Said Ahmad "Qorakoʻz majnun"



Download 38,4 Kb.
bet6/11
Sana18.01.2022
Hajmi38,4 Kb.
#387624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Beknazarova Azi taqriz (2)

Tog’ay Murod

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murod Surxondaryo viloyati Denov tumani Xoʻjasoat qishlogʻida tug’ilgan. Tog’ay Murod uning taxallusi hisoblanib, asl ism-sharifi Mengnorov Togʻaymurod. Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari eʼlon qilingan. 1976-yilda bosilgan “Yulduzlar mangu yonadi” nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979-yilda “Ot kishnagan oqshom”, 1980-yilda “Oydinda yurgan odamlar”, 1985-yilda yozuvchining “Momo yer qoʻshigʻi” qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi. Ularda halol, oqkoʻngil, toʻgʻrisoʻz, mard oʻzbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. Oʻzbek adabiyotining yutugʻi sifatida eʼtirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi. Togʻay Murod oʻzbek va jahon adabiyotining eng yaxshi anʼanalarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan.

Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” asari uning nomini mashhur qilgan ilk asari hisoblanadi. Ushbu qissa 1976 - yil yozilgan. Asarda kurash, kurashchi polvonlar, ular o’rtasidagi munosabatlar xalqimizning azaliy urf odatlari, to’y - hashamlari aks ettirilgan.

Ushbu qissa haqida tanqidiy adib Said Ahmad shunday yozadi:

«Men Tog‘ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Bo‘ri polvon, Tilovberdi polvon, Atil polvonlarning kurashlarini zavq-shavq bilan tomosha qildim. Surxon polvonlarining halolliklari, mard, tantiliklarini ko‘rib, g‘ururlanib ketdim. «Ana o‘zbek polvonlari, ana deya g‘ururlandim».

Yozuvchi «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Surxon vohasidagi milliy an’analar g‘oyat ehtiros bilan qalamga olingan. Yozuvchi polvonlar hayotini juda yaxshi biladi, ularga muhabbat bilan qaraydi. Polvonlarning olishishlari haqidagi epizodlarda yolg‘on gapirmaydi.

Asar bosh qahramoni - Bo’ri polvon obrazi orqali haqiqiy er yigit qanday bo’lishi kerakigi, or - nomus, vijdon, mardlik tuyg’ulari ulug’lanadi. Asarda Bo’ri polvonning samimiy muhabbati, bu muhabbatning do’sti Nasim tomonidan toptalishi ham aks etgan.

Ushbu qissada Bo’ri polvon tilidan “Farzandlar hayotga beparvo qaraydi. Musibat bilan xursandchilik farqiga bormaydi. Farzandlar o’zlari minayotgan mashinaga o’xshaydi! Odam kim, mashina kim bilib bo'lmay qolyapti” - kabi jumlalar orqali hozirgi zamon va yoshlar haqidagi fikr mulohaza, tashvishlari bayon qilinadi.

Bo‘ri polvon-haqiqiy millat farzandi. Shu bois ham o‘zi to‘g‘ilib o‘sgan qishloq misolida dunyoga dovrug’i ketgan polvonlar etishib chiqishini istaydi. Chunki Bo’ri polvonning ota-bobolari el-sha’nini yelkasida ko‘targan polvonlar bo‘lib o‘sishgan. Polvonlik faqat jismoniy baquvvat kishilarnigina ishora emas, polvonlik qavm qarindoshlari, eldoshlari qolaversa, tug’ilgan yurtining obro’-e’tibori uchun ham kurashishga qodir kishilardir. Polvonlik Bo’ri polvonning qon-qoniga singib ketgan, bu hunar bu polvonning qalbida yashaydi. Bo‘ri polvon beshikdagi chaqaloqdan tortib nuroniy cholgacha barchabarchasi ismiga polvon so‘zini qo‘shib aytdi. Davrada kurashganmi yo‘qmi, baribir aytaverdi. Aytganda ham, og‘zini to‘ldirib aytdi, g‘urur bilan aytdi! Bu satrlardan ko‘rinadiki, Bo‘ri polvon boshida yotgan chaqaloqlarga ham mehr bilan qaraydi. Ertangi kunning polvonlarini shu chaqaloqlar timsolida ko‘radi.

Bo’ri polvonning o’g’li Tilovberdi ham ota izidan borib, elchi mashhur polvon bo‘lib yetishadi.

Asarda Tog’ay Murodgagina xos bo’lgan o’ziga xoslik - shevalardan, xalq maqol va iboralaridan unumli foydalanishining guvohi bo’lamiz. Polvonlarning samimiy suhbati, or - nomus uchun kurashi juda jonli tasvirlangan.

Bir umr kuragi yerga tegmagan polvon – Bo’ri polvonning ilk mag’lubiyati va undan so’nggi kechinmalari hech bur o’quvchini befarq qoldirmaydi. Ushbu asarda yigit kishi uchun mardlik, or nomus, qadr qimmat naqadar yuqori qiymatga ega ekani, insoniylik, tuyg’ular sofligi, chin do’stlik kabilar ulug’lanadi.

Asarda Nasim obrazi orqali sotqinlik, do’stiga xiyonat, birovning tuyg’ulari ustidan kulish, sevgisini toptash kabilar aks etgan.

Xulosa qilib aytganda, Tog’ay Murod ijodi orqali adabiyotimizga ko’pgina qahramonlar kirib keldi. Xarakteri, voqelikka munosabatlari bilan ajralib turadigan bu qahramonlar dunyoga yangicha ko’z qarash bilan qarayotgan zamondoshlarimizdir. Ushbu mo’jazgina qissada juda katta masalalar ko’tarilgan. Asar milliy- urf odatlarimiz, an’analarimizga hurmat uyg’otadi, do’st tanlashda adashmaslik, inson doimo vijdoniga, qalbiga quloq solib yashashi kerakligi chiroyli tarzda ifodalanadi. Yozuvchining ushbu qissasida zurriyat va yurt sha’ni uchun kurashayotgan polvonlarning yorqin siymolarini ko‘ramiz. \



Diyonat” romani


Download 38,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish