9
I BOB. IQTISODIYOTGA OID MATN TARJIMASINING
UMUMTILSHUNOSLIK MASALALARI BILAN BOG‘LIQLIGI
1.1. Iqtisodiyotga oid matnlar tarjimasining o‘rganilganlik tarixi
Insoniyat paydo bo‘libdiki, iqtisodiyot jamiyatning ajralmas bo‘lagi bo‘lib
kelgan. Eng qadimgi davrlarda shaxsning, so‘ng urug‘ning, asta-sekin davlat va
jamiyatning o‘sib borishi bilan iqtisodiy jarayonlar ham muhim rol o‘ynay
boshlaydi. Shu bois, taraqqiyotni iqtisodsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Iqtisodiyotni o‘rganish iqtisodiy tashkilotlar, institut va harakatlar bilan bir
qatorda tilshunos, tarjimonlar diqqatidan ham chetda qolmaydi.
Kundalik hayotimizni iqtisodiy ma’lumotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shuningdek,
mamlakatlar
o‘rtasidagi munosabatlarda ham iqtisodiy
munosabatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa tilshunos-tarjimonlar oldiga
iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan matnlarni o‘rganish, tarjima qilishning muqobil
yo‘llarini topish singari vazifalarni qo‘yadi. Iqtisodiyotga bog‘liq bo‘lgan
qonunlar, shartnoma matnlari va shu kabi matnlar tarjimasi tarjimondan katta
mahorat, alohida tayyorgarlikni talab qiladi.
O‘zbek tilida sohaga oid terminlar va ularning tarjimasiga doir tadqiqot
ishlari mavjud bo’lib, xususan Zaynutdinov Z. F. “O‘zbek tilidan xitoy tiliga
siyosiy matnlar tarjimasi va uning o‘ziga xosliklari”
7
nomli dissertatsiyasida
terminlarning tarjima masalalariga to‘xtalib o‘tgan hamda siyosiy terminlar va
siyosiy matnlar, ularning lisoniy xususiyatlari, siyosiy matnlarda qo‘llaniladigan
turg‘un birikmalar, tarjimada so‘z tanlash muammosi, vositali tarjima
muammolari, siyosiy sintagmalar kabilarni tahlil qilgan.
Nosirova S. A. “Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-
semantik va struktur tahlili”
8
nomli tadqiqotida xitoy tilidagi diplomatik
terminlarning leksik-semantik xususiyatlari, abbreviaturalar va qolipli
7
Zaynutdinov Z. F. O’zbek tilidan xitoy tiliga siyosiy matnlar tarjimasi va uning o’ziga xosliklari.-Т., 2013.
8
Nosirova S. A. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-semantik va struktur tahlili.-Т., 2008.
10
birikmalar, diplomatik terminlarning statistik tahlili, hosil bo‘lish usullari,
o‘zlashmalar kabilar tahlil ostiga olingan.
Ingliz tarjimashunosi Olteanu A.R. o‘zining “Errors and difficulties in
translating economic texts”
9
deb nomlangan tadqiqot ishi iqtisodiy matnlar
tarjimasining muammolari va murakkabliklariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda
avvalo tarjima konsepsiyasi tarjima ilmining turli yondashuvlari asosida
o‘rganilgan. Iqtisodiy matn tarjimasining murakkabliklari tahlil etilib, iqtisodiy
matnlar ustida analiz amalga oshirilgan.
Valerija M., Suchanova J. “The comparative analysis of English economic
and business terms and their lithuanian translation equivalents”
10
nomli
maqolasida iqtisodiy terminlar tarjimasi, ularning ekvivalentini topish
muammosi, terminlarni struktur va semantik jihatdan tahlil etish kabilarni
yoritganlar.
Rus tilshunos va tarjimashunos olimlari tomonidan iqtisodiy matnlar va
ularning tarjimasi masalasiga doir ko‘plab izlanishlar amalga oshirilgan.
Шулюкина Т. С. “К вопросу перевода экономических терминов (на
материале английского и русского языков)”
11
. Ushbu tadqiqot ishida
iqtisodiy terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy terminlar tarjimasining
muqobilligi, terminlarning ekvivalentini topish muammolari, kognitiv model
kabilarni o‘rganib chiqqan va tahlilga tortgan. Tadqiqotchi terminlarni “bir
tarjimali”
(“однопереводные
термины”)
va
“ko‘p
tarjimali”
(“разнопереводные термины”) turlarga bo‘lgan. Iqtisodiyotga oid matnlarni
esa “ommaviy iqtisodiy matnlar” (“популярно-экономические тексты”) va
“tor
ixtisoslikdagi
iqtisodiy
matnlar”
(“узкоспециализированные
экономические тексты”) kabilarga ajratib tahlil etgan ma’qul deb hisoblaydi.
Haqiqatdan ham tadqiqotchi ta’kidlaganidek, terminlarni tarjima qilishda aynan
ekvivalentini tanlagan ma’qul deb hisoblaymiz. Shuning bilan birga matnni
9
Olteanu A.R. Errors and difficulties in translating economic texts.-L., 2012.
10
Valerija M., Suchanova J. The comparative analysis of English economic and business terms and their
lithuanian translation equivalents.-V., 2001.
11
Шулюкина Т. С. К вопросу перевода экономических терминов.- М., 2011.
11
iqtisodiyotning aynan qaysi sohasiga tegishli ekanligiga ko‘ra leksik birliklarni
tanlash tarjimaning yanada tushunarli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
Похолкова Е.А. “Современная экономическая терминология в
Республике Корея: лингвистический анализ”
12
nomli tadqiqot ishida avvalo
terminologiya umumiy hodisa sifatida o‘rganilgan. Keyingi boblarda koreys
tilida terminologiyaning o‘rni zamonaviy iqtisodiy terminologiya va uning
genetik analizi, uning xususiyatlari, iqtisodiy terminologiyada o‘zlashmalarning
o‘rni, formal-strukturaviy, leksik-semantik tahlili kabilarni amalga oshirgan.
Похолкова Е.А. bundan tashqari o‘z ilmiy ishini davom ettirgan holda koreys
tilidagi iqtisodiy terminlar bilan bog‘liq o‘nlab maqolalarini chop ettirgan.
Uning tadqiqot ishlari bevosita tilshunoslik doirasida bo‘lib, bizning ilmiy
ishimizda nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Лесникова Ж.В.
13
“Способы перевода терминов с английского языка
на русский (на материале экономических текстов)” nomli ishida umuman
terminologiya, terminlarning xususiyati va tilshunoslikdagi o‘rni, terminlarni
tarjima qilish masalalari, vositali va vositasiz tarjima kabilar tahlil ostiga olingan.
Tahlil rus va ingliz tilidagi iqtisodiy terminlar tarjimasiga bag‘ishlangan.
Садовская М. В.
14
“Лингвопрагматическое описание экономических
текстов”da maxsus matn tushunchasi, iqtisodiy matnga tasnif berilgan. 2-bobda
korxona hisobotlari asosida hisobotning lingvistik tahlili berilgan. Bu ish
tadqiqotimizda matnlarni tahlil qilishda nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Кинчина Е. В.
15
“Когнитивные аспекты перевода экономических
терминов: На материале английского и русского языков”. Bunda kognitiv
tilshunoslik terminologik muammolarning aspekti sifatida o‘rganilgan. Iqtisodiy
terminlar tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot ishi
12
Похолкова Е.А. Современная экономическая терминология в Республике Корея: лингвистический
анализ.-М., 2007.
13
Лесникова Ж.В. Способы перевода терминов с английского языка.-М., 2010.
14
Садовская М. В. Лингвопрагматическое описание экономических текстов.-М., 2010.
15
Кинчина Е. В. Когнитивные аспекты перевода экономических терминов.-К., 1999.
12
ingliz va rus tilidagi manba asosida bo‘lganligi sababli unda ingliz tilidan rus
tiliga o‘zlashgan terminlar ishning asosiy negizi sifatida ko‘rilgan.
Каплина А.С.
16
“Межкультурные особенности экономического текста
и трудности его перевода”. Bu tadqiqotda iqtisodiy matnning xususiyatlari,
matnlarning ekvivalentligi va adekvatligi ustida izlanishlar olib borilgan.
Tadqiqotchining fikricha, iqtisodiy matnlarning asosiy maqsadi kognitiv axborot
yetkazish bo’lib, buning uchun turli iqtisodiy terminlardan, qisqartmalardan
foydalaniladi. Ba’zi elementlarni tarjima qilishda adekvatlikka erishish uchun
transformatsiyalardan foydalanish kerakligini qayd etadi.
Стрелецкая И.В “Языковые особенности перевода экономических
текстов с английского языка на русский”
17
nomli tadqiqot ishida iqtisodiy
diskursga alohida bob ajratilib, chuqur tahlil ostiga olingan. Unda diskurs
tushunchasi, iqtisodiy diskurs va iqtisodiy diskursning o‘ziga xos xususiyatlari
o‘rganilgan. Qolgan boblarda iqtisodiy matnlar leksik birlik, grammatik birlik
hamda stilistik – uslubiy birliklarga bo‘linib tadqiq qilingan. Leksik birliklarni
tahlil qilishda terminlar va maxsus leksika tarjimasi, umumiste’moldagi leksika
tarjimasi, abbreviaturalar, akronim
18
lar va korxona-tashkilot nomlari kabilar
ko‘rib chiqilgan. Uslubiy birliklarda esa frazeologizmlar va klishelar,
metaforalar tarjimasi tadqiq qilingan.
Довбыш О.В.
19
ning “Английская финансовая терминология и
проблемы ее перевода на русский язык (На материале годовых
финансовых отчетов зарубежных компаний)”da moliyaviy hisobot terminlar
sistemasi o‘ziga xos matn janri sifatida o‘rganilgan. Tadqiqotga korxonaning
yillik moliyaviy hisoboti manba bo‘lib xizmat qilgan.
16
Каплина А.С. Межкультурные особенности экономического текста и трудности его перевода.-М., 2012.
17
Стрелецкая И.В. Языковые особенности перевода экономических текстов с английского языка на
русский. - М., 2012.
18
Акро́ним
(grekcha άκρος -yuqori, so'nggi + όνυμος - nom) - abbreviaturalarming bir turi bo'lib, boshlang'ich
tovushlardan yasaladi. https://ru.wikipedia.org/wiki.
19
Довбыш О.В. Английская финансовая терминология и проблемы ее перевода на русский язык.-М., 2003.
13
Sherba L.V.o‘z tadqiqotlarida terminlarga to‘xtalib, bir necha so‘zlardan
iborat bo‘lgan terminlarni struktur va semantik yagonalikka ega bo‘lgan so‘z
birikmasi deb izohlagan (Sherba, 1974). Bu so‘z birikmalarining bir tushunchani
atash uchun xizmat qilishi yagona nominativ terminologik birlik sifatida
ta’riflashga asos bo‘ladi
20
.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, chet tillarida iqtisodiy matn tarjimasi va
iqtisodiy terminlar tarjimasiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari mavjud. Lekin
o‘zbek tilida bunday ishlarga duch kelmadik.
Do'stlaringiz bilan baham: |