Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

Moki  aytayotgan  «Katta  Magellan  buluti»  biz-
ning  «Somon  yo‘li»  galaktikamizga  yo‘ldosh  hi-
soblanadi.  Ya’ni  u  ham  kichikroq  galaktika,  faqat 
«Somon  yo‘li»ga  ergashib  yuradi.  «Katta  Magellan 
buluti» galaktikamizdan 163 ming yorug‘lik yili uzoqligida 
joylashgan. Demak, yorug‘lik tezligida uchilsa, 163 ming 
yilda unga yetib borish mumkin. Bu galaktikada yulduzlar 
«tug‘iladi». Aniqrog‘i, bulutga o‘xshash samoviy changlar 
yig‘ilib, yangi yulduzlarni hosil qiladi. Olimlarning taxmini-
cha, bu jajji galaktikada 30 milliardga yaqin yulduz mav-
jud. Bulutlikda Oltin baliq nomi bilan mashhur bo‘lgan yul-
duz turkumi bo‘lib, u jami 32 ta yulduzdan tashkil topgan. 
Bu  turkumni  Yerdan  turib  oddiy  ko‘z  bilan  ham  ko‘rish 
mumkin.  Gamma  Oltin  baliq  yulduzi  esa  galaktikadagi 
eng  yorqin  yulduzlardan  biri  hisoblanadi.  U  bizning  Qu-
yoshimizdan 500 ming marta yorqinroq!


58
– Ana xolos! – Margolning kayfiyati tushib ketdi.
– «Ko‘kkezar» bilan bu masofani uch oyda bosib o‘tish 
mumkin. Faqat xarita topib, yo‘nalishni to‘g‘ri belgilab olish 
kerak. Lekin men u yoqlarga bora olmayman. Tezroq uyga 
qaytishim kerak, – dedi Ahmad.
– Balki, seni Yerga tashlab, o‘zim Oltin baliq yulduziga 
ucharman.
– Men ham sizga hamroh bo‘lsam degandim, – gapga 
qo‘shildi Moki, – kristalni topishda juda asqataman.
– Ana,  yordamchi  ham  tayyor! Ahmad  sen  faqat  biz-
ga  yo‘nalishni  belgilab  bersang  bo‘lgani,  –  dedi  Margol 
Ahmad ga qarab.
–  Qanday  qilib,  axir,  qo‘limda  xarita  yo‘q-ku.  Bizning 
olimlar  hali  u  yerlarni  o‘rganmagan.  Men  gravitatsiya 
to‘lqinlari  qayoqqa  olib  chiqishini  bilmayman,  –  dedi Ah-
mad xo‘rsinib.
Ahmadning e’tirozi o‘rinli edi. Chunki manzilga olib bo-
radigan yo‘lni to‘g‘ri belgilash uchun shu yo‘ldagi barcha 
osmon jismlarini, ularning hajmi va massasini bilish kerak. 
Aks  holda,  istalgan  gravitatsiya  to‘lqiniga  sho‘ng‘ishning 
oqibati yomon bo‘lishi mumkin. Ya’ni kema bir tuynukdan 
kirib,  koinotning  umuman  boshqa  joyidan  chiqishi  va  fa-
zogirlar cheksiz koinotda adashib qolishlari mumkin. Shu 
sababli butun galaktikadagi yulduzlarining joylashish o‘rni 
ko‘rsatilgan xarita bo‘lmasa, aytilgan manzilga yetib borish 
mushkul.
– Boshim qotdi, endi sayyoramizning taqdiri nima ke-
chadi?! – Margolning ko‘zlariga yosh keldi.
Shu payt Mokining bosh qismidagi chiroqlar yonib-o‘cha 
boshladi. Shaharning himoya tizimi esa ishlab ketib, katta 
karnaylardan «xavf yaqin… xavf yaqin…» degan ovoz ja-
ranglay boshladi.
– Sayyoraga noma’lum uchar qurilma yaqinlashib qoldi, 
– dedi Moki himoya tizimini tekshirib.


59
– Hoynahoy, bu qaroqchi gikslar bo‘lsa kerak! Izimizni 
topishibdi-da! – dedi Margol tahlikali ovozda.
– Endi nima bo‘ladi?! – so‘radi xavotirga tushgan Ah-
mad.
– Qani, yuringlar, sizlarni maxfiy tunnel orqali keman-
gizga olib boraman, – dedi Moki shu payt.
Yuqorida raketa dvigatelining ovozi eshita boshlagan-
di. Ular Mokiga ergashib maxfiy tunelga kirishdi. Bir necha 
daqiqa tunel ichidagi poyezdga o‘xshash transportda yurib 
«Ko‘kkezar» turgan joydan chiqib kelishdi.
– Tezroq, hamma kemaga chiqsin, – dedi sheriklaridan 
tez chopayotgan Margol.
Birinchi bo‘lib kemaga yetib kelgan Margol lyukni ochib 
Ahmadni  ham  bir  urinishda  tortib  oldi.  So‘ng  o‘ylab  o‘tir-
may  Mokini  ham  kemaga  chiqardi.  Ular  kemaga  minib 
tezlik bilan uni o‘t oldirishdi. Endi uchmoqchi bo‘lishganida 
uzoqdan ular tomon uchib kelayotgan gikslarning qiruvchi 
kemasi ko‘rindi.
– Hoziroq uchmasak, ular o‘q uzishni boshlaydi, – dedi 
Moki.
Margol «start» tugmasini bosdi. «Ko‘kkezar» tezlik bilan 
yuqoriga ko‘tarila boshladi. Ammo qiruvchi kema ham ular-
ning ortida qolmayotgan edi.
– Ahmad, Yerga qarab ucha olmaymiz. Ular baribir or-
timizdan qolishmaydi, – dedi Margol imkon qadar tezroq 
uchishga harakat qilib.
Margolning  bu  gapi  to‘g‘ri  ekanini  Ahmad  ham  juda 
yaxshi bilardi. Sababi, qaroqchilar ularning ortidan Yerga-
cha yetib borsa yerliklarga ziyon yetkazishi mumkin. Ammo 
qayoqqa qarab uchishlari kerak?!
– Unda qayoqqa uchamiz?!
Bilmadim, Quyosh tizimidan chiqib ketishimiz kerak!
Shu payt qiruvchi kema bir nechta raketa uchirib hu-
jumga  o‘tdi.  Bu  raketalar  «Ko‘kkezar»ning  ketidan  qol-


60
may taqib eta boshladi. Shu sabab «Ko‘kkezar» ekipaji 
yanada tezroq uchib raketalarga chap berishga harakat 
qilardi. Shu tobda Ahmadning o‘ylab o‘tirishga bir soniya 
ham vaqti yo‘q – har onda raketalar «Ko‘kkezar»ga kelib 
urilishi mumkin. Chorasiz qolgan Ahmad, qanchalar xa-
tarli bo‘lmasin, yo‘lda uchragan birinchi gravitatsiya tuy-
nugiga kirib ketishga qaror qildi. Ikki soniya o‘tar-o‘tmas 
«Ko‘kkezar» eng yaqin gravitatsiya tuynugiga yetib kel-
di-da, uning ichiga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Obmaning 
josuslari esa nima bo‘lganini ham tushunmay hang-mang 
bo‘lib qolishdi. Chunki koinotda biror-bir kema bu qadar 
tezkorlik  bilan  g‘oyib  bo‘lishiga  hali  ular  guvoh  bo‘lish-
magandi.
«Ko‘kkezar»  gravitatsiya  to‘lqinida  15  daqiqa  suzga-
nidan  so‘ng  to‘lqinning  narigi  boshidagi  boshqa  bir  tuy-
nukdan chiqib keldi. Biroq shu 15 daqiqada «Ko‘kkezar» 
Quyosh  tizimidan  17  yorug‘lik  yiliga  uzoqlashib, Al-Toyir 
yulduzi tizimiga yaqinlashib qolgandi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish