Said Ahmad "Qorakoʻz majnun"



Download 38,4 Kb.
bet9/11
Sana18.01.2022
Hajmi38,4 Kb.
#387624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Beknazarova Azi taqriz (2)

Muhammad Ali

Oʻtgan yili bosilgan romanlar orasida bir qanchasi millat tarixining turli davrlarini aks ettirishga bagʻishlangan. Shunisi diqqatga loyiqki, tarixni tasvirlashga tutingan hozirgi yozuvchilar oʻtmishdagi voqealarga bogʻlanib, ularning qanday kechganini koʻrsatishdan koʻra tarixni yaratgan odam va uning koʻnglidan kechgan ruhiy toʻlgʻamlarni aks ettirishga koʻproq eʼtibor qaratadilar. Endilikda, yozuvchilar tarixiy hodisa va tarixiy shaxs tasviriga bir qadar erkin yondashib, tarixning yuzaga kelishi va taraqqiyotida konkret inson tutgan oʻrinni koʻrsatishga eʼtibor berayotirlar. Taniqli yozuvchi Muhammad Alining “Ulugʻ saltanat” tetralogiyasining uchinchi kitobi “Mironshoh mirzo” asari bu jihatdan ahamiyatlidir. Avvalo, tetralogiyaning uchinchi kitobi badiiy jihatdan oldingilariga nisbatan puxtaligini qayd etish lozim. Bu kitobga kelib, yozuvchi, nihoyat, Amir Temur siymosida faqat ehtirom koʻrsatiladigan sohibqironni emas, adabiy personajni ham koʻrishga koʻnika boshlagani seziladi. Asarda Mironshoh, Xonzoda, Sogʻinch bika, Sulton Baxt, Shoh Mansur kabi oʻziga xos konsepsiyaga ega timsollar esda qoladigan qilib ishlangan.

Romanda chinakam badiiy topildiq boʻlgan anchagina tasvirlar, timsollar mavjudligi asarning qiziqarli va oʻqishli chiqishini taʼminlagan. Garchi, bu kitobda ham tarixiy soʻzlar keragidan koʻpayib ketgan boʻlsada, uning tili oʻziga xos va jozibali. Asarda Sogʻinch bikaning: “Shahzoda ham… meni sevarmikin? Men-ku kuyib-yonib yuribmen, u-chi? Sevarmikin?.. Oʻylarmikin?.. Kuyib-yonarmikin?..” tarzidagi gumonli oʻylari ishonarli berilgan. Qizning romantik feʼli, bolalarcha oʻylashi, toʻgʻri-notoʻgʻri qarorlarni shartta qabul qilishi uning tabiatidan kelib chiqib tasvirlangan. Romandagi: “Zulukday qoshlari chimirildi, ikki chakkasidagi qora zulfi alamdan gajakday qayrilib oʻzini sochlar orasiga urdi, chap yuzidagi kichkina chiroyli xoli esa, nima boʻlyapti oʻzi, deganday atrofga hayron boqardi”, tarzidagi tasvirlar mumtoz romanlar anʼanasi darajasida ekani bilan eʼtiborni tortadi.

Amir Temurning: “Men mamlakatlarni birlashtira olurmen, bunga kuchim yetadur, ammo zoʻrlik bilan ikki koʻngilni bir-biriga bogʻlashdan ojizdurmen”, shaklidagi iqrori yoki muallifning u haqdagi: “Samarqandalik vaqtlarida hech kim uning… qaysi bogʻdaligini bilmas, u hech qayerda emas, hamma joyda edi”, kabi tasviri badiiy topilma darajasida. Temurbekning: “Dunyoda urush otini oʻchirish uchun bel bogʻlagʻonmen, Mamat! Ajabo, bel bogʻlagʻon sarim urush chiqadur, bu qanday sir-sinoat?.. Nahotki, qilich aralashmay qadam tashlash mushkul bu olamda!” yoʻsinda ozorlanishi tasviri ezgulikka talpingan shunday qudratli odamning yovuzlik qarshisidagi ojizligini tabiiy koʻrsatadi. Umarshayxning oʻlganini eshitgan Temur holatining: “Sohibqiron ohista ortiga oʻgirildi, koʻzlariga toʻlib ana toʻkilaman, mana toʻkilaman, deb turgan yoshlar endi unga boʻysunmay qoʻyishdi. U hech kimga boqmay, shohchodirga kirdi… Lahza oʻtmay, bir marta oʻkirgan ovoz eshitildi”, yoʻsinidagi tasviri ham haqqoniy, ham taʼsirchan chiqqan. Romanda hal qiluvchi jangni boy berib, oʻlim va tiriklikning nozik chegarasiga kelib qolgan odamning ruhiy holati: “Shoh Mansur beixtiyor qaradi-yu… shuurida ortga chekinmoq lozimligini angladi! Chekinmoq kerak, chekinmoq kerak… Butun niyatlardan, oʻchu qasoslardan, saltanat taxtidan, sulola sharafidan chekinmoq kerak, chekinmoq kerak”, yoʻsinida jonli chizilgan.

Asarda sohibqironga Sogʻinch bikaning sirli ravishda yoʻqolib qolgani haqidagi xabarni aytish jarayonining soʻnggi soniyalarida buni bildirish mumkin emasligini sezib qolgan Saroymulkxonim ustalik bilan gapni boshqa yoqqa burib yuborishi mahorat bilan tasvirlangan. Bibixonimning malika ayollar qismati haqidagi: “Qismatimiz shundoqdir. Boshqa na ilojimiz bor? Ammo hamma sir oʻsha “mehr qoʻyishimiz oson”ligining juda qiyinligidadur, malikam!” tarzidagi taʼkidida kuchli badiiy va hayotiy haqiqat aks etadi. Romandagi xorazmlik usta Matpano timsoli ham ishonarli va oʻziga xos tasvirlangan. Bu timsol tasviri oʻziga yuklangan badiiy vazifadan tashqari, Temurning shaxsiyatini ochishga xizmat qilganligi bilan ham eʼtiborga loyiqdir. Romanda Sahroi Kabirda bir tomchi suvga zor boʻlgan bahodirlar holati tasviri ham juda taʼsirli chiqqan.

Qayd etilgan yutuqlar bilan birga, “Ulugʻ saltanat” romani tasvirining ayrim oʻrinlarida salqilik borligini, hamisha ham oʻqirmanda shavq uygʻotadigan taʼsirchan ifoda yoʻsini taʼminlanmaganligini aytish joiz.




Download 38,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish