Saidkulov nuriddin akramkulovich



Download 0,66 Mb.
bet25/33
Sana06.02.2022
Hajmi0,66 Mb.
#433427
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
Saidkulov nuriddin akramkulovich

X U L O S A


Mamlakatimizda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash hamda jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatimiz ma’naviy hayotida amal qilayotgan milliy mafkuraning bosh gʻoyasida shaxs va millatning ozod va erkin yashashi, Vatan ravnaqi yoʻlida ulardagi barcha imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, orzu-intilishlarini amalga oshirishdek ulugʻ maqsadlar mujassamlashgan. Aynan ushbu vazifalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy-huquqiy sohalardagi ijtimoiy-siyosiy institutlarning oʻrni va roli muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiyki, shaxs, millat va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish oʻzining milliy-gʻoyaviy asoslariga ega. Ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyati asosida milliy gʻoyaga tayangan xolda institutlar faoliyatida milliy an’ana va qadriyatlarni rivojlantirishning quyidagi negizlari mavjud:
1) Milliy madaniy meros va qadriyatlarni saqlash, yangi madaniyat namunalarini yaratish ishini ragʻbatlantirish.
2) milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda jamiyat a’zolarini ijtimoiy faolligini oshirish, faol yoshlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish, hozirda amal qilayotgan ta’lim jarayoni bilan uzviy holda samarali va ta’sirchan tarbiya vositalaridan foydalanish, jamiyat ma’naviy hayotini yanada yuksaltirish, undagi ilgʻor usullarni saqlab qolgan holda, dunyodagi ilgʻor texnologiyalar bilan boyitishni taqozo etadi. Va yuqoridagilarni inobatga olgan holda, yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirishda milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarning bir soʻz bilan aytganda, milliy ma’naviy va madaniy meroslarning oʻrni katta, ularning tub mohiyatini teran anglash, yoshlar ma’naviy dunyosining goʻzal boʻlishiga xizmat qiladi.
Shu maqsadda Toshkent viloyati Zangiota Tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji va Toshkent shahar Yunusobod Mashinasozlik kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrov jarayonida ma’lum boʻldiki, “Oilangizda oʻzbek xalqi tarixi va uning milliy qadriyatlari toʻgʻrisida suhbat olib borasizlarmi?” degan savolga 24,3 % oʻquvchi yoshlar oilasida oʻzbek xalqi tarixi va uning milliy qadriyatlari toʻgʻrisida suhbat olib borilishi aniqlandi. 48,6 % oʻquvchi yoshlar oilasida bunday mavzudagi suhbatlar ba’zi vaqtlarda, 13,5 % oʻquvchi yoshlar oilasida umuman olib borilmasligi, yana shuncha foiz oʻquvchi yoshlar ayta olishi qiyin ekanligi aniqlandi.1
Bundan tashqari, “Siz barkamol inson boʻlib yetishishingizga ishonasizmi?” degan savolga, 72,9 % oʻquvchi yoshlar barkamol inson boʻlib yetishishiga ishonishi, 10,8 % oʻquvchi yoshlar esa shubhasiz toʻliq ishonishi, 10,8 % oʻquvchi yoshlar qisman ishonishi, 5,4 % esa, ishonmasligi aniqlandi.2 Demak, yuqoridagi natijalardan aniq boʻladiki, yoshlar oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy va tarbiyabiy ishlar yanada samarali va koʻp olib borilishi talab etiladi.
Shuningdek, bugungi kunda barkamol avlod, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishdan asosiy maqsad xalqaro miqyosda tobora avj olib borayotgan, shaxsning jamiyat hayotida faollashuviga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi, buzgʻunchi yovuz gʻoyalarga tayangan omillarga qarshi kurash, ularni bartaraf etishdek oʻta murakkab va mashaqqatli vazifalarni bajarish zarur. Yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish jarayoni ketayotgan bir paytda, ularning ongini puch gʻoyalar bilan toʻldirishga, oʻy-fikrlarini buzgʻunchi narsalarga band qilishga urinishlar ham bolayotganligini e’tirof etish mumkin. Buzgʻunchi gʻoyalarni targʻib qilishning asosiy quroli sifatida OAV xossatan, internet tarmoqlari tanlanmoqda. Internetning foydali tarafidan farqli oʻlaroq, salbiy oqibatlaridan oʻquvchi yoshlar qay darajada xabardor ekanliklarini bilish maqsadida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovda quyidagi natijalar aniqlandi. 52,7 % oʻquvchi yoshlar internetning salbiy oqibatlari borligini, 33,3 % oʻquvchi yoshlar biroz, 13,8 % esa internetning salbiy oqibatlari yoʻqligini aytishdi. Bundan shu narsa, ma’lumki, hali aksariyat oʻquvchi yoshlar internetning salbiy oqibatlari haqida xabardor emas.3
Yuksak ma’naviyatni shakllantirishda, yosh avlodni erkin, mustaqil fikrlashi, hayot voqealigini toʻgʻri tahlil qila olish va baholay olish kabi koʻnikmalarni qaror topishida ijtimoiy-siyosiy institutlar muhim oʻrin egallaydi. Hozirda, gʻarbdan bizga kirib kelayotgan, shaxs tomonidan mavjud ijtimoiy voqealikni tanqidiy asosda tahlil qilish, fikrlash tamoyiliga e’tibor kuchaymoqda. Yot gʻoya, axborot hurujlari ma’naviy tahdidlar, ommaviy madaniyat, shu orqali bizdagi mavjud sharqona ma’naviy qadriyatlarni sindirib, ularning oʻrniga oʻzlarining tafakkur tarzini va shu orqali turmush tarzini olib kirishga intilmoqdalar.
Aholining turli qatlamlari, ayrim olingan shaxs va ijtimoiy guruhlar muayyan nodavlat notijoriy tashkilotlari orqali oʻzlarining turli ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va boshqa manfaatlarini amalga oshirib borib, jamiyatni boshqarishda faol qatnashadi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati bilan emas, balki milliy gʻoyaning umuminsoniy negizi boʻlgan qonun ustuvorligiga asoslangan holda ijtimoiy munosabatlar shakllantirib boradi. Ana shunday boshqaruv mexanizmiga asoslangan davlat va jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyili yanada toʻlaroq amal qilish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Siyosiy ong va madaniyatni shakllantirishda mamlakatimiz ijtimoiy hayotda faoliyat koʻrsatayotgan ijtimoiy-siyosiy institutlar mafkuraviy jarayonlarda ham va shu orqali ijtimoiy faol yoshlar ishtirok etayotganligini bildiradi, oʻziga xos mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun ham “Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kengashi bu boradagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirib borishi, Inson huquqlari milliy markazi, Ma’rifatparvarlar jamiyati, Oila markazi, Ijtimoiy fikr markazi kabi tashkilotlar oʻz faoliyatini milliy istiqlol mafkurasi bilan uygʻun holda tashkil etishi maqsadga muvofiqdir” deyiladi. Shuningdek, milliy gʻoya va milliy istiqlol mafkurasini joriy etishga moddiy, ma’naviy va mafkuraviy jihatdan koʻmak beradigan “Kamolot” YIH, Siyosiy partiyalar, Kasaba uyushmalari, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar jamiyati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, “Sogʻlom avlod”, “Oltin meros”, “Amir Temur”, “Imom Buxoriy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, ijtimoiy-siyosiy institutlar va boshqa jamoat tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu yoshlarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Yuqorida bayon qilingan fikr va mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish joiz:
1. Oʻzbekistonning oʻziga xos va oʻziga mos taraqqiyot yoʻli demokratik huquqiy davlatni barpo etish orqali fuqarolik jamiyatiga qonuniy oʻtish ekanligini e’tiborga olgan xolda mamlakatimiz miqyosida yoshlarning turli talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy institutlar muhim oʻrin tutadi.
2. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sifatida institutlarni erkin samarali ish yuritishi - fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslari va kafolatlari qay darajada yaratilganligi bilan belgilanadi;
3. Xalqimiz tabiatidagi demokratiyaga moyillik, adolatsevarlik, taraqqiyotparvarlik va azaldan qon-qonimizga singib ketgan xalqchilligimizning mavjudligi va uning bardavom boʻlishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodni qanchalik ma’naviyatli ekaniga bogʻliq. Yoshlar ma’naviyatini shakllantirish, milliy an’ana va qadriyatlarni tiklash va rivojlantirishdagi oʻrni va roli muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan holda bu jarayonni tizimli tarzda mudom amalga oshirish va uning targʻibot-tashviqotida yangi zamonaviy mexanizmlardan foydalanilgan holda olib borishdan iborat.
Yuqorida keltirilgan xulosalarga asoslanib, qoʻyidagi nazariy va amaliy tavsiyalarni keltirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
- milliy gʻoya va mafkura masalasi bilan bogʻliq dolzarb muammolarni, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, ularning aholi turli qatlamlariga ta’sirini oʻrganish, milliy manfaatlarimizga hayot tarzimizga zid boʻlgan zararli gʻoyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;
- bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yurtimizga qarshi qaratilgan gʻoyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning gʻarazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni xushyorlikka va ogohlikka da’vat etish, olimlar, siyosatchi va mutaxassislar, ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targʻibot tizimini yoʻlga qoʻyish;
- yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirishga xizmat xizmat qiladigan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zarurligi;
- sogʻlom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash boʻyicha ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish;
- milliy va xalqaro huquq normalarini qiyosiy tahlil qilish va yoshlar huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirishning zarurligi;
- yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ahamiyati muhim ijtimoiy-ma’naviy zarurat sifatida ortib bormoqda. Shu sababli har bir ta’lim dargohi ma’naviy-ma’rifiy ishlari mazmuni va ularni yanada takomillashtirishni, ya’ni mafkuraviy muammolarni va gʻoyaviy kurash masalasini yanada chuqur ilmiy-pedagogik tahlil qilish, talaba-yoshlarda amaliy mafkuraviy koʻnikmalarni shakllantirish yoʻllarini yaxshilash, talabalarni mafkuraviy targʻibotga tayyorlash metodlarini ishlab chiqishni talab etadi;
- ommaviy axborot vositalaridagi mavjud shakl va usullarini oʻzgartirishimiz, ularni milliy manfaatlarimiz va zamonaviy mezonlarga muvofiqlashtirish, boshqa sohalar kabi ommaviy axborot vositalarida ham tahdidlariga qarshi barcha zamonaviy vositalardan foydalanishimiz kerak;
- ommaviy axborot vositalarida ichki va tashqi siyosatda roʻy berayotgan fakt va voqealarni yoritishda yangicha yondoshuvlarni qoʻllash, milliy ommaviy axborot vositalari tizimining xalqaro miqyosdagi jamoatchilik fikriga ta’sirchanligini oshirish, dushmanlik kayfiyatida boʻlgan axborot vositalarining mafkuraviy xurujlariga matbuotdagi chiqishlar orqali munosib javob berish;
- ommaviy axborot vositalari orqali mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va Oʻzbekistonning xalqaro aloqalarini tahlil qilish borasida tizimli yondashuvlarni ishlab chiqish.
Hozirgi davr ommaviy axborot vositalari oʻzining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan birgalikda, jiddiy muammolarga ham duch kelmoqda. Bunday muammolar jumlasiga milliy gʻoyaga zid boʻlgan axborot yoki xabarlarni tarqatilishi va manipulyatsiya qilinishi kabilarni keltirish mumkin.
Yoshlarda huquqiy madaniyatni oshirishda qoʻyilayotgan muammolar sirasiga ommaviy axborot vositalarini bu borada olib borayotgan ishlarida huquqiy axborotlar, targʻibot va tashviqot zerikarli, bir tomonlama yoki faqat faktlari bilan chegaralanib qolganida koʻrishimiz mumkin. “Moddiy va madaniy ne’matlarning hammasi birgalikda uygʻunlashgan chogʻidagina, haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin” – degan edi Farobiy. Darhaqiqat, aytish kerakki buni oldini olish avvalambor oʻzimizning qoʻlimizdadir. Yoshlarning oʻz qiziqishlari boʻyicha yoʻnaltirib, imkoniyat yaratib berish zarurdir. Holbuki, niholga qanchalik e`tibor bersak, shunchalik unib-oʻsadi. Shunday ekan yoshlarning huquqiy va axloqiy jihatdan tarbiyalanishi har birimizning zimmamizdagi yuksak mas’uliyatli vazifadir.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish