Tamom bo‘lgan jinoyat
|
—
|
muayyan jinoyat tarkibining barcha zarur alomatlarini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy xavfli qilmish.
|
Tamom bo‘lmagan jinoyat
|
—
|
shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yoki jinoyat qilishdan ixtiyoriy ravishda qaytish tufayli oxiriga yetkazilmay qolgan jinoyat.
|
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs
|
—
|
biron-bir davlatning fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs.
|
Xizmat siri
|
—
|
oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga doir ma’lumotlar.
|
Xizmatchi
|
—
|
davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |