Safarov, G. R. Tursunova turizm asoslari t oshkent – 2014 I. S. Tuxliyev, R. Hayitboyev, B. Sh. Safarov, G. R. Tursunova


Turistik resurslar va turistik akvatoriya



Download 15,04 Mb.
bet31/181
Sana28.09.2022
Hajmi15,04 Mb.
#850648
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   181
Bog'liq
7.Туризм асослари 2014

4.3. Turistik resurslar va turistik akvatoriya

Turistik hudud yoki akvatoriya – bu qimmatli bo‘lgan turistik resurslar, turistik mintaqa tarkibida ajratib ko‘rsatiladigan turistik ehtiyojlar ob’ektini reestr va kadastrlarda hamda boshqa hujjatlarda qayd qilish bilan turizm maqsadlarida foydalanish bilan ma’lum geografik o‘rindagi majmuali turistik resurslar ko‘rinishidan iborat.


Hudud – quruqlikda yoki yer ostida bo‘lishi mumkin. Quruqlikdagi, yer ustidagi hudud qo‘shimcha tushuntirishni talab etmaydi. Yer osti hududi mos ravishda shaxta va tog‘ ishlanmalarida g‘arshunos turizmini sevuvchilar uchun resurs vazifasini o‘taydi. Masalan, turistlar Logannasburg (JAR) dagi oltin konlari shaxtalariga va olmos konlariga tashrif buyuradilar. Ba’zi shaxtalar faqatgina ekskursiya maqsadlarida emas, balki yer ostida tabiat yaratgan o‘ta o‘ziga xos iqlimda davolanish maqsadalarida foydalaniladi. Bunga misol qilib, Alp tog‘idagi eski oltin qazib olinadigan shaxtadagi Bad Gastoyi joyini ko‘rsatish mumkin (yuqori temperatura va yuqori namlikdagi radion ingalatsiyasi).
G‘orlarga tashrif – g‘orshunoslik turizmi va ekskursiyaning eng keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanib, faqatgina Gresiyada turistlar tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan 3500 ga yaqin g‘orlar hamda undan ham ko‘proq tashrif buyuradigan g‘orlar mavjud. Ulkan g‘orlar Meksika, AQSH, Janubiy Afrika, Rossiya va boshqa davlatlarda, hattoki o‘zimizda ham mavjud. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi tog‘ tizmalari va hududlarida turli xildagi 400 dan ortiq g‘orlar mavjud.
Akvatoriya –muhim turistik resurs hisoblanadi. Suv insonga oziqlanish vositasi sifatida zarur va shu sababli tanishuv yoki sarguzashtli ma’noda bu juda qiziq hisoblanadi. Dunyoda maska bilan unchalik chuqur bo‘lmagan chuqurlikda va akvalang bilan 70m chuqurlikkacha tushuvchi suvosti turizmining 50 mln. ga yaqin ishqibozlari mavjud. Katta Bar’er rifi suv osti qoyalari Avstraliya milliy boyligi hamda jahon ahamiyatiga molik akvapark deb e’lon qilingan. Ikkinchi kichik Bar’er qoyasi Beliz qirg‘oqlarida joylashgan hamda suvosti dunyosi ishqibozlari va suvosti sarguzashtlarini sevuvchilar uchun haqiqiy jannat bo‘lib hisoblanadi. Qizil dengiz suvostida suzuvchilar uchun cheklanmagan imkoniyatlarni tug‘diradi va kurortda dam oluvchilar ko‘ngil yozishining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Qadimgi suvosti boyliklarni izlab topish, oltini bilan cho‘kib ketgan kemalarni qidirish bugun turizmning muhim turini tashkil etadi. Gresiya, Kipr, Italiya, Turkiya kabi O‘rta Yer dengizining boshqa davlatlari o‘z suvosti xazinalaridan faol, oqilona foydalanadilar. Suvdagi hayvonot dunyosini va marjon suvosti qoyalarini kuzatish uchun turistik suvosti qayiqlaridan hamda deyarli barcha dengiz bo‘yi turistik markazlarida mavjud bo‘lgan suvning tubi musaffo tarzda ko‘rinib turadigan kemalardan foydalaniladi. Maxsus turistik suvosti qayiqlari Bermud, Kanar orollari, Qizil dengiz, Bolear orollarida va Ispaniyaning Kosta-Bravo kurortli qirg‘oqlarida mavjud. Cho‘kib ketgan kemalarni izlab topish – sarguzashtli turizmning ommabop turi hisoblanadi.
Muhim turistik resurslar bo‘lib antiqa-noyob madaniy qurilmalar, piramidalar, mavzoleylar, haykallar, ibodatxona me’moriy ansambllar, parklar, muzey kolleksiyalari, zamonaviy qurilmalar – osmono‘par binolar, to‘g‘onlar va boshqa gidrotexnik qurilmalar hamda boshqa ob’ektlar hisoblanadi. Qanchalik taajublanarli bo‘lmasin, turizmni o‘ziga tortuvchi kuchi barcha asrlarda mavjud bo‘lgan qabristonlar ham, Misrda qurilgan minglab piramidalar ham turizm doirasida tasarruf qilinmoqda. «Dunyoning yetti mo‘’jizasi»: Misr ehromlari, Bobilning osma bog‘lari, Artemida ibodatxonasi, Galekarnas maqbarasi, Quyosh xudosi, Gelios haykali, Aleksandr Mayoqi, Olimpiya xudosi Zevs haykali ro‘yxati miloddan avvalgi ikkinchi asrda yashab o‘tgan grek arxitektori Antipar Sidonskiy tomonidan tuzilgan edi. Bugungi kunda YUNESKO mutaxassislari fikricha, dunyoda 800 dan ortiq mo‘’jiza deb atashga loyiq yodgorliklar mavjud ekan.
Shvesariyalik kinorejessyor Bernard Veberning tashabbusi bilan 2007 yilda dunyoning yangi yetti mo‘’jizasini aniqlash bo‘yicha telefon va internet orqali so‘rov o‘tkazildi. Mazkur so‘rovga sayyoramizning turli mamlakatlaridan 100 mln.dan ortiq kishi javob berdi7.
Ovoz berish natijalari 2007-yil 7- iyul kuni soat 7 da Portugaliyaning Lissabon shahridagi 50 ming kishidan ziyod tomoshabin to‘plangan stadionda dunyoning yangi yetti mo‘’jizasi tantanali ravishda e’lon qilindi. Unga quyidagi tarixiy yodgorliklar kiritildi: Buyuk Xitoy devori, Rio-de-Jineyrodagi Iso Masih haykali, Ay-Petri (Petra) tosh shahri, Machu-Pikchudagi inklarning tosh shahri, Chichen-Itsadagi mayyalar ibodatxonasi, Rim kolizeyi va Tojmahal.
Tayanch so‘z va iboralar: Turizm resurslari, tabiiy turistik resurslar, madaniy – tarixiy resurslar, turizm resursining tasnifi, turistik axborot resurslari, turistik qiziqish va turistik taassurot, ijtimoiy – iqtisodiy turistik resurslar, turistik akvatoriya, YUNESKO tomonidan qo‘riqlanayotgan ob’ektlar, dunyoning yangi mo‘’jizalari.


Download 15,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish