Safarov, G. R. Tursunova turizm asoslari t oshkent – 2014 I. S. Tuxliyev, R. Hayitboyev, B. Sh. Safarov, G. R. Tursunova



Download 15,04 Mb.
bet14/181
Sana28.09.2022
Hajmi15,04 Mb.
#850648
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181
Bog'liq
7.Туризм асослари 2014

Nosir Hisrav Balx shahri yaqinidagi Qobodiyon qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1045-yilning kuzida Murg‘ob daryosi bo‘ylab janubga yurib, daryoning boshlanishigacha yetib borishda ko‘rganlarini o‘zining esdaliklariga tushirgan. Ikkinchi sayohatini u 1046-yil Arabistonga qarab boshladi. Manbalarda keltirilishicha, uning bu safari XI asrda amalga oshirilgan eng uzoq muddatli, qiziqarli va ma’lumotlarga boy bo‘lgan sayohatlardan biri hisoblanadi.


Mazkur sayohat Marvdan boshlanib, Eronning shimoliy qismi, Armaniston, Turkiya janubi, Arabistonning Makka va Madina shaharlari, Livan va hozirgi Isroil yerlaridan o‘tib, Misrgacha davom etgan. Shundan keyin, olim Hindistonning shimoliy viloyatlariga sayohat qilgan. Uning «Safarnoma» asari jahon geografiyasidagi eng nodir asarlardan biri sifatida qabul qilingan.
Mahmud Qoshg‘ariy Xitoyning Qashqar shahrida tug‘ilgan. Manbalarga ko‘ra, u Janubiy-G‘arbiy Osiyoning ko‘plab shaharlarida bo‘lgan, Bag‘dodda ham yashagan. Turkiy tillarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida olim ko‘p yillar davomida Rumdan Mochingacha O‘rta yer va Qora dengizlari bo‘ylaridan to Xitoygacha sayohat qilgan, turkiy qabilalar yashaydigan yerlar, shahar va qishloqlarni kezgan. Uning «Devoni lug‘atit turk» (Turkiy so‘zlar lug‘ati – «Devon») dunyo ilmining nodir qomusiy asari sifatida tan olingan. Shuning uchun ham sharhshunos N. Baskakov Mahmud Qoshg‘ariyni «Turkiy tillarni qiyoslash borasida yo‘lchi yulduz» – deb atagan bo‘lsa, yana bir taniqli sharhshunos olim «XI asrning Radlovi» deya ta’riflagan edi. Uning safar marshrutlari davomidagi tabiiy geografik mintaqalarning iqlim xususiyatlari va ulardagi farqlar haqidagi ma’lumotlari hozirgi turizm sohasi uchun xizmat qilmoqda.
Abdulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (10751144) 1075- yilning 19-martida Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tug‘ilgan. U hayoti davomida tinmay sayohat qilgan. Sayyoh-olim Sharq, xususan, musulmon mamlakatlarini 1100–1122 va 1127–1139 yillarda ikki marta aylanib chiqqan. Zamahshariy Xuroson, Eron, Arabiston, Iroq, Yaman, Suriya, Marv, Nishopur, Isfaxon, Bag‘dod, Xijoz, Damashq va Makka shaharlarida bo‘lib, asarlari uchun boy manbalar to‘plagan.
Uning tilshunoslikka oid «Asos al-balog‘a» (Suzga ustalik asoslari), «Samim al-Arabiya» (Arab tili mag‘izi) va «Al- Kashshof» Qomusiy asari Qur’on tafsiriga oid asarlar o‘rtasida eng mukammali ekanligi sharhshunos va arabshunos olimlar tomonidan tan olingan. Shu sababli, mazkur asardan dunyoning turli mamlakatlari universitetlarida asosiy darslik sifatida hozirgacha qo‘llanilib kelinmoqda.

Download 15,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish