Saidkulov nuriddin akramkulovich


Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda milliy va xalqaro huquq normalarning roli



Download 0,66 Mb.
bet13/33
Sana11.01.2017
Hajmi0,66 Mb.
#130
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33

2.2.Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda milliy va xalqaro huquq normalarning roli


Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin qoʻshilgan birinchi xalqaro huquqiy hujjat ham Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidir.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchiligimizning barcha me’yorlarida oʻz ifodasini topgan.

Albatta, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy sohalardagi islohatlarda inson va uning huquqlari oliy qadriyat ekanligi e’tirof etilgan. Bu sohalarda oʻtkazilayotgan islohatlarning asosiy sabablaridan biri fuqarolarning huquq va erkinliklarining yanada ta’minlanishi hamda xalqaro huquq normalariga mos ravishda faoliyat olib borishdir.

Xalqaro me’yorlarni mamlakat miqyosida joriy etishdan oldin, albatta mamlakatning milliy xususiyatlarini ham e’tiborga olish maqsadga muofiqdir. Chunki, milliy va umum e’tirof etgan xalqaro huquq normalari mamlakat fuqarolari shu jumladan, mamlakat yoshlarining huquq va manfaatlariga zid boʻlishi kerak emas.

Milliy va xalqaro huquq normalari yoshlar kamolotida, ularning ma’naviy saviyasida, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlariga kirisha olishida, ta’bir joiz boʻlsa xalqaro aloqalarda faol ishtirok etishidagi oʻrni, benihoya kattadir.

Zotan, har qanday jamiyatning huquqiy kamoloti, yetukligi mamlakat aholisining huquqiy savodxonlik darajasi va huquqiy e’tiqodining yuqoriligi bilan belgilanadi. Shu bois katta yoshdagi aholi bilan bir qatorda, jamiyatning ertasi, kelajagi boʻlgan yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotganligi bejis emas. Yosh avlodni yuqori saviyali, ma’rifatli, zamonaviy dunyoqarash egalari, bir soʻz bilan aytganda barkamol, insonlar etib tarbiyalashda ularning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish benazir ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda milliy huquq normalariga Konstitutsiya asos qilib olingan. Xalqimiz Konstitutsiyadagi demokratik qadriyatlar va ilgʻor gʻoyalar orqali ma’rifiy dunyoni anglayotgan boʻlsa, dunyo Konstitutsiyamiz orqali xalqimizning tabiati va olijonob fazilatlarini anglamoqda. Asosiy qonunda oʻzbekona odamiylik, insonparvarlik, bagʻrikenglik, adolat va sahovatpeshalik xislatlari huquqiy ifodasini topgan.

Bundan tashqari quyidagi qoidalar ulkan ma’naviy-axloqiy ma’no kasb etishi bilan betakror qadriyatlar sifatida nomayon boʻladi: “xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” (46-modda), “har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish imkoniyati kafolatlanadi” (44-modda), “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” (45-modda), “voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida gʻamhoʻrlik qilishga majburdirlar” (66-modda). Ushbu konstitutsiyaviy qoida xalqimiz tabiatiga xos boʻlgan ota-onalar va farzandlar oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibatli munosabatlarni ifodalaydi.

Umuman olganda, yuqoridagi normalar mazmunida oʻzbek xalqining boy ma’naviyati va qadimiy betakror madaniyati, ochiq tabiati aks etgan. Onalarga, ayollarga samimiy hurmat, bolalarni dildan sevish, yetimlarga muruvvat, mehr-shafqatlilik, oila mustahkamligi uchun gʻamxoʻrlik, farzandlar kamoli va sogʻlom hamda barkamol avlod uchun kurashish va boshqalar xalqimizning sahovatini, ulugʻvor salohiyatli, tabiatini namoyon etuvchi fazilatlardir.

1924-yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959-yil 20-noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida koʻzda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro paktda (jumladan, 23 va 24-moddalarida), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib, Bola huquqlari deklaratsiyasida koʻrsatib oʻtilganidek, “bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan boʻlsa, maxsus ravishda muhofaza va gʻamxoʻrlikka, binobarin, tugʻilguncha va tugʻilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj” ekanligini e’tiborga olib, ijtimoiy va huquqiy tamoyillar toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balogʻatga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish toʻgʻrisida deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda ogʻir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uygʻun ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etdilar.

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga muvofiq, har kim bilim olish huquqiga ega. Fuqarolarning bilim olish huquqi ularning millati, irqi, jinsi, oʻtmishi, diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng asosda ona tilida ta’minlanadi. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

Ushbu konstitutsiyaviy qonun Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tamoyillari bilan hamohangdir. Xususan, Deklaratsiyaning 26-moddasi ikkinchi bandida quyidagi satrlar bitilgan: “Ta’lim inson shaxsini toʻla barkamol qilishga … barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar oʻrtasida bir-birini tushunish, bagʻrikenglik va doʻstlikka xizmat qilishi kerak” ligi belgilangan.1 Bilim olishga oid konstitutsiyaviy norma va yuqoridagi Deklaratsiyaning qoidasi Oʻzbekistonda “Ta’lim toʻgʻrisidagi” qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bilan kafolatli tarzda amalga oshirib kelinmoqda.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 80 dan ortiq, Yevropa Kengashi tomonidan - 200 dan ziyod, YUNESKO tomonidan - 70 dan ortiq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan - 50 dan koʻproq; turli mintaqaviy xalqaro tashkilotlar tomonidan ham koʻplab inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi.

Hozirgi kunda hammasi boʻlib, inson huquqlari boʻyicha 1000 ga yaqin xalqaro hujjatlar mavjud. Bu xalqaro hujjatlarda inson huquqlariga oid jahon andozalari belgilab quyilgan va ularning milliy qonunlardan ustuvorligi tamoyili aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan.

Dunyodagi har bir davlatda ham inson huquqlariga oid muayyan qonunchilik tizimi shakllangan. Bu qonunchilikning negizini, avvalambor, Konstitutsiyalar tashkil etadi. Barcha davlatlar Konstitutsiyalarida inson va fuqaro huquqlari va erkinliklariga maxsus boʻlim, boblar ajratilgan. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari joriy qonunlarda oʻz aksini topgan.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz inson huquqlari boʻyicha yuzga yaqin xalqaro hujjatlarga qoʻshildi va ularning talablarini samarali ijro etib kelmoqda.

Xalqaro huquq normalari inson manfaatlari, xohish-irodasidan kelib chiqib, qabul qilingan standartlardir, – deydi Fridrix Ebert jamgʻarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakili Per Teshendorf. – Ularni milliy qonunchiligiga samarali implementatsiya qilgan davlat nafaqat oʻz fuqarolari manfaatlarini yuqori darajada himoyalaydi, balki jahon hamjamiyatida mustahkam oʻrin va nufuzga ega boʻladi. Oʻzbekiston qisqa davr ichida ushbu yoʻnalishda juda koʻplab yutuqlarga erishgani e’tiborga molik.1

Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishdek ulugʻvor va murakkab vazifani hal etish eng avvalo ma’naviyat-ma’rifat, huquqiy ta’lim-tarbiya masalalariga borib taqaladi. Ana shu ma’noda olganda oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyati ma’naviyatini shakllantirish, boshqacha aytganda ozod, oʻz haq-huquqlarini taniydigan, oʻz kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, ayni paytda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan umumiy holda koʻradigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashdan iboratdir.

Sharq buyuk allomalari va ma’rifatparvarlarining qarashlari, xususan, Abu Ali ibn Sino qarashlarida tarbiya jarayoni oʻz ichiga ma’naviy, estetik, aqliy va mehnat tarbiyasini olgan yagona jarayon sifatida talqin etiladi.

Forobiy, Ibn Sino, Abdulla Avloniy kabi allomalarning qarashlarida ma’naviy va huquqiy tarbiya oʻrtasidagi ajralmas bogʻliqlik oʻz ifodasini topgan. Olimlar huquq va axloq yaqindan bogʻlanganligi yoki huquqiy normalar nafaqat tashqi majburiyat va jazolash tizimiga asoslanganligi, balki chuqur axloqiy mazmunni tashkil etuvchi imperativlarni ifodalaydi, degan fikrlarni aytib oʻtadilar. Huquqiy tarbiyaning axloqiy asoslarni shakllantirishda ma’naviy tarbiyaning mazmuni va metodikasi muhim ahamiyat kasb etadi.

E.V.Tatarinsevaning fikricha, koʻpincha huquqiy tarbiya huquqqa qarshi qiziqishlarni yuzaga chiqarishni majburan tiyib turish bilan chegaralanib qoladi. Ammo, jamiyatga qarshi turuvchi maqsadlarning oldini olish huquqiy tarbiya muayyan tartib, ehtiyojlar, qadriyatlar, axloqiy maqsadlarni shakllantirish jarayoni sifatida tashkil etish lozim.1

V.L.Vasilevning fikricha, koʻpincha oʻsmirlik davrida, ayniqsa, kattalar, ota-onalar, oʻqituvchilar bilan boʻlgan munosabatlarda namoyon boʻladigan ziddiyatlilikning kuchayishi xulq-atvordagi oʻzgarishlar bilangina emas, balki oʻsmirning kattalar va tengdoshlari bilan boʻlgan munosabatlarning butun tizimi oʻzgarayotganligi bilan ham izohlanadi. Ilgari bolani kattalar bilan munosabatida “Boʻysunish xulqi” boshqargan boʻlsa, oʻsmirning voyaga yetish hissi oʻtkirlashishi natijasida u “tenglik xulqi”ga almashadi. Kattalarning baholashi va ta’siridan chetlashishga, ulardan holis boʻlishga harakat qilgan oʻsmir ota-onasi, oʻqituvchisiga nisbatan jiddiy tanqidiy munosabatga oʻtadi, ularning kamchiliklarini kuchli darajada qabul qila va xis eta, kattalarning maslahat, fikr va mulohazalarini shubha ostiga ola boshlaydi. Shu tariqa, oilada, maktabda, koʻchada, jamoat joylarida oʻsmirlar va kattalar orasida keskin nizo va janjallari kelib chiqishi uchun yetarli bahonalar paydo boʻladi.1 Bu muammoni yechish uchun umumta’lim muassasalarining ta’lim dasturiga “Davlat va huquq asoslari”, “Huquqshunoslik” va “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” kabi oʻquv kurslari kiritilgan. Ularni oʻrganish asosida oʻquvchilar huquq me’yorlari boʻyicha zaruriy bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta’minlanganda chinakkam huquqiy fuqarolik jamiyati boʻladi. Har bir kishi oʻz huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi, oʻz huquqlari va erkinliklarini himoya qila olishi lozim. Buning uchun avvalo, mamlakatimiz aholisining huquqiy madaniyatini oshirish zarur.

Jamiyat va davlat ijtimoiy faol va qonunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalashdan manfaatdordir. Davlat jamiyat madaniy hayotining tarkibiy qismi boʻlmish huquqiy madaniyat toʻgʻrisida alohida gʻamxoʻrlik qiladi.

Huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur boʻladigan davlat standartlaridan kam boʻlmagan hajmda olish imkoniyatini berishdan iboratdir.

Tarbiyaviy va oʻquv ishlari shaxsning xuquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab yetishga qadar oshirishga yoʻnaltirilishi lozim.

Huquqiy ta’lim uzluksiz boʻlib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor boʻlishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar toʻgʻrisida boshlangʻich tushunchalar olishi, kelgusida oʻquv davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur.

Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash, har kimga oʻzining huquqiy bilimlarini oshirish uchun real sharoit yaratish fuqarolarga oʻz huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi.

Huquqiy tarbiyaning oʻtmishdan qolgan faqat bir tomonlama axborot berish – ma’rifatchilikka yoʻnaltirilganligini bartaraf etib, uni qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish vazifalari bilan uzviyroq bogʻlash zarur.

Shuni mutassil nazarda tutish kerakki, huquqiy tarbiya insonlarni huquq, qonuniylik ruhida tarbiyalash, huquqiy ma’rifat, qonunga hamda huquqqa nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish bilan cheklanib qolmay, balki shasning ijtimoiy-huquqiy faolligida, uning huquqiy madaniyatida oʻzining tugal ifodasini topadi.




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish