- Axborot xavfsizligi sohasidagi me’yoriy huquqiy ba’zani yanada takomillashtirish; - Foydalanuvchilarning shaxsiy xatini himoya hilish va ularning xavfsizligini ta’minlash. Bu esa talabalarga ta’lim – tarbiya berish jarayonida bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ma’lumki, nafaqat bizning davlatimizda, balki butun dunyo miqyosida axborot kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi bilan axborot texnologiyalaridan foydalanib davlatlar va insonlar xavfsizligiga, ularning ruhiy– psixologik va jismoniy sogʻlom oʻsishlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan turli jinoiy hatti-harakatlar sodir etish holatlarini xavfi ortib bormoqda. -Butunjahon internet toʻri dunyo axborot makonining ajralmas muhim boʻgʻiniga aylanib boʻldi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmoqlari orqali balki kosmik aloqa yoʻldoshlari, planshet, kabel televideniyasi, radiosignallar, uyali aloqa vositalari orqali ham foydalanish mumkin. Bugungi kunda dunyoda 1 milliard 250 million kishini u yoki bu darajada undan foydalanishi buni tasdiqlab turibdi. Internetning rivojlanishi, u beradigoan imkoniyatlar oʻziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. Ma’lumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga mustahkam bogʻlanib boʻlgan. Manfaatdor ijtimoiy-siyosiy kuchlar internetdan gʻaraz maqsadlarda ham ustalik bilan foydalanayotganini ta’kidlash lozim. Aksariyat internetdan foydalanuvchilar oʻzlari uchun kerakli ma’lumotlarni aniq belgilingan saytlardan emas balki ommaviy qidiruv saytlari orqali topishmoqda. Masalan, Online Computer Library Center notijorat tashkilotining ma’lumotlariga koʻra 83 foizga yaqin kollej va oliy oʻquv yurtlarining talabalari kerakli ma’lumotlarni ommaviy qidiruv saytlari orqali topishga harakat qilishadi. Faqat 2 foiz foydalanuvchilargina, Axborot resurs markazlari va turli kitob fondlariga murojaat qilishadi. Abduvohid Ochildievning ma’lumotlariga koʻra, oʻz – oʻzini oʻldirishning oson yoʻlini targʻib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmundagi 4 mingdan ziyod saytlar mavjud. Mutaxassislar oʻtkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini koʻrsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmogʻidagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya’ni kompyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo boʻlishiga toʻsiq qoʻya oladi. Shuning uchun talaba yoshlar orasida kompyuterdan foydalanish madaniyatini rivojlantirish va shakllantirish talab etiladi. Mana shunday tahlikali bir paytda yoshlar ongini turli zararli va yot gʻoyalardan saqlash eng usuvor vazifalardan biridir. Yoshlar ma’naviyatini yanada shakllantirish uchun OAV va internetdan toʻgʻri foydalanish talab etiladi. Ulardan toʻgʻri foydalangan holatdagina biz yoshlardan, ularning ma’vaviy olamidan eng ezgu oʻy va gʻoyalar hamda ulkan marralarni hech ikkilanmasdan kutish mumkin.