Saidova iroda alisherovna natyurmort ishlashda kompozitsiya qonun qoidalarining ilmiy ahamiyati



Download 2,95 Mb.
bet19/20
Sana01.06.2023
Hajmi2,95 Mb.
#947372
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ИРОДА .Маг.Дисс.

a) Agar predmet orqa planga o’tishi lozim bo’lsa, toza yuvilgan mo’yqalamni xo’llab (toza suvda) ranglar yumshatiladi va qarabsizki predmet orqa planga chekinadi.
b) Agar predmet kuchsiz tonda ishlangan bo’lsa, joylashishiga nisbatan yorqin rang olmagan bo’lsa, unga rang berib va kontur chiziqlarini aniq, ifodalab kerakli planga olib o’tish mumkin. Akvarel bilan ishlashda mahorat faqat predmetlarning shaklini ko’rsatish bilangina qo’lga kiritilmaydi, balki ranglarni to’g’ri tanlay bilish, ularning mutanosibligi, o’zaro uyg’unlashuviga mo’yqalamni ustalik bilan ishlatish natijasida erishish mumkin. Agar bo’yok; yaxshi aralashtirilgan bo’lsa va mo’yqalamda yaxshi ushlanib tursa, qog’ozda kerakli rang o’z ifodasini topadi. Agar mo’yqalam suyuq bo’yoq bilan yaxshi xo’llanmagan bo’lsa, qog’ozning oralig’ida rang tegmagan quruq joylar paydo bo’lib qolishi mumkin.
Predmetlarning yoritilgan joyi nisbatan aniq konturga ega. Uzoq planda va soyada esa ton va rang qarama-qarshiligi aniq emas, shuningdek, shakllar esa aniq ko’zga tashlanmaydi. Bunday predmetlar umumlashtirib tasvirlanadi. Bunday vaqtda yaxshisi xo’l qog’ozga ishlash texnikasidan foydalangan ma’qul. Ish boshlashdan oldin qog’oz bir tekisda paxta, yumshok latta yoki katta hajmdagi mo’yqalam yordamida xo’llab olinadi. Bir-ikki daqiqadan so’ng qog’oz namlikni o’ziga tortib quriy boshlaydi. Endi ishni boshlash mumkin. Bo’yoqlar nam qog’ozga yotqizilishi hamon tarqab ketadi va bir-biri bilan uyg’unlashib ketadi, ularning orasida ko’zga ko’rinmaydigan nozik «o’tish yo’llari» paydo bo’ladi. Xo’l qog’ozda ishlash shunisi bilan alohida ajralib turadiki, bunda tasvirchi tasvirning yumshoqligiga, ifodaning yorqinligiga oson erisha oladi. Akvarel bo’yoqlar bilan ishlashda nur-soyalarni xaddan tashqari «yalab» yuborish yaramaydi. Ba’zan nurlarning bir-biridan chegaralanib turishi o’ziga xos ravishda rang o’yinini paydo qiladi. Bu tasvirni akvarslga xosligini yaqqol namoyon qiladi.
Akvarel ishlashda, shu jumladan natyurmort qo’yilmasini tasvirlashda keragidan ortiq darajada namlangan qog’ozda ishlash ham bir qator murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Haddan tashqari xo’llangan bo’yoq dog’i qurigandan keyin atrofida aniq kontur paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun bunday dog’larni qurimay turib yumshatish maqsadga muvofiqdir. Agar etyud ko’ngildagidek chiqmasa, kirlanish yoki ranglarning yorqinligiga erishilmasa, ishning xohlagan bosqichida paxta, yumshoq latta yoki gubka yordamida bo’yoqni yuvib tashlash mumkin. Bo’yoqni ramkaga yaxshi yopishtirilgan, akvarelga moslashtirilgan vatman qog’ozdan yuvib tashlash mumkin. Akvarel bo’yoqlar yordamida ilk marotaba bajarilgan ishlarning aksariyati quruq chaplangan bo’yoqlardan iborat bo’ladi va ularda ranglar uyg’unlashuvi unchalik yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Bu kamchiliklar tabiiy bo’lib, ulardan aslo cho’chimaslik lozim. Shuni esda tutish lozimki, hamma rassomlar ham bu mashaqqatli yo’lni bosib o’tishgan va shundan keyingina chaqqon harakatlar bilan asar yaratishga muvaffaq bo’lishgan. O’quv qo’yilmalarini tasvirlashda ma’lum tasviriy malakalarga ega bo’lingandan keyin xususiyati va qo’llanish texnologiyasiga nisbatan murakkabroq bo’yoqlar bilan ishlashga o’tish mumkin. Bunday badiiy materiallardan biri guash bo’yog’idir.
Guash akvarel bo’yog’i kabi suvda eriydigan bo’yoqlar turkumiga kiradi va boshqa bo’yoqlardan o’z xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Guash so’zi frantsuzcha bo’lib, suv bo’yog’i degan ma’noni anglatadi. Guashli bo’yoqlar suv yordamida oson aralashtirilsa ham qog’ozga yaxshi yopishish xususiyatiga egadir. Bundan tashqari bu bo’yoqlar ranglarni qoplash xususiyatiga ham ega. Hamma ranglarda belila (oq. rang) mavjud bo’lib, ularning tarkibiga to’ldiruvchi sifatida kiradi. Shu sababdan guash yordamida ishlangan asarlar barxatsimon tovlanib turadi. Guashning tarkibiga kamedi, dekstrin, yumshatuvchi va saqlovchi moddalar ham kiradi. Shuning uchun ham tasviriy va amaliy san’at yo’nalishidagi ta’lim muassasalarida natyurmort (natura)ni guash bo’yoqlarida ishlash amaliyoti keng qo’llaniladi. Xususan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bu texnika keng qo’llaniladi.
Rassomlar guashdan qog’ozga, kartonga, fanerga va qalin to’qilgan matoga asar yaratishda foydalanadilar. Guashdan foydalanganda qiyinchilik shundan iboratki, guash qurigandan keyin ochiq tusga kiradi, ya’ni xo’l holatda berilgan rang ochlashadi. Shu sababdan kerakli ton va rangni oldindan aniqlashda qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Rossiya va O’rta Osiyo davlatlarida guashdan foydalanish XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida keng tus oldi. Rus rassomlari V.A.Serov, A.N.Golovin, S.V.Ivanovlar katta san’at asarlarini guashdan foydalanib yaratgan. Guash bo’yoqlaridan plakatlar, teatr dekoratsiyalarining eskizi va boshqa ishlarni bajarishda ham foydalaniladi.
Natyurmort birinchi navbatda mavzu, mazmun, g’oyalarni o’zida mujassam etishi kerak. Natyurmortda tasvirlangan obyektlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:

  • Tabiiy predmetlar (gullar, mevalar, sabzavotlar, turli ozik;-ovqatlar, baliq va xyukazo);

  • Inson qo’li bilan yaratilgan buyumlar.

Natyurmortning tabiiy ob’ektlarining xususiyatlari shundaki, ularni umri qisqa bo’ladi. Odatda ular asosan tabiatga tegishlidir. Masalan, tabiiy muhitdan uzib olingan gullar. Ular tez so’liydi, meva ayniydi, so’yilgan qovun yoki tarvuz ham tez ayniydi. Rangtasvirning natyurmort janrining tarovati o’zgaruvchanlikka o’zgarmas xususiyatlarni baxsh etish, vaqt ustida g’olib bo’lib umri qisqa narsalarga abadiylikni hadya etishdir. Bu xususiyatlar insonni natyurmort asarlarini falsafiy mushohada etishga undaydi.
Inson yaratgan buyumlar odatdan uzoq muddat saqlanadigan materiallardan yasaladi. Masalan, temir, yog’och, sopol, shisha va h.k. Yasalgan narsalar ko’pincha insonning fe’l-atvori, faoliyatini bildiradi, rasmga ijtimoiy mazmun kiritadi, mehnat va ijodga joy beradi. Lekin tabiiy va yasama narsalar qanchalik farq qilmasin, ularni aynan natyurmort birlashtiradi. Ularni birlashtiradigan asosiy ko’rsatgich - insonga qilgan ta’siri, qoldirilgan taassurotlaridadir. Buyumlar xilma-xilligi natyurmortning imkoniyatlarini kengaytiradi. Rangtasvirda natyurmort boshqa janrlarda ham keng qo’llaniladi. Ular muayyan janrni mazmun jihatidan to’laqonli bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, portret, peyzaj, tematik kartinalar, inter’er tasviri, ularda natyurmort elementlarini mavjudligi asar mazmunida yangicha munosabatlarni yuzaga keltiradi.
Shu bilan birgalikda natyurmortga naqqoshlik (naqshinkor lagan, piyola, patnis va h.k.) kichik haykaltaroshlik (byust, haykalcha, naqshinkor vaza) va boshqa elementlarni ham kiritish mumkin. Ko’zgu tasviri esa boy tasvirli, fazoviy, sermazmun effektlarni beradi. Ushbu xususiyatlardan tashqari, buyumlarning mazmun va mohiyatiga ko’ra o’ziga xosligi mavjud. Bu esa juda ham muhim, chunki uni inobatga olmasdan natyurmort va uning imkoniyatlarini tushunib bo’lmaydi. Ma’no, mazmunni tushunib yetish uchun buyumlarni ramziy ma’nolarini hisobga olish kerak, chunki u natyurmortning xarakteriga (lirik, intim, tantanali...) ta’sir qiladi hamda u yoki bu ishga individuallik xususiyatlarini beradi. Tashqi dunyoni anglash, idrok etish va bilmoqlikning uch pog’onasi mavjud, ya’ni ko’rmoq, bilmoq, bajara (yarata) olmoq. U insonga oddiy kuzatuvdan umumlashtirishga, undan amaliyotga o’tish imkonini beradi.
Shunday fikrlar borki, kompozitsiya bu alohida mavjud bo’lgan erkin ijodning ajrab turadigan bo’lagidir, lekin uni ustida ishlash naturani tushunib yetmoq bilan bevosita bog’liq va u naturani butunligicha, badiiy, demak kompozitsion tarafini ko’rish qobiliyatini o’sishidan boshlanadi. Bo’lajak asarni tasavvur qilish ko’p hollarda naturada aynan biron narsani payqash va unga qiziqish, uni o’zlashtirishga bog’liq. Shuning uchun ham talabalar, o’quvchilarga natura, tasvir ob’ekta sifatida taqdim etilayotgan natyurmortning tarkibiy elementlarini yaxlit kompozitsiyaga bo’ysunishini ta’minlash muhim ta’limiy ahamiyatga molik. Natura bilan ishlanganda eng muhimi, ramkaga tushirishdan avval bironta chizig’i berilishidan oldin bu tasavvur dastlab rassomning xayolida paydo bo’lishi kerak. Motiv nuqtai nazar tanlash, gorizont chizig’ini aniqlash, format o’rnatish - bularning hammasi tematik kartinada bir necha eskizlar ishlash yo’li bilan kompozitsiya variantini izlash kabi ijodiy jarayondir. Rassom tomonidan kompozitsiya negizini payqash, hic qilish, uni seza bilish bu bo’lajak asarni keng doirada tushunib yetish demakdir.
Bu fikr aslida natyurmort kompozitsiyasini tuzishning barcha ijodiy bosqichlariga tegishlidir. Ba’zan kompozitsiya tanlashning oson yo’li «vidoiskatel’» deb ataluvchi «tuynukcha» - kichkina (gugurt q/utisi bilan teng) ramka ishlatiladi. Ushbu ramka orqali kompozitsiya holati aniqlanadi va uni qrg’ozga yoki xolstga to’g’ri joylashtirish kafolatlanadi. Bu usuldan, ayniqsa, talabalar keng foydalanishlari tavsiya etiladi. Kompozitsiya nafaqat ishning boshida qo’yiladi, balki keyinchalik ham to’g’rilanib, takomillashtiriladi. Ko’pincha eskizlar chizilgan materiallar asosiy asarlar chiziladigan materiallardan farq qiladi. Ko’p hollarda dastlabki ish asosiy ish uchun yaratiladi. Ba’zan dastlabki mo’ljal oddiy chiziqlar va shtrixlar bilan yaratiladi. Lekin dastlabki kompozitsion xomaki tasvirlar uchun chizgilar kamlik qiladi. Eskiz asosida koloristik tizimni boshqalardan oldin seza bilmoq uchun juda katta qobiliyat zarurdir. Natyurmortning mustaqil joylashuvi kompozitsion fikrlash doirasini kengaytiradi va tasodifan qo’yilgan predmetlar kompozitsiyasini yaratilishiga yordam beradi. Shu bilan birgalikda predmetlarni solishtirganda o’xshash shakllarning hamohangligini izlash lozim va albatta, tasviriy shakl va mazmun jihatidan hamohangligiga erishish borasida muntazam tarzda mashg’ulot o’tkazilishi lozim. Biz mazmunni anglatadigan badiiy usullar go’zalligi bilan zavqlanamiz, lekin uning siri nimadaligini bilishga urinmaymiz. Faqatgina keyinchalik ko’zdan kechirganda obraz tuzilishi kompozitsion o’zaro moslashganligi va yaxlitligini anglab yetamiz.
O’sha mo’ljal yaxlitligi, qo’shib ham, kamaytirib ham bo’lmaydigan holat, rassomlarning har xil uslublariga qaramay, ularni birlashtiradigan belgi bo’lib qoladi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, qisqa muddatli rasm, etyudlar ishlash bo’lajak rassomning kasbiy shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi, bu mashqlar pirovard natijada yaxlit kompozitsiyaga asoslangan badiiy yuksak saviyadagi san’at asarini yaratish uchun metodik zamin bo’ladi. Yaxlitlik, butlik hissi - bu ijodkor uchun birinchi darajali va zarur sifatdir. U nafaqat tasviriy san’at asari uchun, balki umuman san’atda yuksak g’oyalarni o’zida aks ettiradi. Shuning uchun ham natura maxsus mashg’ulotlar tizimida uzoq, muddat o’rganiladi.
Talabalar bilan natyurmort (postanovka) kompozitsiyasi ustida ishlash jarayonini kuzatish, o’tkazgan tajribamiz shuni ko’rsatdiki, bu jarayonni kompozitsiya sxemasi ustidagi izlanishlardan boshlash maqsadga muvofiq. Bu jarayon berilgan mavzuga mos buyumlarni tanlashdan boshlanadi.
Talabalar tomonidan bajarilgan kichik hajmdagi xomaki nusxalar o’qituvchi tomonidan ma’qullandi, lekin talabalarga natyurmort postonovkasidan foydalanilgan holda kompozitsiya ustida ishlash taklifi berildi. Shu joyda muammoga duch kelindi. Buyumlarni tanlash imkoniyati cheklanib qoldi, aynan bir necha buyumni o’zidan ko’plab variantlarda ishlash qiyinchilik tug’diradi. Natura materialini o’rganish asosida oxirgi xomaki nusxa varianti hosil qilindi. Yorug’likni, koloritni o’zgartirgan holda buyumlarni alohida-alohida, turli rang gammasida ko’plab etyudlari bajarish natyurmort kompozitsiyasini topishning muhim shartidir. Xomaki nusxa ustida ishlaganda kichik hajmda bo’lsa ham tasvirga aniq bir o’zgartirishlar kiritishga harakat qilish maqsadga muvofiq, chunki u buyumlarni asliga qarab ishlash ijodkorning o’ziga ishonch bag’ishlaydi.
Natyurmort kompozitsiyasini aniqlashda postanovkaga qo’shimcha tarzda nimanidir qo’shish yoki aksincha olib tashlash, siljitish, o’rnini almashtirish operatsiyasi kompozitsiyaning oxirgi tugal ko’rinishini aniqlashning vositalaridan biridir. Tajribalarimiz yosh rassomlarga natyurmort kompozitsiyasi ustida ishlashni o’ziga xos tomonlariga to’xtalib, xar bir postanovkada buyumlarni muayyan bir mazmun asosida birlashtirishni va asarimizda keraksiz, ortiqcha detallarni bo’lmasligi, shu bilan birga arzimas ko’ringan bir detal katta mazmun kashf etishini tushuntirish imkonini berdi. Badiiy asar yaratish yo’lidagi asosiy ishlardan biri o’lcham (format) tanlashdir. Uni tanlash esa rassom g’oyasiga bog’liq bo’ladi. Tajribalar asosida ayrim xulosalar qilish mumkin.
To’g’ri to’rt burchakli o’lcham kompozitsiya haqida mukammallik va statiklik tasavvurini uyg’otadi. Eniga keng, gorizontal holatdagi o’lchamlardan esa ochiq havoga mo’ljallangan tasvirlarni ishlashda foydalaniladi. Bo’yiga baland, tik, vertikal formatlar ulug’vorlik va mahobatlilik taassurotini uyg’otishda qullaniladi, biroq eniga nisbatan bo’yi ancha baland yoki bo’yiga nisbatan eni ensiz holat esa fragment ko’rinishini beradi. Shuning uchun ham natyurmort kompozitsiyasi ustida ishlaganda kompozitsiyaga bejirim ritm va muvozanat berishga intilgan holda asarni mazmuniga mos o’lchamlar topishga harakat qilish kerak.
Natyurmort kompozitsiyasini tuzishning yana bir muhim jihati guruh talabalarining tayyorgarlik darajasiga muvofiq tarzda qo’yilma tanlashdir. Masalan, naturami chizish malakalarining dastlabki elementlarini o’zlashtirayotgan talabalar uchun rang va shakl jihatidan murakkab buyumlarni o’rnatish metodik xatodir. Shu bois naturaning bosh didaktik talabi - ta’limiy maqsad birinchi galdagi talabdir. Talabalarning tasviriy malakalari, ijodiy faolliklarini oshirishda rassomlarning asarlari reproduktsiyalarini o’rganish va tahlil etish, ularning rassomlik asarlarini o’rganish sirlaridan voqif bo’lish o’ziga xos maktab vazifasini o’taydi. Rangtasvirning natyurmort janrining tarovati o’zgaruvchanlikka o’zgarmas xususiyatlarni baxsh etish, vaqt ustida g’olib bo’lib umri qisqa narsalarga abadiylikni hadya etishdir. Bu xususiyatlar insonni natyurmort asarlarini falsafiy mushohada etishga undaydi.
Inson yaratgan buyumlar odatdan uzoq muddat saqlanadigan materiallardan yasaladi. Masalan, temir, yog’och, sopol, shisha va h.k. Yasalgan narsalar ko’pincha insonning fe’l-atvori, faoliyatini bildiradi, rasmga ijtimoiy mazmun kiritadi, mehnat va ijodga joy beradi. Lekin tabiiy va yasama narsalar qanchalik farq qilmasin, ularni aynan natyurmort birlashtiradi. Ularni birlashtiradigan asosiy ko’rsatgich - insonga qilgan ta’siri, qoldirilgan taassurotlaridadir. Buyumlar xilma-xilligi natyurmortning imkoniyatlarini kengaytiradi. Rangtasvirda natyurmort boshqa janrlarda ham keng qo’llaniladi. Ular muayyan janrni mazmun jihatidan to’laqonli bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, portret, peyzaj, tematik kartinalar, inter’er tasviri, ularda natyurmort elementlarini mavjudligi asar mazmunida yangicha munosabatlarni yuzaga keltiradi.
Shu bilan birgalikda natyurmortga naqqoshlik (naqshinkor lagan, piyola, patnis va h.k.) kichik haykaltaroshlik (byust, haykalcha, naqshinkor vaza) va boshqa elementlarni ham kiritish mumkin. Ko’zgu tasviri esa boy tasvirli, fazoviy, sermazmun effektlarni beradi.
Ushbu xususiyatlardan tashqari, buyumlarning mazmun va mohiyatiga ko’ra o’ziga xosligi mavjud. Bu esa juda ham muhim, chunki uni inobatga olmasdan natyurmort va uning imkoniyatlarini tushunib bo’lmaydi. Ma’no, mazmunni tushunib yetish uchun buyumlarni ramziy ma’nolarini hisobga olish kerak, chunki u natyurmortning xarakteriga (lirik, intim, tantanali...) ta’sir qiladi hamda u yoki bu ishga individuallik xususiyatlarini beradi.
Tashqi dunyoni anglash, idrok etish va bilmoqlikning uch pog’onasi mavjud, ya’ni ko’rmoq, bilmoq, bajara (yarata) olmoq. U insonga oddiy kuzatuvdan umumlashtirishga, undan amaliyotga o’tish imkonini beradi.
Shunday fikrlar borki, kompozitsiya bu alohida mavjud bo’lgan erkin ijodning ajrab turadigan bo’lagidir, lekin uni ustida ishlash naturani tushunib yetmoq bilan bevosita bog’liq va u naturani butunligicha, badiiy, demak kompozitsion tarafini ko’rish qobiliyatini o’sishidan boshlanadi. Bo’lajak asarni tasavvur qilish ko’p hollarda naturada aynan biron narsani payqash va unga qiziqish, uni o’zlashtirishga bog’liq. SHuning uchun ham talabalar, o’quvchilarga natura, tasvir ob’ekta sifatida taqdim etilayotgan natyurmortning tarkibiy elementlarini yaxlit kompozitsiyaga bo’ysunishini ta’minlash muhim ta’limiy ahamiyatga molik.
HULOSA
Natyurmort janrining shakllanishi va rivojlanishidagi eng muhim bosqichlarni ko'rib chiqib, rus natyurmo’rtchi rasso’mlar maktabi shuningdek, natyurmo’rtni akademik mavzu sifatida tahlil qilib, biz turli xil tarixiy davrlardagi rassomlarning vazifalarini tushunishgan degan xulosaga keldik. turli yo'llar bilan natyurmo’rt. Va o'z davrining estetik ideallariga, shuningdek, badiiy materiallarning vizual va ifodali imkoniyatlarini bilish va o'zlashtirish darajasiga qarab, ular o'z zamondoshlarining tasvirlarini, ko'pincha turli xil assotsiatsiyalarga asoslangan mavjud o'xshashlik tushunchalariga tayangan holda etkazishdi.
Faylasuf va psixologlar o‘z pozitsiyalaridan badiiy bilimning mohiyati va o‘ziga xosligi masalasini har tomonlama tahlil qildilar. Natyurmo’rt tasviri - bu ma'lum bir estetik dunyoqarash nuqtai nazaridan tabiatni badiiy bilish va obrazli ko'rsatishning shunday o'ziga xos shakli bo'lib, uning odamlarga tarbiyaviy va axloqiy ta'sirini belgilaydi. Binobarin, rassom-pedagogning kasbiy rivojlanishi uning voqelikni bilish va uni natyurmo’rt tasvirlarida aks ettirishdagi umumiy yuksalishiga mos keladi, bu faqat tabiatning ob'ektiv qonuniyatlarini o'rganish va uni aks ettirish haqidagi ilmiy bilimlarni tushunish mumkin.
Shu munosabat bilan biz natyurmo’rt san'ati pedagogikasini tizimli yondashuv nuqtai nazaridan o'quvchilarning ijro etuvchi funktsiyalaridan jadal badiiy va ijodiy rivojlanishiga o'tish imkonini beradigan yaxlit, dinamik rivojlanayotgan tizim sifatida ko'rib chiqdik. Natyurmo’rt san’ati nazariyasidan puxta bilimga ega bo‘lmagan, uni tasviriy gavdalantirish amaliyotiga ega bo‘lmagan rassom-pedagog obrazning badiiy va obrazli asoslarini boshqalarga yetkaza olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, murakkab jarayon va hodisalarni chuqur shaxsiy tahlil qilmasdan akademik rangtasvirning umumiy nazariy tamoyillarini ochishga qaratilgan barcha urinishlar samarasiz bo'ladi. Demak, eng muhim pedagogik muammo natyurmo’rtni o‘rgatish jarayonida nafaqat ma’lum miqdorda ilmiy bilim berish, balki inson ijodiy qobiliyatlarining yashirin zaxiralarini ham faollashtirishdadir. Natyurmort ishlashda hissiy idrok etish (sezish, idrok etish) jarayonlarini, shuningdek, tasvir va tasavvur obrazlarini tahlil qilish rangtasvir jarayonida obrazlilik va analitik tamoyillarning o‘zaro ta’siri dinamikasini ochib berishga imkon berdi. Idrok etilayotgan tasvir rassomning ikkinchi darajali tasvirdagi kabi tasvirida sifat jihatidan o'zgarishini ko'rsatish, bu erda tasvir sxematiklashtiriladi, tasvirlarning kombinatsiyasi va rekombinatsiyasi amalga oshiriladi, bu yangi tasvirlar - tasvirlarni shakllantirish imkoniyatini yaratadi, chegaradan tashqariga chiqadi. idrok etilgan. Shu bilan birga, tasavvur rassom hech qachon bevosita ko'rmagan tabiat obrazini faqat uning sof mantiqiy kontseptsiyasiga asoslanib, bevosita assotsiatsiyalarsiz yaratishi mumkin. Xayolparast rassom sezgi orqali oldingi nazariy tamoyillar va eksperimental ma'lumotlardan bevosita mantiqiy kelib chiqadigan narsadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, tasvirlash va tasavvur qilish natyurmo’rt tasvirini yaratishda zaruriy komponent, shuningdek, natyurmo’rt kompozitsiyasining ifodaliligi va ishonarliligini ko'p jihatdan aniqlaydigan zarur rangtasvir mahoratini egallash jarayonida muhim omil hisoblanadi.
Natyurmort tasvirni shakllantirishda nafaqat o'quvchilar tomonidan ob'ektni to'g'ri idrok etishni tashkil etish, balki umumiy ahamiyatli narsani ko'rish uchun modelni qanday va qanday ketma-ketlikda idrok etish bo'yicha uslubiy yo'nalish berish kerak. yagona, aniq holat. Natyurmo’rtda tasvirni shakllantirish mantig'ini kuzatish mantig'i, ushbu modelni o'xshash turdagi allaqachon ma'lum bo'lgan ob'ektlar bilan taqqoslash, model haqidagi ma'lumotlarni umumlashtirish, shuningdek vazifalarni hal qilish uchun tasviriy va ekspressiv vositalarni aniqlash bilan belgilanadi. Natyurmort tasvirining butun jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki jihatdan – tasvirlanayotgan shaxsning uyg‘un tasviriy qiyofasini shakllantirish va uni muayyan tasviriy kompozitsiyada amalga oshirishdan iborat. Bu jarayonda quyidagi asosiy jihatlar yaqqol namoyon bo‘ladi: kelajak tasviri uchun g‘oyani shakllantirish qobiliyati, tabiatning fazoviy xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish qobiliyati, tasvirning vizual imkoniyatlarini bilish, ahamiyatsiz tafsilotlardan mavhumlash qobiliyati, tasviriy materiallarning aniq fikrga qarab ifodali imkoniyatlaridan foydalanish. Shuning uchun natyurmo’rtda obrazli va mazmunli tamoyillarning shakllanish jarayoni mantiqiy qurish, ilmiy hisoblash, tasavvur qilish, umumlashtirish, shuningdek, estetik baholashni o‘z ichiga oladi, bu esa asosan tasviriy kompozitsiyaning ifodaliligini belgilaydi.
Dissertatsiya matnida tasvirlash jarayonining majoziy va texnik tarkibiy qismini baholashning eng muhim parametrlari, shuningdek, tasviriy natyurmo’rtni baholashning asosiy mezonlari batafsil tavsiflangan va asoslangan bo'lib, ularda bajarilgan vazifalarni to'liq baholash imkonini beradi. tasviriy idrok darajasida, vakillik darajasida, ma'lum bir kompozitsion shaklda texnik timsollash darajasida. Shu bilan birga, pedagogika oliy o‘quv yurtlarining san’atshunoslik fakultetlarida natyurmo’rtli tasviriy asarlarni ijro etish jarayonidagi eng tipik muammolar tasvirlanayotgan narsani hissiy idrok etish va uni maqsadli shakllantirishni tashkil etish bilan bog‘liq psixologik qiyinchiliklar ekanligi aniqlandi.
Natyurmort ishlashda shuni ko'rsatdiki, o'quvchilar tasvirlash jarayonida tasviriy savodxonlik sohasidagi mavjud bilimlardan, shuningdek, shakllangan ko'nikmalardan ijodiy foydalanishda qiynaladilar va shuning uchun ko'pincha analitik muammolarni hal qilish bilan cheklanadilar. ta'limning boshlang'ich bosqichi. Qoidaga ko'ra, talabalar natyurmort ustida keyingi ishlash uchun etarli texnik va tahliliy tayyorgarlikka ega, ammo oddiyroq bo'yash ishlarini bajarish uchun etarli bilim va ko'nikmalar endi majoziy talablarning ortishi tufayli etarli emas. Bularning barchasi rejani amaliy amalga oshirishda to'g'ridan-to'g'ri spekulyativ konturlardagi ba'zi o'zgarishlarni istisno qilmaydi, chunki "texnik jarayon" rejaga o'z tuzatishlarini kiritadi. Shunday qilib, g'oyaning shakllanishi mumkin bo'lgan tasvir vositalarini, unituvalda amalga oshirishning kompozitsion shakllarini tahlil qilish bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshiriladi, bu tasvirlangan modelning tasviriy mohiyatini bilishga bosqichma-bosqich yondashishdir.
Bularning barchasi talabalarga natyurmo’rtni uslubiy jihatdan izchil o'rgatish, talabalarda natyurmo’rt tasvirni shakllantirish, zarur ko'nikmalarni, uni tasvir tekisligida moddiy gavdalantirish ko'nikmalarini o'rgatish, yuqori estetik ehtiyojlarni shakllantirish imkonini beradi.


Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish