O‘zi qayta tiklanishi va o‘sishi imkoniyatiga ko‘ra:
qayta tiklanadigan resurslar, bunga o‘rmonlarni misol keltirish mumkin, o‘rtacha 20-30 yilda qayta tiklanadi.
qayta tiklanmaydigan resurslar.
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o‘rinni rekreatsiya resurslari egallaydi, ular mamlakat aholisini hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun xizmat qiladi. Tabiiy resurslardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish natijasida bir qancha muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda tabiatdan noto‘g‘ri foydalanish, ko‘plab rejasiz qurilishlarni amalga oshirish tufaylidir. Natijada tizim muvozanati buzilib, ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
2. Madaniy – tarixiy resurslar.Ma’lum hududda turizmni rivojlantirishda u joyning tarixiy – madaniy resurslari salohiyati asosiy o‘rinni egallaydi. Turistik xizmatda madaniy – tarixiy resurslardan ko‘p maqsadlarda foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning jozibadorligi, ularning tarixiy va tasviriy bahosidan foydalanish qulayliliga bog‘liq.
Mavjud resurslardan turizm faoliyatida intensiv foydalanish, ya’ni antropogen yukning oshib borishi natijasida tabiiy turistik resurslarning ifloslanishiga, tarixiy obidalarning tez buzilishiga olib keladi.
Madaniy – tarixiy resurslar, moddiy va madaniy turli yodgorliklar majmuasi ma’lum mintaqaning turistik qiziqish ob’ektlari hisoblanadi.
Mintaqalarning arxitektura yodgorliklariga boyligi turizmning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ammo oxirgi paytlarda, turistik oqimning oshishi ayrim muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Madaniy – tarixiy resurslarni turizm maqsadida saqlashni quyidagicha amalga oshirish taklif qilinadi:
mavjud tarixiy joylar, binolar va yodgorliklarni turistik qiziqish ob’ektlari sifatida qayta tiklash;
turistik ehtiyojni qondirish maqsadida atrof – muhitni saqlash va yaxshilashda boshqaruv tashkilotlari ma’suliyatini oshirish.
Turistik resurslar ichida jahon ahamiyatidagi madaniy ob’ekt va yodgorliklar asosiy o‘rinda turadi. «Madaniy ob’ekt» deyilganda quyidagilar tushuniladi:
yodgorliklar: arxitektura binolari, arxeologik ahamiyatidagi joylar, ilmiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega g‘orlar, tarixiy yozuvlar;
ansambllar: ilmiy, madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega o‘zaro bog‘langan binolar guruhi. Masalan Registon, Shoxizinda, Xazrati Imom ansambli;
inson yoki tabiat tomonidan yaratilgan estetik, etnografik, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘ziga jalb qiluvchi o‘ziga xos joylar.
Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritiladigan ob’ektlarning quyidagi xususiyatlari hisobga olinadi: