KIRISH
Yaqin
vaqtlargacha
ba‗zi
olimlar
biofizikani
biologik
tadqiqotlapni fizika va fizikaviy-kimyo uslublarini qo‗llash asosida
olib boriladigan biologik tadqiqot yo‗nalishlarini o‗rganuvchi fan
sifatida tan olganlar. Lekin so‗nggi payitda bu fanga oid ilmiy
ma‗lumotlar yanada keng qamrovliligi hamda bu fanning shakllanishi
biologiya va fizika fanlari o‗rtasidagi uzviy aloqalarning kuchayib
borishi ma‗lum bo‗lib qoldi.
Biologiya va fizikaning o‗zaro uzviy aloqada ish yuritishiga
yaqqol misol sifatida zoologiyada hayvonlarning migratsiyasini
o‗rganishda nishonlangan atomlardan foydalanish, genetikada ust va
tag payvandlar o‗rtasida plastik moddalarning almashuvini o‗rganish,
ixtiologiyada ultratovush yo‗li bilan qidiruv ishlarini o‗tkazish,
gistologiya,
sitologiya
va
virusologiyada
elektron-mikroskopik
kuzatuvlar olib borish natijasida erishilgan yutuqlar va yangi ochilgan
fan tarmoqlari kabilarni keltirib o‗tish kifoya.
Fanlarning
hozirgi
rivojlanish
darajasi
zamonaviy
fizik
tadqiqotlardan foydalanish va bu tadqiqotlarni o‗tkazishda fizik
asbob-uskunalarni qo‗llash bilan bog‗liq bo‗lmagan biologiyaning
biron bir bo‗limi yo‗qligini ko‗rsatadi.
Bo‗lajak biolog va ekolog bakalavrlar tayyorlashda o‗tiladigan
biofizika fani predmetini aniq ravishda belgilab olish maqsadga
muvofiq bo‗ladi. Bu ishni amalga oshirishda boshqa fanlarning
predmetini belgilagandagidek ish yuritib, uning mazmun va mohiyati
hamda maqsad, vazifasidan kelib chiqish kerak. Biofizikaning
predmeti materiyaning unga xos bo‗lgan aniq bir harakat shaklini
o‗rganish hisoblanadi.
Biroq tirik biologik mavjudotlarda bu harakat asosiy harakat
shakli bilan uyg‗unlikda sodir bo‗lishi, ya‗ni bunda doimiy ravishda
uning qo‗shimcha: kimyoviy, fizik, mexanik shakldagi xillari paydo
bo‗lishi kuzatiladi.
Ochiq termodinamik tizim hisoblangan tirik protoplazma va
tashqi muhit o‗rtasida yuz beradigan fizik va fizikaviy-kimyoviy
jarayonlar davomida faqat energiyagina almashinib qolmasdan, balki
moddalar
almashinuvi
ham
sodir
bo‗ladi.
Oqsilli
makro
molekulalardan
shuningdek,
oqsilli,
lipidli,
karbonsuvli
komplekslardan tashkil topgan tirik tizimlar jonsiz tizimlarga xos
bo‗lmagan o‗zining mikrogeterogenligi va o‗ta labilligi bilan
5
farqlanadi.
Tirik
moddaning
bu
xususiyatlari
tirik
tizimdagi
fizik
jarayonlarning kechishiga o‗z ta‗sirini ko‗rsatibgina qolmay, balki uni
o‗rganishga qaratilgan usullarning fizika va fizik-kimyo uslublardan
farq qiladigan biofizik uslublarni qo‗llashni taqoza qiladi. Biofizik
tadqiqotlar
o‗tkaziladigan
sharoitdagi
energiya
oqimi
tirik
obyektlarning sezuvchanlik bo‗sag‗asidagi energiyadan past bo‗lishi
lozim.
Demak, biofizika uchun elektron-kuchlantiruvchi texnikaning
ahamiyati katta bo‗ladi. Bu xildagi o‗ta sezgir asbob-uskunadan
foydalanish juda past ko‗rsatkichda namoyon bo‗ladigan jarayonlarni
ham, xususan to‗qimalarning biolyuminessensiyasi, yoki bosh
miyaning po‗stloq qismidagi elektrik potensiallarni sezish va chuqur
o‗rganish imkonini beradi. Shunday qilib, biofizik tadqiqot uslublariga
qo‗yiladigan eng muhim talab shundan iboratki, bu uslublar o‗ta
sezgir bo‗lishi hamda tirik moddada yuz beradigan qaytar va juda
kichik darajadagi funksional yoki patologik o‗zgarishlar haqida
ma‗lumotlar olish imkonini berishi lozim.
Biofizik uslublarga qo‗yiladigan asosiy talablardan biri ishda kam
miqdordagi material (yakka nerv yoki mushak tolasi, yakka hujayra,
gemolimfa tomchisi va hujayra shirasi va h.k.) dan foydalanishdir.
Shu bois biofizik tajribalar uchun mikro uslublardan foydalanish
muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Biofizik tekshiruv ishlariga
qo‗yiladigan yana bir asosiy talab, olingan ma‗lumotlarni talqin qilish
imkoniyatining mavjudligi hisoblanadi.
Mazkur qo‗llanmada biolog va ekolog bakalavrlarni tayyorlash
bo‗yicha kafedra imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda DTS larining
me‗yor talablari darajasida bo‗lgan bilim, malaka va ko‗nikmalari
shakllantirishni nazarda tutiladi. Shu nuqtai nazardan DTS ga va
o‗quv rejaga muvofiq ravishda biofizikaning har xil bo‗limlariga
tegishli laboratoriya ishlari va amaliy mashg‗ulotlarni o‗tkazish
yo‗riqlari tanlab olingan. Bu ishlarning bajarilishi biofizika fanining
asosiy bo‗limlari bo‗yicha olingan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan
ham mustahkamlash imkonini beradi va bo‗lajak biolog va ekolog
bakalavrlarning mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga
ega bo‗ladi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |