Salom haqida : Assalom azizlar, qalbi quyoshlar Mehringiz nuridan bahrimand yoshlar



Download 83,5 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi83,5 Kb.
#19176
Salom haqida : Assalom azizlar , qalbi quyoshlar

Mehringiz nuridan bahrimand yoshlar

Yurakdan sizga aylaymiz salom

Ta’zim aylab deymiz salom assalom

Shiyor :

Zakоvat ilmining tarjimoni til yorug’likka eltar kishini u bil

Maqsad :
I – shart

1. Assalomu alaykum aziz ustozlar va hurmatli mehmonlar . Bugungi kechamizga xush kelibsiz . She’riyat mulkining sultoni , o’zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning porloq nomi qariyib 6 asrki tillarda doston .

2. Ulug’ mutafakkir hayotiga va ijodiga oid ma’lumotlarni juda yaxshi bilishadi . Uning asarlari asrlar davomida boy ma’naviy ozuqa sifatida xalqimiz tafakkurini boyitib , ezgulik hissi bilan yashashga undab kelmoqda .

3. Ulug’ mutaffakir tug’ilgan kun mamlakatimizda har yiliqutlug’ sana sifatida tantana qilinadi . Ushbu kunda xalqimiz buyuk shoir dahosiga yana bir karra ta’zim bajo ylaydilar . U kishining porloq xotirasiga ehtirom ko’rsatadilar .

4. A. Navoiydek shoirimiz borligi bilan cheksiz fahrlanamiz . U o’zbek adabiyot ilmi tarixiga yuksak hissa qo’shgan . Adabiyotimizning buyuk namayodasi ilmiy tadqiqotlar yaratgan olim , ulug’ davlat arbobi , madaniyat homiysidir .

5. Hirot ichra tug’ildi ulug’ zot

Qozondi dunyoda ilmla zo’r ot

Taxallusi bo’ldi Navoiy ismi Alisher

Futun maydonida erlar aro er .

6. Toki yangrar hayot qo’shig’I Ochiladi orzu eshigi

Tebranadi xalqim beshigi

Navoiydan so’z ochsam agar

7. Jahon umriga teng Navoiy umri

She’riyat ahlining bayroqdori ul

G’azal olamida nidosi amri

Qo’shig’I kuy bo’lib yangragay mangu

8. Kelajakka qo’yib poydevor

Tarix so’zlar ko’zgusiga bo’y

Nazm oqar azim shiddatkor

Og’ushiga tortib ketar oy

9. A. Navoiy avlodlariga katta adabiy va ilmiy meros qoldirdi . Uning o’zbek tilidagi “ Xamsa ” asariga quyidagi dostonlar kiradi .

1. “ Hayrat – ul abror ”

2. “ Farhod va Shirin ”

3. “ Layli va Majnun ”

4. “ Sabbai Sayyor ”

5 Sa’ddi Iskandariy “

10. Mo’jizalar yaratib hamon

Atom asri qo’l silkir go’yo

Mening qalbim bir armon o’rtar .

Hamma : Navoiysin sog’ingan dunyo

No’shiravon gulgun bog’ida

Qay nargisdan taralar hayo

Yuragimni bir orzu o’rtar

Hamma : Navoiysin izlagan dunyo

Hasdlarni yongolgan hayrat

Ozodlikka qalb ochgan go’yo

Quyosh sari ko’kka bo’y cho’zib

Hamma : Navoiysin topolgan dunyo

11. O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov A. Navoiy haqida shunday degan : “ A. Navoiyni bilish , uning madaniyatini hiz qilish umuman A. Navoiyni emas balki mumtoz adabiyotni bilish har bir farzand uchun hamm qarz ha farzdir . ” deganlar .

A. Navoiyning onasini madh etib O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov shunday degan :

Bilmam qanday ayol bo’lgan

Alisherning onasi

Balki uning qalbiga ham

Lol qolgan zamonasi

Balki uning ko’zlarida

Bo’lgan og’ir bir xayol

Balki g;amgin zotdir u

Balki sho’xchan bir ayol

Balki buyuk farzandiga

Terib bergan chechaklar

Balki tunlar unga bedor

Aytib bergan ertaklar

Mayliga u kim bo’lmasin

Yolg’iz bir so’z ma’nosi

Alisherning onasi u

Navoiyning onasi

12. O’zbek adabiyotida Navoiy siymosi hassos yozuvchilardan Oybekning “ Navay ” romani , Uyg’un va Izzat Sultonning Alisher Navoiy , dramasida yorqin tasvirlangan .

Buyuk shoir pand va nasihatlarni tom ma’noda insonparvarlik , xalqchilik demakdir . Biz komil inson bo’lishimiz uchun Navoiy hikmatlariga amal qilishimiz darkor . Keling ularga bir quloq tutaylik .

Hikmatlar :


  1. Odami ersang demagil odami

Oni kim yo’q xalq g’amidin g’ami

  1. Tiling bilan ko’nglingni bir tut

  2. Don sochib ekin o’rmagan

Bilim olib amal qilmaganga o’xshar

  1. Befoyda so’zni ko’p aytma

Foydali so’zni eshitishdan qayta

  1. Oz- oz o’rganib dono bo’lur

Qatra – qatra yig’ilib daryo bo’lur

  1. Bilmaganni so’rab o’rgangan olim

Orlanib so’ramagan o’ziga zolim

  1. Kishining eng muhim burchlaridan biri ota – ona hurmati

  2. Yaxshilik istasang , yaxshilarga qo’shil

  3. Tilga ixtiyorsiz , ega e’tiborsiz .

  4. Yaxshilik qilmasang , yomonlik ham qilma

“ Navoiyni o’qish kerak “

Sirojiddin Said

Har bir kalla , har bir bosh ,

Taholatdan qo’rqishi kerak

Har bir bola , har bir yosh

Navoiyni o’qish kerak

Har bir ota , har bir mo’ysafid

Umr hikmatlarin ko’rsatib

Nafis arqonlarin qirqishi kerak

Navoiyni o’qish kerak .

Siz deysiz yo’l topish kerak

Uy qurib pul topish kerak

Yoq – yo’q u or qilishi kerak

Navoiyni o’qish kerak

Bir bolaga butun mamlakat

Ba’zan esa qirq kishi kerak

Beshiklardan tushub bolalar

Navoiyni o’qish kerak .

Samarqand – u Buxoro , Termiz

To’ylarida barchamiz jammiz

Bizlar axir kimlardam kammiz

Elga olam olqish kerak

Olamga tik boqish kerak

Navoiyni o’qish kerak .

Beruniylar , Ibn Sinolar

Ulug’bklar , Bobur Murzolar

Qurib ketmish qanday bunolar

Yosh ko’ngillar qalqishi kerak

Navoiyni o’qish kerak .

Vatan azal bitta Vatandir

U biz uchun so’lmas chamndir

Shunday ekan bola chog’lardan

O’zni anglab uqishi kerak

Navoiyni o’qish kerak .

Dilga nedur yuqishi kerak


Navoiydek buyuk zot qoshida doimo bosh egamiz . Bizga insoniylik , mehru vafo , do’stlik , sadoqat , saxovatlilik , odamiylik , kamtarlik , yaxshilik .

Bilim va ma’rifat ziyolarini taratganliklari uchun buyuk Navoiy bobomizga ta’zim qilamiz .

II – shart

G’azal va ruboiylardan ifodali yod aytish .



  1. Zohit sang huru menga jonona kerak

Jannat senga bo’lsin menga mayxona kerak

Mayxona aro saqiyu paymona kerak

Paymona necha bo’lsa to’la yona kerak

G’urbatda g’arib shodimon bo’lmas emish

El anga shafiqu mehribon bo’lmas emisj

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa

Bulbulg’a tikondek oshiyon bo’lmas emish


  1. Xo’b el bila suhbat tutubon xo’f o’lg’il

  2. Yaxshini talab qilg’ilu matlub o’lg’il

Shirin so’z ila xalqqa marg’ub o’g’il

Yumshoqli hadisingniyu mahbub o’lg’il



  1. Ko’z birla qo’shiq yaxshi qabog’ing yaxshi

Yuz birla so’zing yaxshi dudog’ing yaxshi

Eng birla mening yaxshi , saqoqing yaxshi

Bir – bir ne deyin boshtin oyog’ing yaxshi


  1. Har kimki chuchuk so’z elga izhor aylar

Har necha – ki ag’yor durur yor aylar

So’z qattig’I el ko’nglini ozor aylar

Yumsho’I ko’ngillarni giriftor aylar


  1. El qochsa birovdin el yomon bil oni

Ahvoliga idbor nishoni bil oni ,

Fe’l ichra elining yonom – yomoni bil oni

7. Har kimsaki so’z demak shiorida durur

Ma’no guli nutqining bahrida durur

So’z demasin ulki , ixtiyorida durur

So’z yaxshilig’I chu ixtisorida durur

Yo’q dahrda bir besaru somon mendek

O’z xolig’a sargashtayu hayron mendek g’am ko’yida honimonim Vayron mendek yaniki aloxonu olomon mendek

G’azal : “ Kelmadi ”

G’azal : “ Topmadim ”

Mehr ko’p ko’rgizdim ammo , mehriboni topmadim

Jon basi qildim fido , oromojonim topmadim

G’am bila jonimg’a yetdim , g’amg’usore ko’rmadim

Hajr ila dilxasta bo’ldim , dilistoni topmadim

Ishq aro yuz ming malomat o’qig’a bo’ldim nishon

Bir kamon abro’da tuzqdin nishoni topmadim

Hush mulki ichra sendek shoh – u zolim ko’rmadim

Ishq kuyida vomeyqu Farhod –u Majnun qissasin

O’z ishimdin bil ajabroq , dostone topmadim

Tab ganjidin maone xurdasin yuz qatla hayf

Kim nisor etmakka shoh – u xurdadone topmadim

Ul amon ichinda bo’lsin ey Navoiy garchi men

Bir zamon ishqida mehnatidin amone topmadim .

III – shart



  1. Navoiy hayoti va ijodi bo’yicha 10 ta savol beriladi .

IV – shart

  1. Navouyningdonoligi aks ettirilgan sahna ko’rinishi .

Ona tilidan V – sinflarda III chorak

1.Fonetikada nimalar o’rnailadi ?


  1. Og’zaki nutqning tovush tizimi o’rganiladi .

  2. Yozma nutqning harflar tizimi o’rganiladi

  3. So’z turkumlari

  4. Gap va uning tuzilishi

2. Gap va gapda so’zlarning bog’lanishi tilshunoslikning qaysi

bo’limida o’rganiladi ?

a. Leksilogiya b. Morfologiya

s. Sintaksisda d. Grafikada

3. Nutq necha yo’l bilan amalgam oshiriladi ?

a. 3 xil yo’l bilan b. 4 xil yo’l bilan

s. 5 xil yo’l bilan d. 2 xil yo’l bilan

4. So’z va uning ma’nolari qaysi bo’limida o’rganiladi ?

a. Grafikada b. Leksikologiyada

s. Fonetikada d. Morfologiyada

5. Yozma nutqning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi nima deyiladi ?

a. Fonetikada b. Sintaksisda s. Grafikada d. Morfologiyada

6. Ikki harf bir tovushni ifodalovchi harflarni toping ?

a. a, b , s b. l , m , o s. a , u , i d. sh , ch , ng

7. Unli harflar berilgan qatorni toping ?

a. I , b , o’ , s , k , d b. a , o , e , o’ , u , i

s. b , j , a , u , l , t d. a , r , b , e , u , o

8. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson a’zolariga nima deyiladi ?

a. lab tovuslari b. bo’g’iz tovushi s. nutq a’zolari d. unli tovushlar

9. Lab tovushlari berilgan undoshlar qatorini toping ?

a. b , m , p , v , f b. a , o , I e , u s. t , I , l , b , z

d. r , s , a, u , k

10. Burun tovushlari berilgan qatorni toping ?

a. sh , ch , ng b. d , t , s s. b , a , l d. m , n , ng

11. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi nima ?

a. So’zlarning ma’nolarini farqlash

b. Gaplarning ma’nolarini farqlash

s. So’z birikmalarini farqlash

d. Harflarni farqlash .

12. Harflarning ma’lum bir tartibda joyalshuviga nima deyiladi ?

a. Gap deyiladi b. So’z deyiladi s. Alifbo deyiladi .

d. So’z birimasi deyiladi .

13. To’g’ri talaffuz me’yorlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limiga nima deyiladi ?

a. Orfoepiya b. Orfografiya s. Morfologiya d. Grafika

14. Qator kelgan unlilar berilgan so’zlar qatorini toping .

a. mutafakkir , do’st , go’sht b. soat , tabiat , saodat , maosh

s. o’lka , o’zbek , ko’klam d. teatr , telefon , mehnat

15. O’pkadan chiqadigan havo bo’shlig’ining ma’lim bir joyida yoki bo’g’izda to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovushlar qanday tovushlar sanaladi ?

a. undosh tovushlar b. unli tovushlar

s. jarangli tovushlar d. jarangsiz tovushlar

16. Tilimizda nechta undosh tovush bor ?

a. 25 ta b. 24 ta s. 23 ta d. 26 ta

17. Bo’g’in ko’chirish qoidasi buzilgan qatorni toping ?

a. mubo – rak , sha- raf – li b. is – tiq – lil , bax – ti – yor

s. zi – lo –la , meh - nat – kash d. a – ba – diy , e – shik , ko’n – gil

18. Faqat “I ” unlisi qo’llangan so’zlar qatorini belgilang .

a. …kin , …nson , …chki b. ..lyor , …rgash

s. ….lon , ….qlim , …lgak d. …tik, ….rkin

19. Faqat “u ” unlisi bilan yoziladigan so’zlar qatorini toping ?

a. oq …sh , …suz …sh , bor …sh

b. bill ..r , ….kki , sh ….ft s. kit …b , b ..lim

d. Yus …f , yut …q , qud .. q

20. So’z oxirida - d yozilib , - t talaffuz qilinadigan so’zlar qatorini belgilang ?

a. ozod , obod , e’tiqod b. qo’sht , to’rt , olmish

s. bob , , arbob , siyob d. kasb , hisob , kitob

21. Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasi nima deyiladi ?

a. urg’u b. qo’sh undosh s. bo’g’in d. so’z urg’usi

22. Bo’g’inlar necha turli bo’ladi ?

a. 4 b. 3 s. 2 d. 5

23. Qo’sh undoshli so’zlar qatorini toping ?

a. amo , chaqqon , katta b. saodat , soat , maosh

s. muallim , muomala , soat d. taomil , geolog , oila

24. Qaysi so’zlarda tutuq belgisi tushirib qoldiriladi ?

a. sa’nat , qa’la , shu’la b. qit’a , jur’at , ma’no

s. ba’zan , e’tiqod , ne’mat d. mo’tadil , mo’jiza , mo’tabar

25. So’z bo’g’inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi nima deyiladi ?

a. gap urg’usi b. ochiq bo’g’in s. so’z urg’usi d. yopiq bo’g’in


V – sinf Adabiyot III – chorak

1. Usmon Nosur qachon va qayerda tug’ilhan ?

a. 1913 – yil 14 noyabr Namanganda b. 1912 – yil 13 noyabr Namanganda

s. 1914 yil 15 noyabr Namanganda d. 1912 – yil 13 noyabr Farg’onada

2. Usmon NOsir she’rlari berilgan qatorni toping ?

a. “ Bulut ” , “ Baliq – ovi ” b. “ Oygul bilan Baxtiyor ”

s. “ Bolaligimda ” , “ Yo’lchi ” , “ Yur to’ylarga chiqaylik ”

d. “ Tag’ay ” , “ Shudring ”

3. O’tkir Hoshimov qachon va qayerda tug’ilgan ?

a. 1912 – yil Namanganda b. 1910 yil Qoratog’ etaklarida

s. 1926 yil Toshkentda d. 1941 – yil Toshkentning Do’mbirabod mahallasida

4. O’. Hoshimovning dastlabki qissasining nomi berilgan qatorni toping ?

a. “ Cho’l havosi ” b. “ Muhabbat ”

s. “ Ikki eshik orasi ” d. “ Bahor qaytmaydi ”

5. O’ . Hoshimovning asarlari berilgan qatorni toping ?

a. “ Nil va Rim ” , “ Yo’lchi ” b “ Mening o’g’rigina bolam ” , “ Shum bola ”

s. “ Kafansiz ko’milganlar ” , “ Zarralar ”

d. “ Urushning so’nggi qurboni ” , “ Dunyoning ishlari ”

6. O’ . Hoshimovning “ Dunyoning ishlari ” qissasi nima haqida ?

a. mehnatsevarlik haqida b. Vatanga sodiqlik haqida

s. Onalarni ulug’lash , hurmatlash haqida

d. Kasb – hunar egallash haqida

7. O’ . Hoshimovning qaysi hikoyasida aka – uka Ilhaq va Is’hoq haqida so’z borgan ?

a. “ Alla ” b. “ Gilam paypoq ” s. “ Haqqush ” d. “ Qarz ”

8. O’tkir Hoshimovning “ Meniyam kitob qilib yozsanchi , o’g’lim “

Satrlari qaysi hikoyada berilgan ?

a. “ Iltijo “ b. “ Qarz “ s. “ Haqqush ” d. “ Alla ”

9. Mirtemir qachon va qayerda tug’ilgan ?

a. 1910 – yil Toshkentda b. 1910 – yil Samarqandda

s. 1910 – yil Buxoroda

d. Mirtemirning 1910 – yil Qoratog’ etaklarida , Turkiston shahrining Ifqon qishlog’ida

10. Mirtemirning 1 - she’ri qaysi nom bilan necha yoshda e’lon qilingan ?

a. “ Zafar ” 17 yoshida b. “ Tanburim ovozi ” 16 yoshida

s. “ Yodgorlik ” 17 yoshida d. “ Tingla hayot ” 16 yoshida

11. Mirtemirning ilk she’riy to’plami nechanchi yilda qaysi nom bilan nashr

etilgan ?

a. 18928 – yil “ Shu’lalar qo’ynida ” b. 1926 – yil “ Tanburim ovozi ”

s. 1928 – yilda “ Tong ” d. 1926 – yil “ Zafar ”

12. Maqsud Qoriyev qachon va qayerda tug’ilgan ?

a. 1926 – yil Buxoroda b. 1927 – yil Toshkentda

s. 1927 yil Samarqandda d. 1926 yil Toshkentda

13. M . Qoriyev qanday tarixiy romanlar yozgan ?

a. “ Qaldirg’ochlar bahorda keladi ” b. “ Qaytar dunyo ” , “ Osiyo g’azali ”

s. “ Spitamen ” , “ Ibn Sino ” , “ G’aznaviylar ”

d. “ Afrosiyob g’azali ” , “ Jiyda gullaganda ”

14. Antuan de Sent – Ekzyuperi qachon va qayerda tavallud topgan ?

a. 1800 – yil 29 iyunda Italiyada b. 1900 –yil 29 iyunda Farnsiyaning Lion sharida s. 1900 – yil 29 iyunda Parijda

d. 1900 – yil 29 iyulda Shvetsariyada

15. Eksyuperining 1 – hikoyasi nomi nima ?

a. “ Tunggi parvoz ” b. “ Kichkina shahzoda ”

s. “ Uchuvchi ” d. “ Januv chopari ”

16. Ekzyuperi qaysi asari uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo’lgan ? a. “ Erkaklar zamini ” b. “ Tungi parvoz ”

s. “ Janub chopari ” d. “ Kichkina shahzoda ”

17. “ Kichkina shahzoda ” yerga nima sababdab tushadi ?

a. Odamlarga yomon illatlarni tarqatish uchun

b. Odamlardagi yomon illatlarni yo’qotish uchun

s. Insonlarni 1 – 1 iga dushman qilish uchun

d. Odamlar orasiga ezgulikni tarqatish uchun

18. A. Navoiy necha yoshlarida she’rlar yod olgan va necha yoshda maktabga borgan ?

a. 4 – 5 yoshlarida she’r yodlagan , 6 yoshida maktabda borgan

b. 3 – 4 yoshida she’r yodlagan , 5 yooshida maktabga borgan

s. 5 – 6 yoshida she’r yodlagan 7 yoshida maktabga borgan

d. 6 – 7 yoshida she’r yodlagan 8 yoshida maktabga borgan .

19. A. Navoiy qaysi shaoirlarning asarlarini sevib o’qigan va yod olgan ?

a. Sh . Ali yazdiy , Naqshbandiyni b. Lutfiyni , Jomiyni

s. F. Attor , Nizomiy Ganjaviy , Sa’diy , X. Dehlaviy

d. Gulxaniyni , Maxmurni

20. A. navoiyning “ Hayratul – abror ” dostoni necha bob va maqolotdan iborat

a. 63 bob , 20 ta maqolot b. 64 bob 20 ta maqolot

s. 65 bob 20 ta maqolot s. 64 bob 24 ta maqolot

21. “ Guliston ” va “ Bo’ston ” asarlari muallifi kim ?

a. Nizomiy Ganjaviy b. Sa’diy Sheroziy

s. Alisher Navoiy d. Z. M . Bobur

22. Umrining 20 yilidan ko’prog’ini sayohatga o’tkazgan shoir kim ?

a. Lutfiy b. Jomiy s. Sa’diy Sheroziy d. A. Navoiy

23. A. Navoiy o’z asarlarida qaysi taxalluslarni qo’llagan ?

a. “ Sheroziy ” , “ Muqimiy ” b. “ Navoiy ” , “ Foniy ”

s. “Navoiy ” , “ Ganjaviy ” d. “Foniy ” , “ Lufiy ”

24.A. Navoiy asarlari berilgan qatorni toping ?

a. “ Xamsa ” , “ Muhokamat ul – lug’atayn ” b. “ Boburnoma ” , “ Harb ishi ”

s. “ Guliston ” , “ Bo’ston ” d. “ Hiloliya ” , “ Sayohatnomalar ”

25. “ Ruboiy ” so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi ?

a. arabcha “ 2 lik ” b. forscha “ 3 lik ”

s. arabcha “ 4 lik ” d . tojikcha “ 5 lik ”


6 – sinf Adabiyot fanidan testlar

1. Said Ahmad qachon va qayerda tug’ilgan ?

a. 1920 yil 10 – iyunda Samarqandda

b. 1920 – yil 10 – iyun Buxoroda s. 1920 yil 10 iyunda Toshkentda

d. 1920 yil 10 – uyunda Jizzaxda

2. S. Ahmadning 1 – kitobi nomi nima ?

a. “ Tortiq ” b. “ Er yurak ”

s. “ Farg’ona hikoyalari ” d. “ Muhabbat ”



3. S. Ahmad asarlari berilgan qatorni toping ?

a. “ Urushning so’nggi qurboni ” , “ Dunyoning ishlari ”
Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish