(1)
Bu yerda: m-moddaning miqdori, (g-hisobida); t-vaqt (sekund
hisobida); S-yuza sathi (sm
2
hisobida); D-diffuziya koeffitsienti (sm-
sekund
-1
hisobida); S-modda konsentratsiyasi (g-sm hisobida); x-
diffuziyaning boshlanish nuqtasidan o‗tkazgich pardagacha bo‗lgan
masofa (sm hisobida).
Shu formulaga (1) mos holda hujayraga tashqi muhitdan
moddalarning o‗tish tezligini tavsiflovchi quyidagi formula taklif
qilingan:
dm
dt
- P*S (c-c
t
)
=
(2)
Bunda: c-moddaning boshlang‗ich konsentratsiyasi, c
t
-diffuzion
muvozanat yuzaga chiqqan vaqtdagi modda konsentratsiyasi; S-
hujayra yuzasining umumiy maydoni; R-o‗tkazuvchanlik konstantasi,
bu kattalik diffuziyalanuvchi zarrachaning tashqi muhitdan hujayraga
yoki to‗qimaga o‗tishida ko‗rsatiladigan qarshilikni yengish uchun
kerak bo‗lgan kattalikdir.
17
Keltirilgan tenglamalar (1-, 2-)ga muvofiq diffuziya tezligi
konsentrasion gradientning vaqt birligida susayishi va diffuzion
oqimlarning o‗zaro to‗qnashuvining tenglashuviga mos ravishda
pasayadi.
Biroq aslida u yoki bu moddalarning hujayraga o‗tish tezligi,
odatda hech qachon pasaymaydi va doimiy ko‗rsatkichda saqlanadi. U
tashqi
sharoit
(xususan,
tashqi
muhitdagi
moddalar
konsentratsiyasi)ga, shuningdek hujayraga o‗tib keluvchi modda
molekulasining almashinuviga bog‗liq bo‗ladi.
Agar biron bir modda hujayraga kirib kelsa, u kimyoviy
reaksiyaga
kirishadi
yoki
o‗zining
fizik-kimyoviy
holatini
o‗zgartiradi. Bunda hujayra qobig‗ining ikki tomonida o‗zaro bir-
biriga qarama-qarshi turgan kuchga ega bo‗lgan oqimlar bo‗lganligi
sababli muayyan moddaning kirib kelish tezligi bir xil bo‗lmaydi.
Bunday hodisa bir tomonlama o‗tkazuvchanlik deyiladi. Bir
tomonlama o‗tkazuvchanlikning asosida birinchidan, o‗tuvchi modda
zarrachalarining labilligidan, ularning bir xil fizik-kimyoviy holatdan
boshqa fizik-kimyoviy holatga, masalan, dissotsiyalanmagan shakldan
ko‗proq
dissotsiyalangan
shaklga,
yoki
oksidlangan
shakldan
qaytarilgan shaklga, yoki nihoyat erkin shakldan adsorbsiyalanib
bog‗langan shaklga o‗ta olish qobiliyati yotadi. Ikkinchidan, bir
tomonlama o‗tkazuvchanlikni amalga oshishi uchun hujayra va muhit
oralig‗i fizik-kimyoviy jihatdan assimetriyada, ya‗ni fizik-kimyoviy
miqdoriy
ko‗rsatkichlari
(faol
reaksiya,
oksidlanish-qaytarilish
potensiali, adsorbsion daraja) diffuzion oqim yo‗nalishida bo‗lishi
zarur.
To‗qima membranasining bir tomonlama o‗tkazuvchanligini
namoyish qiluvchi mumtoz tajriba sifatida baqa terisi bilan olib
boriladigan tajribani misol tariqasida keltirish mumkin. Muayyan
laboratoriya ishida baqa terisining bir tomonlama o‗tkazuvchanligini
o‗rganish uchun terini qarama-qarshi tomondan o‗rab turadigan eritma
xiliga qarab metilen ko‗ki bo‗yog‗idan foydalanib o‗rganish nazarga
tutiladi. Bunda bo‗yoq biriktiruvchi to‗qimadan epiteliyga qarab
harakatlanadi.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |