Gid-ekskursiyachi mutaxassisligini egallash bosqichlari
Bosqichlar
|
Jarayonlarning nomlanishi
|
Harakat joylari
|
I
|
Odamlar bilan madaniy-ommaviy ishlarni o‘tkazish qiziqishlarining hosil bo‘lishi
|
Yoshlikda klublardagi tadbirlarga qatnashish, maktabdagi umumiy
ta’limdagi qiziqishlar
|
II
|
Mutaxasislik bo‘yicha sistemali ta’lim olish
|
Mustaqil ravishda qiziqish, kollej va institutlarda o‘qish
|
III
|
Kasbiy mahoratni egallash uchun ishlash jarayonlarni tashkil qilish
|
Eksursiyachilar tayyorlash kurslarida o‘qish, turizm mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limda tahsil olish
|
IV
|
Mutaxassislik bo‘yicha kasbiy mahoratini oshirish, mustaqil ishlay olish
|
Tajribali eksursiyachilardan o‘rganish metodlarni o‘zlashtirish, malaka oshirish
|
Gid-ekskursiyachining shaxsiy fazilatlariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat bo‘ladi: yoqimli tashqi ko‘rinish; e’tiborli; kuchli xotira; ishda ijodiy yondashuv; tez qaror qabul qilish qobiliyati; tashkilotchi; o‘ziga ishonuvchan; dunyoqarashi keng; nutq madaniyati, to‘g‘ri talaffuzga ega bo‘lish, so‘z boyligiga ega bo‘lishi kerak.
Shaxsiy fazilatlarga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rsatmalar: yurak qon-tomiri kasalliklari bilan og‘riganlarga, ruhiy va asab tizimlari buzilganlarga, nutqida va jismoniy kamchiligi borlarga bu ish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |