40
jajji sayyoralar qatoriga kiritilgan. Shunday qilib, ular 8 ta
qolgan.
– Bundan xabarim bor. Ammo Quyosh tizimida yerliklar
bilmaydigan yana bir ulkan sayyora ham mavjud.
– Yo‘g‘-e! – Ahmad uchun bu kutilmagan yangilik bo‘ldi.
– Ha, ba’zi yerlik olimlar matematik hisob-kitoblarga
ko‘ra bu sayyoraning borligini aytishadi. Ammo haligacha
uni biror teleskop aniqlagani yo‘q. Chunki u Quyoshdan
eng olisda joylashgan sayyoradir. Biz unga PN-1437 raqa-
mini berganmiz.
Hammamiz, Quyosh tizimi Merkuriy, Venera,
Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun kabi
jami 8 ta sayyoradan tashkil topganini yaxshi bilamiz.
Lekin ayrim olimlar 9-sayyoraning borligini aytishyapti.
2016-yilda AQShning Kaliforniya universiteti astronomla-
ri Maykl Braun va Konstantin Batigin ilmiy bayonot bilan
chiqishdi. Ular Quyosh tizimining eng olis qismida judayam
yirik noma’lum sayyora bor ekanini aytishgan.
Astronomlarning bayonotiga ko‘ra, o‘sha to‘qqizinchi
sayyora Yerdan 10 marta katta bo‘lib, Quyosh tizimining
eng olis joyi – Koyper belbog‘idan ham uzoqroqda ayla-
nib yuradi. Bu sayyora juda olisda bo‘lgani sabab boshqa
sayyoralar kabi quyosh nurini qaytara olmaydi. Shuning
uchun uni teleskop bilan ham ko‘rib bo‘lmaydi.
Yer quyosh atrofida 365 kunda aylansa, 9-sayyora bu
masofani 10 000 yilda bosib o‘tarmish.
Xullas, o‘sha to‘qqizinchi sayyora haqidagi ma’lumotlar
hali o‘z isbotini topganicha yo‘q. Chunki bu sayyorani hali
hech kim o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan. Olimlar esa uni boshqa
osmon jismlariga ko‘rsatayotgan ta’siri tufayli taxminan
aniqlashgan, xolos. 1846-yilda Neptun sayyorasining bor-
ligi ham faqat matematik hisoblar evaziga aniqlangan. Bu
safar ham olimlar shunga o‘xshash kashfiyot qilishgan.
41
Hozircha olimlar noma’lum sayyorani matematikadagi
noma’lumlik belgisi bo‘lgan «X» harfi bilan bog‘lab «X say-
yora» deb nomlashmoqda. Noma’lum sayyorani «kashf»
qilgan olimlarning o‘zi esa juda katta ekani tufayli hazilla-
shib «do‘mboq» deb ham atashadi.
– Demak, biz o‘sha noma’lum sayyoraga ham uchamiz,
shundaymi? – so‘radi Ahmad.
– Yo‘q, shart emas. Issiq bo‘lgani uchun Merkuriyga
keyinroq uchamiz. Yana Yupiter, Saturn, Neptun kabi
sayyoralarga ham borishning foydasi yo‘q. Chunki bu
sayyoralarning sathi quyuq gazdan iborat. Ularda Yer-
dagi kabi qattiq yuza emas, balki suyuq yadro va gazlar
bor, xolos.
– To‘g‘ri, bu sayyoralarning sathiga qo‘nishning imkoni
yo‘q, – tasdiqladi Ahmad. – Ammo Yupiterning Yer sayyo-
rasiday keladigan ulkan yo‘ldoshlari Io, Yevropa, Ganimed
va Kallisto ham bor-ku!
– To‘g‘ri aytasan, unda Yupiterning yo‘ldoshlariga bo-
rishni ham rejaga kiritib qo‘yaman, – Margol shunday deb
qog‘ozga yo‘ldoshlar nomini yozib qo‘ydi va dedi: – Ahmad,
kel, oldin Veneraga, so‘ng Marsga uchamiz. Agar kristalni
topa olmasak, keyin boshqa sayyoralarga safar qilamiz.
–
Menimcha, bu eng to‘g‘ri qaror, kelishdik.
Rejani tuzib olgan qahramonlarimiz endi tunni intiqlik
bilan kuta boshlagan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: