Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

QAROQCHINING TUTQUNLARI
General  Obmaning  qaroqchiligi  faqatgina  boylik 
yig‘ishdan iborat emasdi. U koinotdagi olim va muhan-
dislarning g‘oyalarini, ixtiro-yu kashfiyotlarini ham o‘g‘ir-
lar, bulardan o‘zining yovuz maqsadlari yo‘lida foydala-
nar  edi.  Chunki  Obma  qanday  bo‘lmasin  qo‘shinini  ju-
dayam  kuchli  qurollar  bilan  ta’minlashni  hamda  butun 
Somon  yo‘li  galaktikasini  qo‘lga  olishni  orzu  qilardi. 
Mash hur  Salmir  sayyorasining  fazogirlari  qo‘lga  olin-
ganida Obmaning xursandchiligi ichiga sig‘may ketgani 
sababi ham shundan.


48
Mana, bir necha kundirki, general Obmaning askarla-
ri  salmirlik  fazogirlarni  so‘roq  qilishmoqda.  Ammo  qattiq 
qiynoqqa solinsalar ham, ular Quyosh tizimi ekspeditsiya-
sining  maqsadini  oshkor  qilishmadi.  Sabr  kosasi  to‘lgan 
general shu kunlari juda darg‘azab yurardi. Chunki u sal-
mirliklarning judayam muhim topshiriq bilan yo‘lga chiqqa-
nini  fahmlar,  ammo  bu  qanday  topshiriq  ekanini  bilmay 
jig‘ibiyron bo‘lardi. «Juda muhim ish bilan kelishgan... Aks 
holda, Sirius yulduzidan Quyoshgacha 8 yorug‘lik yilidan 
ortiq masofani bosib kelishmasdi, – deya o‘ylay boshladi 
u. – Balki, ular Yashil sayyoraga kelmoqchi bo‘lishgandir? 
Lekin Yerda ularga nima kerak bo‘lib qoldi ekan?» Obma 
ana shunday xayollar bilan hashamatli xonasi markazidagi 
taxtida o‘tirarkan, Rago ismli eng ishongan sarkardasi kirib 
keldi.
– Qo‘mondon, gapirishga ruxsat ber, – dedi yaqin kelib 
qolgan Rago.
– Gapir!
– Odamlarimiz yulduzlararo kemadagi zaxira kapsula-
larning biri kema qo‘lga olinguniga qadar uchib ketganini 
aniqlashdi.
– Xo‘sh-xo‘sh! – general Obma bu yangilikni eshitib o‘r-
nidan turib ketdi.
–  Kemada  hech  qanday  hujjatlar  va  abadiy  energiya 
generatorining yo‘qligini hisobga olsak, demak, biz izlayot-
gan asosiy narsalar shu kapsula bilan g‘oyib bo‘lgan.
– Bu gapingda jon borga o‘xshaydi, Rago! Unda kapsu-
lani darhol izlab topish kerak.
– Men josuslarimizni Quyosh tizimiga yubordim. Kema-
ni Neptun yaqinida qo‘lga olganmiz, kapsula ham uzoqqa 
uchib ketolmaydi. Mars yoki Yupiter yo‘ldoshlariga qo‘ngan 
bo‘lsa kerak.
– Yoki uni Yerga uchirishgan, to‘g‘rimi?
– Ha, balki, shundaydir, – tasdiqladi Rago.


49
Obma bir muddat o‘ylanib qoldi, so‘ng Ragoga yuzlanib:
–  Josuslarni  Yerga  ham  jo‘nat.  Bu  ish  bilan  shaxsan 
o‘zing shug‘ullan, – dedi.
– Xo‘p, aytganingday qilaman, – Rago boshini egib xo-
nani tark etdi.
Tez  orada  Obma  huzuriga  salmirliklar  kapitani  Ge-
dar Vuni olib kirishdi. Obma bu jasur kapitanni shaxsan 
o‘zi so‘roqqa tutib, ularning maqsadini bilib olishga qa-
ror qilgandi. Gedar Vu bir necha kunga cho‘zilgan qiy-
noqlardan so‘ng tinkasi qurigan, oyoqda bazo‘r turardi. 
Ammo uning ko‘zlaridagi jasur nigohlar hamon saqlanib 
qolgan edi. Uning bu o‘trik nigohlarini ko‘rgan Obma ka-
pitan bilan bo‘ladigan hozirgi suhbat besamar bo‘lishini 
oldindan sezdi. Lekin buni Gedar Vuga sezdirgisi kel-
madi.
–  Xo‘sh,  koinotga  mashhur  Salmir  sayyorasining  fa-
zogirlari biz taraflarda nima qilib yuribdi? – mahbusni men-
simay savol berdi Obma.
– Bu joylar qachondan boshlab qaroqchilarning hudu-
di bo‘lib qoldi? Axir, sizlar Protsion yulduz tizimidagi Giks 
sayyorasidan emasmisiz?!
Bunday  hozirjavoblikni  kutmagan  Obma  Gedar  Vuga 
nafrat bilan tikildi. Kapitan esa xotirjam gapida davom etdi:
– E, ha, Giks sayyorasi allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan 
edi-ku. Demak, sizlar shunchaki bevatan bekorchilar to‘da-
si ekansiz-da!
– Bas qil! – suhbatning bunaqa tus olishini kutmagan 
Obma chidab turolmadi: u mushti bilan Gedar Vuning yuzi-
ga qattiq zarba berdi.
Gikslar tabiatan juda baquvvat bo‘ladilar. Ustiga-ustak, 
ularning tanasi salmirliklarga qaraganda 5 marta kattaroq. 
Hozir ham Obmaning zarbasidan so‘ng Gedar Vu sal qol-
sa nobud bo‘layozdi. Shunday bo‘lsa-da, u ingragan ovoz 
bilan dedi:


50
– Mayli, istaganingni qil. Bizlarni qiynoqqa sol. Ammo 
bilib qo‘y, baribir, maqsadingga yetolmaysan! – Gedar Vu 
shunday deb hushini yo‘qotdi.
Obma bu jasur salmirliklarni so‘roq qilish befoyda ekani-
ni endi tushunib yetdi. U salmirliklarni zindonband etishga 
buyruq berarkan: «Hozircha menga qo‘lga kiritgan yulduz-
lararo uchar kema ham kifoya qilib turadi. Qolgan gaplarni 
Quyosh tizimiga uchgan kapsuladagi fazogir orqali aniqlab 
olaman», – deb o‘yladi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish