firmaning sardorlarga nisbatan bozor ulushi 1/10 ekanligini, 0,80 teng
nisbat esa 4/5 yoki sardor firmaning bozor ulushi 80% ekanligini
bildiradi. Ko’pchilik portfel tahlilchilari yuqori va past bozor ulushining
1,0 ga teng nisbiy ulushini noo’rin shafqatsiz mezon deb hisoblaydilar,
chunki ushbu vaziyatda chap tomonda joylashgan ikki kvadratdan faqat
o’z tarmog’ida eng katta tovar sotish hajmiga ega bo’lgan firmalar joy
oladi. Ayrim tadqiqotchilar 0,75-0,8 darajasidagi nisbiy ulushni
belgilashni taklif qiladilar. Shunday bo’lganda, chap kvadratlarda bozor
mavqei haqiqatan ham kuchli firmalar joylashadi (ular bozor sardorlari
bo’lmasliklari mumkin), o’ng kvadratlarda ulardan zaifroq firmalar
joylashadi.
BKG ning «o’sish ulushi» matrisasini qurishda firmaning amaldagi
bozor ulushiga qaraganda nisbiy ulush tushunchasidan foydalanish
analitik jihatdan to’g’riroq hisoblanadi. Chunki bozorning nisbiy ulushi
firmaning bozordagi raqobat mavqeini aniqroq aks ettiradi. Nisbiy ulush
xarajatlar nisbatini va masshtab samarasini ham aks ettirishi muhim
256
ahamiyatga ega. Yirik firmalar kichik firmalarga nisbatan pastroq
solishtirma xarajatlarda tovar ishlab chiqaradilar. Ular bunday ustunlikka
ilg’or texnologik ishlab chiqarishning masshtab samarasi hisobiga
erishadilar.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |