3. «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi qachon tashkil etilgan?
a) 1992- yil 28- yanvarda
b) 1991- yil 25- aprelda
d) 1993- yil 27- mayda
e) 1992- yil 16- martda
4. «Buxoro» xalqaro aeroporti nechanchi yilda xalqaro maqomga erishgan?
a) 1999- yilda
b) 1997- yilda
d) 1998- yilda
e) 1996- yilda
5. Transfer tushunchasiga to‘g‘ri ta’rif ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
a) turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish uchun transport vositasini taqdim etish
b) tur-safar bo‘yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‘rsatish: ekskursion xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif buyurish, yo‘nalish bo‘yicha ko‘chish;
d) turga kiritilgan sayohat davomida ijaraga beriladigan yengil avtomashina
e) bir davlatga borish uchun ikkinchi davlat hududidan o‘tish.
10-mavzu. GID-EKSKURSIYA XIZMATLARINI AMALGA
OSHIRISH JARAYONLARI
Reja:
10.1. Turistik-ekskursiya xizmatlarining asoslari va huquqiy me’yorlari
10.2. Gid-ekskursiyachi xizmatlarining mohiyati va tasnifi
10.3. Ekskursiya xizmatlarida gid-ekskursiyachi faoliyatini baholash metodikalari
10.1. Turistik-ekskursiya xizmatlarining asoslari va huquqiy
me’yorlari
«Ekskursiya» so‘zi lotincha ekskursion (tanishuv) qisqa muddatli safar yoki sayohat, sayohatga jo‘namoq, sayohat qilib kelmoq ma’nolarini anglatadi. Turizm so‘zi paydo bo‘lmasdan, insonlarda atrof-muhitga qiziqish, uzoqlarda nimalar bor, tog‘lar ortida yoki daryoning yoki qir-tepaliklardan keyin nimalar borligiga oid ko‘plab savollarning to‘planinib qolishi natijasida ularni safarga (uydan chiqib ketishga) chorlaydigan ichki his-tuyg‘u-qiziqishning harakatga kelishi bo‘lgan. Hozirgi rivojlangan jamiyatimizda jahonda ekskursiyaga-sayohat-sayrga chiqmagan bironta inson bo‘lmasa kerak. Ushbu sayrlarning asosiy sababchisi, tabiatdagi biologik xilma-xillik, betakrorlik, boyliklar bo‘lgan. Jamiyatdagi dastlabki sayohatlar albatta o‘zga yurt, mamlakatlar haqidagi xabarlar natijasida yuz bergan. Ekskursiya xizmatlarini turizmning yuragi, deb ta’riflashadi. Haqiqatdan ham turist mehmonxonaga joylashganidan so‘ng birinchi navbatda ekskursiyaga chiqishga harakat qiladi. Ichki turizmda barcha davlatlarda ekskursiya xizmatlari birinchi o‘rinda turadi. Chunki mamlakat ichkarisidagi aholi turizmning deyarli barcha turlari bo‘yicha doimo ekskursiya xizmatlaridan foydalanadi. Shu o‘rinda turist bilan ekskursantni farqlash lozim bo‘ladi, chunki turizmni rejalashtirishda turistning talabi nafaqat ekskursiya xizmatlari bilan chegaralanmasdan, balki boshqa ko‘rsatiladigan xizmatlarni ham hisobga olishni taqoza qiladi.
Turist - O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs 15.
Ekskursant -tunab qolmaydigan va ekskursiya marshrutida 24 soatdan ko‘p bo‘lmaydigan shaxsning sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, qiziqish, ko‘rish, bilish, tanishish yoki boshqa maqsadlarda sayohatga chiquvchi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |