3.6.1. Uzunlikka sakrash texnikasi
Sakrash va qo‘nish orasida maksimum masofaga erishish to‘liq texnikasi 7-jadvalda ko‘rsatilgan.
Umumiy texnikasi: Uzunlikka sakrash, tezlik va ko‘tarilishning orasidagi bog‘lanishdir. Tezlashishga yugurish orqali erishiladi, ko‘tarilish esa, kuchli depsinish orqali amalga oshiriladi va qo‘llar bu harakatni muvozanatda ushlab turadi.
Tezlashish: Boshqarib bo‘ladigan tezlik bilan yuguring.
Sakrash: Tovon qismimizni yengilgina ko‘taramiz va sakraymiz. Son qism tepaga va oldinga harakatlanadi. Oyoq kuchli cho‘ziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |