Noosfera
deganda inson mehnati va ilmiy faoliyati
ta’sirida o‘zgargan va uning yashashi uchun optimal bo‘lgan biosfera sharoitlari
tushuniladi.
Biosfera o‘zining keyingi taraqqiyotida noosferaga o‘tadi. U biosferaning
eng yuqori taraqqiyot bosqichi bo‘lib, odam va tabiat o‘rtasidagi munosabatda
asosiy kuch- aql-idrok hisoblanadi. Odamning aqliy faoliyati taraqqiyotning asosiy
omili hisoblanadi.
V.I.Vernadskiyning ta’kidlashicha - noosfera planetamizda yangi geologik
hodisa hisoblanadi. Odam tirik geologik kuchdir. Uning fikricha, noosfera
biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqich bo‘lib, inson
bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ongli aloqa munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
Biosferani - insonning o‘zi evolyutsion yo‘l bilan vujudga kelgan vaqtdagidek va
biologik tur sifatida yashab bora oladigan hamda o‘z sog‘ligini ehtiyotlab,
mustahkamlab, xo‘jaligini yurita oladigan holda saqlab qolishga harakat qilishi
kerak. Bu shartlar tabiatni qayta o‘zgartirishga barham beradi.
Tabiat butun jonli mavjudotlarning rivojlanishiga imkon yaratib bergan asos
va inson uchun hayot kechirish, uning moddiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi
birlamchi manbadir. Inson tabiatning ajralmas bir qismi hisoblanadi, lekin u
tabiatning boshqa elementlaridan o‘zining aql - zakovati, ongliligi bilan ajralib
turadi.
83
XX asrning ikkinchi yarmida insonning biosferadagi jarayonlarga ta’siri
umumsayyoraviy miqyosga yetdi va uning barqaror muvozanat holatiga kuchli
ta’sir ko‘rsatdi. Yer yuzidagi mavjud ekotizimlarning 63 % dan ortig‘i
o‘zlashtirildi, o‘zgartirildi yoki buzildi. Sayyoramizda 37 % tabiiy holida
saqlangan ekotizimlar mavjud va aynan shular biosferadagi barqaror muvozanat
holatini ta’minlab turibdi. Bunda ekotizimdagi o‘simlik va hayvon turlari
yig‘indisi-biota
biosferada hal qiluvchi, tartibga soluvchi rol o‘ynaydi.
Ekotizimdagi tirik organizmlar o‘zaro oziq zanjiri, modda va energiya almashinuv
orqali uzviy bog‘langan va undagi barqaror muvozanat holati-gomeostazni
belgilaydi. Tabiatdagi o‘zgarish yoki salbiy ta’sir natijasida biror organizm nobud
bo‘lsa, boshqa shunga yaqin organizm uning o‘rnini darhol egallaydi va
muvozanatni saqlab turadi. Bu jarayon ichki barqaror muvozanat qonuni ta’sirini
aks ettiradi. Unga muvofiq modda, energiya, axborot va alohida tabiat tizimlari va
biosferaning sifati o‘zaro bog‘liq va bu ko‘rsatkichlaridan birining xohlagan
o‘zgarishi boshqa barcha ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga olib keladi.
Le-Shatele-Braun tamoyiliga muvofiq, ekotizimdagi o‘zgarishlar uni
barqarorligini saqlab qolishni ta’minlaydigan yo‘nalishda amalga oshadi va
turg‘unligini buzadigan ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatadi.
Ekotizimda organizmlar qanchalik rang-barang bo‘lsa, oziq to‘rlari keng va
turlarning ekologik o‘rnini bosish imkoniyatlari qanchalik keng bo‘lsa u
shunchalik turg‘un, barqaror bo‘ladi.
Insoniyat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar hech qachon
biosferaning o‘z-o‘zini tiklash qobiliyati o‘rnini bosolmaydi. Faqatgina tabiiy
holida saqlanib qolgan biota biosferaning barqaror muvozanatini tiklab turishi
mumkin. Insoniyatning bosh vazifasi atrof-muhit ifloslanishlarining oldini
olishgina emas, balki tabiiy biotani saqlab qolish bo‘lishi kerak. Buning uchun
tabiiy biota va ochiq okean biotasini o‘zlashtirishni to‘xtatish, shuningdek,
o‘zlashtirilgan quruqlikdagi tabiiy biotani tiklash lozimdir.
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz
komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muammolarni keltirib chiqaradi.
84
Inson xo‘jalik faoliyatining tabiat qonunlariga mos kelmasligi, biosferaning
insonga aks ta’siri ekologik muammolar kelib chiqishining asosiy sababchisi
hisoblanadi.
Tabiiy resurslardan noto‘g‘ri foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi,
ekotizimlarga me’yoridan ortiqcha ta’sir qilish oqibatida ekologik muammolarning
keskinlashuvi, mahalliy, milliy, regional (mintaqaviy) va global ekologik
halokatga olib kelishi muqarrardir.
Inson hayoti uni o‘rab turgan atrof muhit bilan chambarchas bog‘liq. Bizni
o‘rab turgan tabiatni chindan ham ona desa bo‘ladi. Chunki u butun borliqni
hayotbaxsh nafasi bilan ta’minlab turadi, to‘ydiradi, kiyintiradi. Ana shunday
tabiatning ozor topishi u bilan bevosita bog‘liq odamzot va jonivorlarni zo‘r
tahlikaga solib qo‘yishi mumkin.
Inson so‘nggi 100-150 yil davomida biosferani shunchalar o‘zgartirib
yubordiki, natijada uning million yillar davomida tarkib topgan barqaror
muvozanatiga rahna solindi, noyob nabotot va jonivorlar turlari kamayib ketdi.
Hozirgi energetikaning shiddat bilan o‘sishi natijasida butun Yer kurrasi atrofidagi
havo harorati ma’lum darajada ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa abadiy
muzliklarni eriy boshlashiga olib kelishi mumkin.
Atrof muhitning, jumladan atmosfera havosi, suv, tuproqlarning ko‘pdan-
ko‘p sanoat korxonalari, avtotransport vositalari, turli kimyoviy moddalar bilan
ifloslanishi aholi salomatligiga katta zarar keltirmoqda.
Yer yuzida shaharlarning o‘sishi va rivojlanishi, aholisi salmog‘ining
ortishi-urbanizatsiya jarayoni atrof muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab
bo‘lmoqda.
Shaharlar aholisi salmog‘i dunyo bo‘yicha 40 % dan ortiqni tashkil qiladi va
hissasi katta tezlikda ortmoqda. Germaniyada aholining 90 %, AQShda 80 %,
Yaponiyada 76 % idan ortig‘i shaharlarda yashaydi. Millioner shaharlarning soni
tobora ortib bormoqda. Shaharlarni harakatdagi vulqonlarga o‘xshatsa bo‘ladi.
Shaharlardagi sanoat korxonalari, transport vositalari, maishiy tashlandiqlar
havoni, suv va tuproqlarni kuchli ifloslaydi.
85
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham inson qadami yetmagan birorta joy
qolmagan. Qayerga bormang, u yerda hayot qaynayotganini, odamlar mahalliy
tabiat ne’matlaridan bahramand bo‘layotganini ko‘rasiz. Tabiat boyliklaridan
rejasiz, isrofgarchilik bilan foydalanish, uning ehsonlarini suiste’mol qilish,
qudratli texnikaning turmushga kirib kelishi, kimyoviy moddalardan keng
foydalanish o‘z navbatida atrofm muhitga zarar keltirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |