Salib yurishlari – G‘arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharqdagi bosqinchilik va talonchilik urushlari edi.
Bu yurishlar 1096–1270-yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan. Sharqdagi yerlarni egallash orqali cherkov o‘zining ta’sirini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan.
“Franklar va boshqa yo’lovchilarning Iyerusalimdagi harakatlari” xronika muhim ahamiyatga ega. U 1095-1099 yillarni, ya’ni Klermon soboridan 1099 yil avgustdagi Askalon yaqinidagi janggacha bo’lgan voqealarni o’z ichiga oladi. Bu xronika kundalik ko’rinishda, juda oddiy tilda yozilgan bo’lib ortiqcha bo’yoqlar va bezaklardan holi va bibliyadan parchalar keltirilgan.
Papa Urban II ning Klermon shahrida salib yurishga da’vat etishi
Ikkinchi salib yurishi tarixi umumiy holatda fransuz va nemis xronikalarida o’z aksini topgan. Bular Lyudovik VII ga bag’ishlangan “Katta fransuz xronikasi” va Otton Freyzingenskiyning “Fridrix faoliyati” nomli xronikalar bo’lib, unda XII asrga oid barcha tarixiy asarlar qisqartirilgan shaklda bayon etilgan.
Fridrix Barbarossaning Tagenon tomonidan yozilgan yurishlari tarixi 1190 yil 21 iyun ya’ni muallif o’limidan sal oldinroq tugagan kundalikdan iborat
U “Fridrixning osiyoga yurishlari bayoni” deb nomlanadi. O’zining o’ta aniqligi bois bu kundalik uchinchi salib yurish tarixi bo’yicha juda qimmatli manba hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan manbalardan tashqari salibchilar davlati tarixi haqida ma’lumot beruvchi turli tuman manbalar-xronikalar, yilnomalar, qonunlar to’plami va boshqa turdagi xujjatlar ham mavjud va ular salib yurishlari tarixi bo’yicha qimmatli ma’lumotlar beradi.
Ular orasida Gilom Tirskiyning “Antioxiya urushlari” nomli, Yakov Vitriyskiyning (taxminan 1180-1240) “Sharq yoki iyerusalim tarixi” shuningdek “Iyerusalim assizlari” kabi manbalar alohida ahamiyatga ega. “Iyerusalim assizlari” qonunlar to’plami bo’lib unda feodal tartiblar o’ta mumtoz uslubda bayon etilgan. O’z tarkibiga ko’ra mazkur manba juda murakkab tuzilishga ega. .
To’rtinchi salib yurishi va Lotin imperiyasi tarixiga oid manbalar soni u darajada ko’p emas. Shuni qayd etish kerakki to’rtinchi salib yurishida ishtirok etgan yetakchilar o’zlarining harakatlarini oqlashga va asoslashga harakat qilishgan. Bu masalada ikki muhim xronika tuzilgan bo’lib ulardan birinchisi yirik fransuz feodali Shampan marshali Joffrua Vilarduenga (1150-1214) tegishli. Lotin imperiyasida nufuzli lavozimni egallagan bu shaxs 1207 yilda fransuz tilida “Konstantinopolning bosib olinishi” nomli asarini yozadi..
Salibchilarning ko‘pchiligini, asosan, ritsarlar tashkil etib, aksari boy bo‘lmagan xonadonlardan edilar.