Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


IV – BOB. POPULYATSIYALAR EKOLOGIYASI



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   189
Bog'liq
ekologiya

IV – BOB. POPULYATSIYALAR EKOLOGIYASI 
4.1. Populyatsiya haqida tushuncha 
Populyatsiya  –  (fransuzcha 
populations
)  xalq,  aholi  degan 
ma’nolarni bildiradi. Ekologik nuqtai nazardan 
populyatsiya 
deb  uzoq 
muddat  davomida  muayyan  bir  joyda  yashaydigan  yoki  o‘sadigan  va 
bir 
turga 
mansub 
bo‘lgan 
individlar 
yi g‘indisiga 
aytiladi. 
Populyatsiyaning  asosiy  xususiyati  uning  genetik  birligidir.  Yana  bir 
xususiyati  o‘zini  son  jihatdan  idora  etishidir.  Populyatsiyaning 
optimal  sonini saqlab turilishi  populyatsiya gomeostazi deyiladi.  
Populyatsiyani 
guruhli 
birlashma 
deb 
atash 
mumkin. 
Individlarning  ma’lum  hududda  tarqalishi,  jinsi,  yoshi  hamda  
morfologik, 
fiziologik, 
hulqiy 
va 
genetik 
xususiyatlari 
populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi.  
Populyatsiyaning  individlari  bir-biridan  yoshi,  jinsi,  hayot 
siklining  turli  fazalariga,  beqaror  guruhlarga  mansubligi  bilan  farq 
qiladi. 
Populyatsiyalar  ekologiyasining  asoschisi  ingliz  olimi  Ch.  Elton  bo‘lib, 
populyatsiyalar  ekologiyasi  fani  1930  yilda  vujudga  keldi.  Ch.  Elton  o‘zining 
“Hayvonlar 
ekologiyasi” 
kitobida 
ayrim 
organizmlarni 
o‘rganishdan 
populyatsiyalarni  o‘rganishga  o‘tish  kerakligini  aytgan.  Chunki  bunday 
o‘rganilganda  populyatsiyadagi  organizmlarning  moslashishi  va  boshqarilishi 
yaqqol  ko‘rinadi,  bunda  asosiy  masala  populyatsiya  sonining  dinamikasi 
hisoblanadi. 
Populyatsiyalar  to‘g‘risidagi  ma’lumot  populyastion  genetikada  paydo 
bo‘ldi va turlar murakkab tizim deb qaralganidan keyin rivojlana boshladi. 
Amaliy ehtiyojlar ham populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga sabab 
bo‘ldi. 
Populyatsiyalar  ekologiyasining  rivojlanishiga  S.A.Severstov,  S.S.Shvarst, 
N.P.Naumov,  G.A.Viktorov  kabi  olimlar  katta  hissa  qo‘shdi.  O‘simliklar 


43 
 
populyatsiyasini  o‘rganishga  Sinskaya  E.N.  (1948),  T.A.Rabotnov.,  A.A.Uranov 
asos  soldi.  S.S.Shvarstning  "Hozirgi  ekologiyaning  uslublari"  nomli  asarining 
birinchi  qismida  "Ekologiya—  populyatsiyalar  to‘g‘risidagi  fan"  deyilgan, 
populyatsiya  esa  hayvonlar  uchun  asosiy  va  birdan-bir  yashash  formasidir 
deyilgan. 
Populyatsiyani  o‘rganishda  ikkita  metodologik  yondashish  mavjud: 
birinchisiga  muvofiq,  dastlab  organizmlarning  xususiyatlaridan  kelib  chiqadi, 
keyin  ular  populyatsiyaning  xususiyatlari  bilan  bog‘lanadi.  Ikkinchisiga  binoan 
populyatsiyaning xususiyatlari, yashash muhiti bilan bog‘lanadi deb ta’kidlanadi. 
Populyatsiya bir butun tizim shaklida, tashqi omillar bilan bog‘langan holda 
o‘rganiladi.  Hozirgi  vaqtda  biologiyada  "populyatsiyalar  biologiyasi"  sohasi 
mavjud.  Bunda,  populyatsiyaning  joydagi  roli  -  konsument,  produstent  va 
redustentlar, har xil yoshdagi jinsiy guruh va ozuqa zanjirining biotsenozdagi roli 
o‘rganiladi.  Ekologik  yondashish  populyatsiyalarning  muhit  fizik-geografik 
omillariga  moslashishini  o‘rganish  bilan  birga,  biotik  bog‘lanishlarga  bog‘liq, 
organizmlarning  ko‘payish  va  boshqa  organizmlar  bilan  ekotizimda  birga 
yashashini ham o‘rganadi. 
Populyatsion ekologiya quyidagilarni o‘rganadi: 
1)  populyatsiyaning ekologik strukturasini maxsus o‘rganish; 
2) populyatsiyalarning tur  ichidagi bir-biriga bog‘liqligi, o‘zaro munosabati 
va ta’sirini o‘rganish; 
3)  tashqi  muhit  o‘zgarishiga  bog‘liq,  makon  va  zamonda  populyatsiyadagi 
genotipik tarkibining o‘zgarishini o‘rganish. 
Populyatsiyalar  ekologiyasi  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  hayvon  va 
o‘simliklarni ko‘paytirish yo‘llarini topish maqsadida vujudga keldi. Bunda, har xil 
parazitlar, kasal tarqatuvchi organizmlar hisobga olinadi. 
Populyatsiyalar  ekologiyasi  kam  uchraydigan  va  yo‘qolib  ketayotgan 
turlarni  qo‘riqlashning  ilmiy  asoslarini  ishlab  chiqadi.  Atrof  -  muhitdagi  ko‘p 
hayvon  va  o‘simliklar  tartibsiz  iste’mol  qilinishi  natijasida  yo‘qolib  ketadi.  Uni 
tiklash  choralari  populyatsion  ekologiyaning  vazifalari  qatoriga  kiradi.  Buning 


44 
 
uchun populyatsiyalarni tabiiy sharoitda o‘rganish kerak, masalani o‘rganishda va 
hal  qilishda  matematik  -  statistik  usullar  katta  rol  o‘ynaydi.  Populyatsiyani 
o‘rganishda  ayrim  omillar  orqali  kuzatuvlar  olib  boriladi.  Populyatsiyalar  esa 
doimiy  o‘zgarishda  bo‘ladi.  Populyatsiya  tarkibi  uning  zamon  va  makonda 
tarqalishi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  orqali  aniqlanadi.  Vaqt  ichidagi  o‘zgarishlar 
esa  populyatsiyalar  sonining  o‘zgarishida  bilinadi.  Populyatsiyalar  ekologiyasida 
o‘sish  tezligi,  populyatsiya  sonining  o‘zgarishi  kabilarning  matematik  modellari 
ishlatiladi. Bu modellarni tuzish, yashovchanlik va o‘lish terminlari bilan bog‘liq. 
 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish