|
|
Said Ahmad
|
|
Tavallud sanasi:
|
10-iyun 1920-yil
|
Vafot sanasi:
|
5-dekabr 2007-yil
(87 yoshda)
|
Kasb:
|
Yozuvchi
|
Magnum opus:
|
"Jimjitlik", "[[ qoʻzgʻoloni]]", "Ufq (trilogiya)"si
|
Said Ahmad (Saidahmad Husanxoʻjaev) – Mashhur oʻzbek adibi 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida tugʻilgan.
Mundarija
1Bolaligi
2Hikoyalari
3Nasriy asarlari
4Vafoti
5Hikoyalar toʻplami
6"Ufq" trilogiyasi
7"Jimjitlik" romani
8Istiqlol yillarida yaratilgan asarlari
9Adabiyot
10Said Ahmad internetdagi elektron kutubxonalarda
11Manbalar
Bolaligi[tahrir]
Uning bolaligi Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.
U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat oʻqigach, 1941-yilda «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942–1943-yillarda respublika radiosida, 1943–1947-yillarda «Qizil Oʻzbekiston» gazetasida, 1948–1950-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan.
Hikoyalari[tahrir]
Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning «Choʻl burguti», «Lochin», «Boʻston», «Toʻyboshi», «Jimjitlik», «Turnalar», «Hayqiriq», «Alla», «Muhabbatning tugʻilishi», «Qorakoʻz Majnun» singari oʻnlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadriyatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga katta eʼtibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan oʻqiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish boʻyicha Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning «Sobiq», «Qoplon», «Oʻrik domla», «Mening doʻstim Babbaev», «Muzey», «Boʻri ovi», «Xandonpista» kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy soʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.
Nasriy asarlari
Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi «Qadrdon dalalar» (1949), «Hukm» (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan «Qirq besh kun» (1974) «Hijron kunlari» (1964), «Ufq boʻsagʻasida» (1969) romanlaridan iborat «Ufq» trilogiyasi, inson qismati turgʻunlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan «Jimjitlik» (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan «Sherzod va Gulshod» (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan «Kelinlar qoʻzgʻoloni» (1976), yolgʻiz moʻysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan «Kuyov» (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.
VafotiTI
Said Ahmad 2007-yilning 5-dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi[1].
Hikoyalar toʻplam
Said Ahmadning birinchi hikoyalar toʻplami – "Tortiq" (1940). "Er yurak" (1942), "Fargʻona hikoyalari" (1948), "Choʻl burguti" (1960), "Choʻl oqshomlari", "Odam va boʻron" toʻplamlariga kirgan hikoyalarida zamondoshlarining murakkab taqdiri, ruhiy kechinmalari ehtiros bilan aks ettirilgan. Said Ahmad oʻz hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, Gʻafur Gʻulomning yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi lakonizmdan oʻrganishga intilgan va ular ijodi Said Ahmadning yozuvchi boʻlib yetishishida "darslik" vazifasini oʻtagan. Ayni paytda u hajvchi, yumorist sifatida tanilgan. Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. Romanlarida ham yumoristik yoʻnalish muhim oʻrin tutadi. Uning yumoristik mahorati "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1976), "Kuyov" (1986) komediyalarida yorqin namoyon boʻlgan. "Kelinlar qoʻzgʻoloni"dagi xalqona yumor bilan yoʻgʻrilgan Farmon bibi millat mentalitetini, oʻzligini, kuchli va ojiz jihatlarini oʻzida mujassamlashtirgan betakror obraz darajasiga koʻtarilgan.
"Ufq" trilogiyasi[tahrir]
"Ufq" trilogiyasi (1964–74) adib ijodida alohida oʻrin tutadi. "Ufq" romani 20-asr millat hayotining oʻn yillik davri – Ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini oʻz ichiga oladi. Trilogiyada oʻsha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar koʻksidagi armonlar, shu musibatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi isteʼdodiga xos ehtiros, zoʻr ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan.
"Jimjitlik" romani[tahrir]
Jimjitlik (1988) romanida sirtdan tinch, sokin koʻringan shoʻro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Asardagi deyarli barcha yetakchi personajlar fojeiy qismat egalaridir. Roman oʻzining asov, "bebosh" ifoda tarzi bilan jozibalidir.
Istiqlol yillarida yaratilgan asarlari[tahrir]
Said Ahmad istiqlol yillarida ham hayotdagi oʻzgarishlar haqida koʻplab maqola, badialar yozdi, avvalgidek quvnoq yumoristik, joʻshqin lirik hikoyalar yaratdi. "Xandon pista" (1994), "Bir oʻpichning bahosi" (1995) hajviy toʻplamlari, "Yoʻqotganlarim va topganlarim" (1998), "Qorakoʻz majnun" (2001), "Kiprikda qolgan tong" (2003) kitoblari, 3 jildli "Tanlangan asarlari" (2000) chop etildi. "Yoʻqotganlarim va topganlarim"da Gʻafur Gʻulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Saida Zunnunova va boshqa bir qator zabardast oʻzbek yozuvchi va shoirlarining jonli qiyofasini badiiy boʻyoqlarda ifodalab berdi. Istiqlol tufayli odamlar qismati va ruhiyatidagi evrilishlar haqida bahs etuvchi "Qorakoʻz majnun", "Ot bilan suhbat", "Azroil oʻtgan yoʻllarda" hikoyalari, qatagʻon davri xotiralari bilan bogʻliq "Borsa kelmas darvozasi", "Taqdir, taqdir...", "Oftob oyim" hikoyalari, adibning oʻzi yaqindan muloqotda boʻlgan ustoz adiblar, tengdoshlari, shogirdlari va, nihoyat, oʻz hayot va ijod yoʻli haqidagi xotira esselari mustaqillik davri oʻzbek adabiyotida muhim hodisa boʻldi.
Said Ahmadgagina xos nozik kuzatishlar, erkin, asov bir ruh, ham hazin, ham nurli, pokiza tuygʻular, begʻubor hazilmutoibalar bilan yoʻgʻrilgan xotiraesselar bu janrning zamonaviy oʻzbek adabiyotidagi eng yaxshi namunalari qatorida turadi. Felyeton janrida ham samarali ijod qilgan. 1947-yil "xalq dushmani" sifatida hibsga olingan. Stalin vafotidan soʻng oqlangan. "Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Kuyov" komediyalari hozirgi Oʻzbek milliy akademik teatrida, "Kelinlar qoʻzgʻoloni" dunyoning koʻplab mamlakatlarida sahnalashtirilgan. "Ufq" asari asosida dramalar, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida "Muhabbat mojarosi" filmi (1970) va boshqa yaratilgan. "Doʻstlik" (1996), "Buyuk xizmatlari uchun" (1997) ordenlari bilan mukofotlangan.[2]
AdabiyoT
Начало формы
Конец формы
Do'stlaringiz bilan baham: |