Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   189
Bog'liq
ekologiya

4.2. Populyatsiyalar dinamikasi 
Populyatsion  ekologiyaning  amaliy  jihatlari  yana  shu  bilan  ahamiyatliki, 
zararkunandalarning  ko‘payishini  oldindan  aniqlaydi  va  unga  qarshi  kurash 
yo‘llarini  ishlab  chiqadi.  U  turlarning  kritik  soni  va  yashovchanligini  o‘rganadi. 
Populyatsiyadagi  organizmlar  sonining  dinamikasi  uzoq  muddat  davomida 
kuzatishlar olib borib, uning tashqi muhit omillariga bog‘liqligi aniqlanadi.  
Populyatsiyalar  ekologiyasining  predmeti  populyatsiyaning  tuzilishi, 
dinamikasini,  yoshi  va  jinsini  o‘rganishdan  iborat.  Chunki  ular  hosildorlik  va 
ko‘payish  xarakterini  ko‘rsatadi,  bu  esa  yashash  sharoitiga  moslashish  kriteriyasi 
bo‘lib, o‘lish bilan ko‘payish o‘rtasidagi nisbatni belgilaydi. 
Populyatsiyaning  muhim  xususiyatlaridan  biri,  o‘zini  son  jihatidan  idora 
etishdir.  Individlar  o‘rtasida  aloqalar  bo‘lishi  bilan  birga,  ularning  yashab  turgan 
joylari bilan ham aloqalari mavjud. Guruhli hayot tarzi populyatsiya uchun o‘ziga 
xos  xususiyatlarni  keltirib  chiqaradi.  Bunday  xususiyatlar  quyidagilardan  iborat: 
populyatsiyaning  soni,  zichligi,  tug‘ilishi,  o‘lishi,  populyatsiyaning  o‘sishi,  o‘sish 
sur’ati, biotik potentsiali va boshqalar. 
Individlarning ma’lum hududda tarqalishi, jinsi va yosh bo‘yicha nisbatlari, 
morfologik,  fiziologik  hulqi  va  genetik  xususiyatlar  populyatsiyaning  tuzilmasini 
ifodalaydi. 


45 
 
Populyatsiyadagi  individlar  bir-biridan  yoshi,  jinsi,  o‘zaro  chatishadigan 
avlodlariga  hayot  siklining  turli  fazalar  va  guruhchalarga  (poda,  koloniya  va 
boshqalar)  mansubligi  bilan  farq  qiladi.  Har  qanday  tur  populyatsiyalar  tizimidan 
tarkib  topadi.  Uning  tuzilmasi  esa  individlarning  harakatlanishi  yoki  ma’lum 
hududga  bog‘liqlik  darajasi,  tabiiy  to‘siqlarni  yengib  o‘ta  olish  kabi  biologik 
xususiyatlari  bilan  belgilanadi.  Populyatsiyalar  ichida  organizmning  o‘sishi, 
tarqalishi va boshqa ko‘pgina sabablarga ko‘ra, ya’ni tashqi muhitning o‘zgarishi, 
dushmanlar  sonining  o‘zgarishi  kabi  qator  omillarga  bog‘liq  holda  o‘zgarish 
vujudga keldi. 
Populyatsiyaning jins tuzilmasi, turli yosh va guruhlardagi erkak va urg‘ochi 
individlarning  soni  orqali  ifodalanadigan  nisbatidir.  Populyatsiyadagi  jinslar 
nisbati,  birinchidan,  jinsiy  xromosomalarning  qo‘shilishiga,  ya’ni  genetik 
qonuniyatlarga bog‘liq. Ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir 
etishi  mumkin.  Populyatsiyaning  evolyutsiyasi  uchun  urg‘ochi  organizmlarning 
soni  muhim  ahamiyatga  ega.  Masalan,  odamlar  populyatsiyasining  potentsial 
o‘sishi,  o‘smir  va  qariyalar  emas,  15  yoshdan  35  yoshgacha  bo‘lgan  ayollar 
hisobiga to‘g‘ri keladi. 
Populyatsiyadagi  individlarning  nobud  bo‘lishi  va  jinslar  nisbati  amaliy 
ahamiyatga ega. 
Populyatsiyaning  yosh  tuzilmasi  qayta  tiklanish  jadalligi,  nobud  bo‘lishi 
darajasi  va  nasllar  gallanishining  tezligi  kabi  muhim  jarayonlarni  ifodalaydi.  U 
aniq  sharoitga  qarab,  har  bir  populyatsiya  uchun  turning  genetik  hususiyatiga 
bog‘liq bo‘ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi. 
Populyatsiyani  boshqarish,  foydalanish,  monitoring  va  muhofaza  vositasi 
bo‘lib  xizmat  qiladi.  Chunki  populyatsiya  sonining  boshqarilishi  tabiatda 
kuzatiladi,  uning  bir  qismi  olinganda  u  yana  tiklanadi.  Shuning  uchun 
populyatsiyani  boshqarish  muhofaza  vositasi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  U  monitoring 
vositasi  hamdir,  chunki  tur  emas,  ularning  populyatsiyasini  kuzatish  kerak. 
Muhofaza  qilganda  esa  populyatsiyalarni  muhofaza  qilish  orqali  o‘simlik  va 
hayvon turlarini saqlab qolish mumkin. 


46 
 
Hozirgi  vaqtda  antropogen  omillar  ta’sirida  tabiiy  o‘simliklar  jamoasida 
ba’zi  bir  ko‘p  iste’mol  qilinadigan  dorivor  va  yem-xashak  o‘simliklarining 
populyatsiyalaridagi  organizmlar  insonlar  tomonidan  me’yorsiz  foydalanish 
natijasida  yo‘qolib  ketmoqda.  Masalan,  mollar  ko‘p  yeydigan  yem-xashak  o‘tlari 
me’yorsiz  foydalanish  natijasida  Angren  adirlari  va  boshqa  joylarda  kamayib 
bormoqda, ularning joyini esa termopsisga o‘xshagan mollar iste’mol qilmaydigan 
o‘simliklar  populyatsiyasi  egallamoqda.  Shuning  uchun  foydali  o‘simliklar 
populyatsiyasini saqlab qolishda populyatsiyalarni monitoring yo‘li bilan kuzatish 
kerak  va  foydali  o‘simliklar  populyatsiyasining  tiklanishi  uchun  tabiatdan 
me’yorda foydalanish kerak.  

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish