3.3. Natyurmort janrida natyurmort tuzish va uni tasvirlash metodikasi.
Natyurmort, ta’kidlab o’tganimizdek, nafaqat rangtasvir janri, balki tasviriy san’at ta’limining barcha bosqichlarida maxsus o’quv mashg’ulotlari sifatida keng qo’llaniladi. Unga shuningdek, professional rassomlar ham tez-tez murojat etib turishadi. Shuning uchun xam tasviriy va amaliy san’atga ixtisoslashgan o’quv muassasalaridagi maxsus fanlar tizimida - rangtasvir va qalamtasvir darelarida natyurmort tuzish va uni tasvirlashga alohida e’tibor qaratiladi.
O’quv mashg’ulotlari sifatida natyurmort qo’yilmalarini tanlashda, tuzishda quyidagi didaktik talablarga amal qilish lozim:
Mavzu tanlash.
Natyurmort mavzusiga mos buyumlar, matolar tanlash.
Buyumlarning shakli, tuzilishi, rang va tuslarini bir-biriga monand joylashtirish.
Narsalarning katta-kichikligi, hajmi, modeli va yoritish xususiyatlariga ijodiy yondashish.
Ayni paytda shuni ta’kidlash lozimki, professional rassomning natyurmort qo’yilmasi bilan o’quv natyurmortlari bir-biridan farq qiladi, ya’ni ijodiy natyurmortdan farqli o’laroq o’quv natyurmorti ta’limiy mazmun va yo’nalish kasb etadi. O’quv natyurmorti talabalarning ob’ektni idrok etish va tasvirlash malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Shu bois bu «operatsiya»ga tanlanadigan buyumlar ham muayyan didaktik talablar asosida tanlab olinadi. Ayniqsa, ta’limning dastlabki bosqichlarida bu omil diqqat markazida bo’lmog’i lozim. Qisqasi, natyurmort tuzish maqsadiga ko’ra o’quv va ijodiy bo’lishi mumkin. O’quv natyurmorti ma’lum dastur talabini o’rganish uchun bajariladi. Natyurmort qo’yilmalarining tarkibiy elementlarini tanlashda birinchi galdagi masala - ularning o’quv fanining didaktik talablariga muvofiqligidir. Unda har bir element (buyum) o’quv maqsadlarida foydalaniladi. Ular ichida natura foni sifatida qo’llaniladigan mato va uning buklama (drapirovka)lari alohida ahamiyatga ega. U ham naturani makondagi holatini konkretlashtirish, ranglar qarama-qarshiligini oydinlashtirish, buyumlar shaklini oydinlashtirishni ta’minlovchi vosita bo’ladi.
Rangtasvir asari buyumlarning barcha xususiyatlari, shakli va rangi, qattiq-yumshoqligi, sirtining yaltiroq yoki xiraligiga qarab tasvirlanadi. Haqqoniy tasvirlangan natyurmort asaridan mevaning mazasi, gullarning hidi kelib turgandek tasavvur hosil qiladi. Bunga erishish uchun rangshunoslik nazariyasini, bo’yoqlarning xususiyatlarini yaxshi bilish, tasvir va natura o’rtasida uyg’unlikni to’g’ri ifodalay olish talab etiladi. Tasviriy san’at ta’limining dastlabki bosqichlarida natyurmort qo’yilmasi 1-2 ta oddiy buyumlardan iborat bo’lishi tavsiya etiladi va odatda ular grizayl usulida ishlanadi. Shuning uchun xlm natyurmortda narsa, buyumlarning yorug’-soya kuchlarini farqlashni o’rganishda, bir xil rangdan foydalanib grizayl usulida bajarish maqsadga muvofiqdir.
Grizayl usulida akvarel, guash, moybo’yoq va boshqa materiallardan foydalanish mumkin. Grizayl uchun odatda to’q ranglar tanlab olinadi. Grizayl usulida natyurmort ishlash quyidagi metodik ketma-ketlikda bajariladi. Qog’oz yuzasida natura kompozitsiya (kompanovka)si aniqlab olingandan so’ng eng yorug’ va eng soya joylari aniq chegarasi belgilab chiqiladi. Bu bosqichning vazifasi, narsaning eng yorqin joyi, soya, yarim soya, refleks, buyumning tushuvchi soyalarini anik, chiziqlar vositasida belgilab olishdan iborat.
Natyurmort ishlashning keyingi bosqichida naturaning rang munosabatlari aniqlanadi. Narsaning asl rang tuslarini toza-yorqin birligi qatlami bo’yaladi. Yuzada har bir buyum shakli mayda bo’laklarsiz umumiy holatda ishlab boriladi. Suvbo’yoq (akvarel) bilan ishlashda oq bo’yoq sifatida qog’ozning o’zidan foydalaniladi.
San’at asarlarining sifatli, to’la hayotiy ma’noga ega bo’lishi rassomning professional mahorati, uning qo’l ostidagi materiallarning imkoniyatini mohirona ishlata bilishga bog’liq. Akvarel - tasviriy san’atning keng tarqalgan shoirona turi. Akvarselni nafis va yoqimli ohanglarga to’la bo’lgan musiqiy asarga x,am o’xshatishadi. Akvarel yordamida osmonning tiniq rangini, undagi momiq bulutlarni va hatto, tumanni ham aks ettirish mumkin. U bizga ona tabiatning lahzaviy hodisalarini ilg’ay olishga imkon yaratadi.
Bundan tashqari, akvarel yordamida keng qamrovga ega bo’lgan yirik asarlar, grafik, monumental asarlar, tabiat manzaralari, natyurmort, portret va murakkab kompozitsiyalar yaratish mumkin. Akvarel bo’yoqlarida grizayl usulida natyurmort ishlash bo’lajak mutaxassisni ijodiy faoliyatga professional tayyorlaydi. Yuqoridagi lirik tavsiflar aynan shu jihatdir. Akvarel yordamida quruq yoki xo’l qog’ozga to’la berib yozish mumkin. Ranglarning holatiga qarab bir necha qavatli texnikadan foydalanib ham ishlash mumkin yoki detallardan umumiylikka, yaxlitlikka intilib va aksincha, umumiylikdan mayda detallarga intilib aralash texnikani tanlash mumkin. Akvarel bo’yoqlari bilan ishlashda shuni esda tutish lozimki, unda buzilgan joyni bo’yab tuzatish imkoniyati yo’q. Chunki ranglarning aniqligi yo’qolishi asarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Nozik did bilan tanlab olingan qog’oz esa asarga yanada nafislik, joziba va ravshanlik baxsh etadi. Ba’zan rassomlar akvarelni boshqa materiallar, guash, tempera, ko’mir bilan birgalikda ishlatishadi. Lekin bunda uning asosiy sifati, ranglarning shaffofligi, tovlanishi, nafisligi, bir so’z bilan aytganda, uni boshqa texnikalardan ajratib turuvchi xususiyati yo’qoladi. Akvarel bilan birinchi bor ishlanganda 3-5 ta rang va ton mutanosibligi bilan ajralib turadigan buyumlar tanlab olinadi. Sodda natyurmortlarda yaxshi natijaga erishmay turib murakkab naturaga o’tish metodik jihatdan noto’g’ri yondashuv.
Akvarel bo’yoqlari bilan ishlaganda iloji boricha oxir-oqibatda yorug’ qolishi kerak bo’lgan joylarni bo’yab tashlamaslikka harakat qilish kerak. Asosiy e’tiborni oldingi va orqa planda joylashgan predmetlar oralig’idagi masofaga qaratish kerak. Natyurmortda predmetlar bir-biridan har xil masofada joylashadi. Yaqinda joylashgan predmetlar uzoqdagiga qaraganda aniq va ravshan ko’rinadi. SHu sababdan ularning chiziqlari va bo’yoqlari aniq bo’lishi lozim. Ikkinchi planda joylashgan predmetlarning chiziqlari esa fon bilan birlashib ketganday ifodalanib, bu bilan oraliqda bo’lgan kenglikni bslgilash mumkin. Orqa plandagi predmetlarni xiralashtirish havo perspektivasi qonuniyatlariga asosan ularning fazodagi o’rnini to’g’ri aks ettirishni ta’minlaydi.
Har xil planda joilashgan predmetlarning rangini kuchaytirish yoki susaytirish q.uyidagicha bajariladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |