Davlatova Saidaning
Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanidan
Saddi Iskandariy dostonidagi Iskandar voqeasi va keltirilgan hikoyalar mavzusida yozgan
REFERATI
1."SADDI ISKANDARIY" ("Iskandar devori") — "Xamsa" (Navoiy)ning yakunlovchi dostoni
2.“Xamsa”da Iskandar va Xizr obrazlari
3.«Saddi Iskandariy» - qahromanlik dostoni
4. Saddi Iskandariy dostonidagi hikoyatlar tahlili
5. Xulosa
6. Adabiyotlar ro’yxati
"SADDI ISKANDARIY" ("Iskandar devori") — "Xamsa" (Navoiy)ning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat boʻlib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyada yozilgan. Kohvvb Xamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Hisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar toʻgʻrisida doston yozib, oʻz "Xamsa"lariga kiritganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qurʼoni karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor Zulqarnayn (Ikki shoxli, 18sura, 83 —98oyatlar) hamda yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandri bitta shaxs deb bilishgan va u sharkda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur boʻlgan. Mazkur Iskandarnomalarga Iskandar timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy toʻqima obrazga aylana borgan. Har bir Xamsanavis Iskandar timsolida oʻz ideallarini talqin etishga harakat qilgan.(Shayxlar va domlalar tasdiqlashadiki, Iskandar Zulqarnayn va Aleksandr Makedonskiy farqli odamlardir , sababi Aleksandr Makedonskiy kofir bo'lgan. Iskandar Zulqarnayn esa bir necha bor Allohning yagonaligiga ishonch bildirgan)
Navoiy oʻz asari avvalida, salaflaridan farqli oʻlaroq, tarixiylikka, koʻproq tarix kitoblariga tayanib ish koʻrganini yozadi. Navoiy bu oʻrinda oʻz asarida Iskandar haqidagi boblar izchilligining Qurʼondagi Zulqarnayn haqidagi oyatlarga hamda tarixiy shaxs Aleksandr faoliyatiga muvofiq kelishini nazarda tutgan. Dostonning "S.I." deb nomlanishida ham Qurʼoni karimning Navoiy uchun birlamchi manba boʻlganligi seziladi.
Navoiy talkinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartibqoidalarni katta olamdagi tartibqoidalarga muvofiklashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin boʻlib, dostondagi muqaddima boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini koʻrish mumkin. Mas, Iskandar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni koʻrib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qoʻlini tobutdan chiqarib qoʻyishlarini soʻraydi. Asarda Navoiy insonni bu foniy dunyo hoyu havaslariga ortiqcha ruju qoʻymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni egallagan jahongir boʻlsada, u narigi dunyoga hech narsasiz ketayotganligiga ishora qiladi.
Doston turkiy adabiyotda koʻplab naziralar yozilishiga turtki boʻlgan (Abay, "Iskandar", 19-asr; Shayxzoda, Iskandar Zulqarnayn", 20-asr va boshqalar). Iskandar obrazi sheʼriyatda anʼanaviy obrazga aylangan.
“Xamsa”dagi Iskandar obrazi uchun “Qurʼoni Karim”da bayon etilgan Zulqarnaynga oid uch xususida asos vazifasini oʻtaydi. Bularning biri fotihlik; ikkinchisi odillik; uchinchisi, har ikki tushunchaning negizida turuvchi Ollohga yaqinlik, ilohiy maʼrifat. Navoiydagi odil shoh obrazi talqinida bu uchlik navbatma-navbat aylanib turadi va bu doirada ilohiy maʼrifat tushunchasi ustunlik qiladi: “Aniqki, Biz uning barcha ishlaridan xabardormiz – (uni) ihota qilib olgandirmiz” 1 .
Ayni shaklda odil shoh obraz-tizimni tashkil etadi. Tarixiy-istioraviy xronotopda (makon-zamonda) odil shoh obrazini harakatga keltiradi. Asardagi Xitoy, Hindiston, Turkiston, Eron singari tarixiy makonlar tizimi Qurʼonda qayd etilgan sifatlar bilan uygʻunlashib, tarixiy mohiyat kasb etadi. Bu syujet chizigʻining “Kahf” surasida bayon etilgan Zulqarnayn qissasi bilan mos kelishi (uning dastlab Magʻribga, soʻng Mashriqqa yurishi, Yaʼjuj-Maʼjuj qutqusiga qarshi devor qurishi) 2 obrazning idealligi va tarixiyligini taʼkidlashi bilan bir qatorda, istioraviy qatlamda universallashgan odil shoh gʻoyasini aks ettiradi. Asardagi dengiz, ummon, suv osti xronotoplari esa istoraviy qatlam salmogʻini oshirib, uni tarixiy qatlam bilan tenglashuviga olib keladi. Ayni xronotoplar bilan bogʻliq syujet liniyalarida Iskandarga valiylik, nabiylik maqomlarining berilishi, undagi jahongirlik, fotihlik xususiyatlarini samoviy maʼrifat kontekstida umumlashtiradi.
Navoiy ayni masala talqinida tarixiy dalillarni solishtirish usulidan foydalanadi. Iskandarning nabiyligi, valiyligi hamda suv ostiga safari shariat, tarixiy manba, mantiq singari uch mustahkam ustunga asoslanadi. Bu borada oʻzigacha aytilgan (Iskandarning shisha idishda suv ostiga tushgani xususidagi) mantiqqa zid fikrlarni “Vuquʼigʻi topmas xirad ehtimol…” misrasi bilan inkor etadi. Uningcha, Iskandarning suv ostidagi sirlarni koʻrishi, baʼzilar aytganidek, texnik hodisa emas, balkiy botiniy-ruhiy holatdir. Iskandarning oddiy odamlar koʻrmagan ummon sirlarini koʻrishiga sabab undagi Ollohga yaqinlik, ilohiy maʼrifat, yaʼni nubuvvat chirogʻidir: Valoyat maqomida topti oʻzin Nubuvvat charogʻi yorutti koʻzin… Qayon boqti, koʻrdi nekim bor edi Anga borcha maxfiy padidor edi… Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo”da yozadi: “Mavlono Mirxond “Ravzat us-safo”da Solih a. s. zikridin soʻngra Zul-qarnayn Akbar qissasin bitib, mundoq bayon qilibdurkim, aksar ahli tarix Nuh a. s. din soʻngra va Ibrohim salavot-ur-rahmon alayhdin burun Xud bila Solih a. s. din soʻngra oʻzga paygʻambar boʻlmaydur debdurlar. Ammo saltanatdin baʼzining kalomi munga mashʼardurkim, bu mobaynida Zul-qarnayn Akbar nubuvvat martabasigʻa musharraf boʻlubdur… Bu faqir qalamigʻa ul qobiliyat yoʻqdurkim, ahli tarix bitkondin tahrir qilgʻay”. Bularning hammasi “Xamsa”dagi Iskandarga xos tarixiy va istioraviy xususiyatlar odil shoh obraziga sintezlashganini koʻrsatadi.
“Xamsa” obrazlar tizimida Iskandar obrazi bilan yonma-yon keladigan yetti hakim obrazi ham muhim istioraviy vazifa bajarishi bilan ahamiyatli. Ammo yetti hakim obrazi talqinida baʼzi munozarali jihatlar mavjud. Avvalo, ular “Saddi Iskandariy”da bir butun tizim sifatida keladi. Biri boshqasini taqozo qiladi, toʻldiradi. Dostonda Iskandarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi, qiyin vaziyatlarda maslahat beruvchi, hikmat aytuvchi, dunyo va oxiratga doir masalalarda xulosa bildiruvchi obraz vazifasini bajaradi. Ayni paytda ularning doston syujetiga kiritilishining tub sababi Iskandar obrazini toʻldirishdir. Iskandar obrazisiz ularning barchasi maʼno-mohiyatini yoʻqotadi. Yettilik tizim sifatida olinishi ham Iskandar fotihlik yoʻlida zabt etgan yetti bosqich bilan bevosita bogʻliq. Navoiy mazkur bosqichlarni quyidagi tartibda beradi: 1) yetti iqlimni qoʻlga kiritdi; 2) yer yuzining Iskandar oyogʻi yetmagan biror burchagi qolmadi; 3) jahonning yetti oʻlkasida podshohlik taxt-saltanatini qurdi; 4) yetti dengizni fath etdi; 5) yaʼjuj-maʼjujga qarshi devor barpo etdi; 6) koinot jismlari, ularning harakatlarini oʻrganish uchun “Usturlob”, “Oinai jahonnamo”ni kashf etdi; 7) valiylik, paygʻambarlik maqomiga erishdi. 5 Iskandar bajargan ushbu ishlarning barchasida mana shu yetti hakim asosiy rolni bajaradi.
Masalaning bahsli jihati shundaki, mazkur obrazlarga berilgan ismlarning barchasi (Sakrat, Platon, Geraklit, Pifagor, Aristotel va hokazo) antik yunon madaniyati vakillariga tegishli. Ushbu ismlar ularning sharq dunyosiga moslashtirilgan va ayni tarzda mashhur boʻlgan nomlaridan aynan olingan. Voqean, Navoiy “Xamsa”si yozilgunga qadar arab, fors va turkiy dunyoda bu nomlar faqat xalq tilidagi afsona sifatida emas, balki aniq ilmlar, fanlarning bilimdonlari sifatida taniqli edi. Ularning asarlari Sharq tillariga tarjima qilingan, baʼzilariga raddiyalar, sharhlar yozilgandi. Shu sabab aksar tadqiqotlarda Iskandar, uning otasi Faylaqus va yuqorida nomlari sanalgan yetti hakim bilan antik yunon madaniyatining tarixiy vakillari oʻrtasida bogʻliqlik bor, degan fikrlar uchraydi. Masalan, dostonga berilgan izohlarda: “Iskandar, Iskandar Zulqarnayn – Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan obraz. Bu obrazning paydo boʻlishi tarixiy yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy faoliyati bilan bogʻliq. Iskandar Qurʼonning surasida eslangan Zulqarnayndir” yoki “Suqrot, Sakrat (mil. av. 470 (469) – Afina – 399) – qadimgi yunon faylasufi” degan soʻzlarni oʻqiymiz. 6
Holbuki, Yevropa tarixchilari asarlarida keltirilgan Aleksandr Makedonskiyning “Qurʼoni Karim”da qissasi berilgan Zulqarnaynga mutlaqo aloqasi yoʻq. Bu ikki nom va ularning faoliyatlari oʻzaro solishtirib boʻlmaydigan darajada farq qiladi. Birinchidan, Zul-qarnayn “Qurʼoni Karim”da Ollohning solih bir bandasi sifatida tilga olinadi. Unga xos islomiy tabiat, yolgʻiz Ollohga boʻlgan imon, sidq maqtaladi. Plutarx asarida esa Iskandar tilidan shoh Filippga qarata aytilgan shunday soʻzlar keltirilgan: “Zevs nomi bilan qasam ichamanki, otning pulini toʻlayman” 7 . Bu dalil ikki Iskandarning eʼtiqod nuqtai nazaridan ikki qutbga mansubligini koʻrsatadi. Ikkinchidan, Aleksandr Makedonskiy biografiyasi “Qurʼoni Karim”dagi Zul-qarnayn biografiyasiga hech jihatdan mos kelmaydi. Uchinchidan, Makedonskiyning tarixiy faoliyati, fath etgan oʻlkalari Zul-qarnayn faoliyati va fotihlik ishlarining oʻndan biriga ham teng kelmaydi va hokazo. Qolaversa, bular fikrimiz tasdigʻiga xizmat qiladigan misollarning eng mashhurlari, xolos (bunday misollarni oʻnlab keltirish mumkin). Qolgan yetti hakim haqida ham bu borada oʻnlab qiyosiy tahlillar, dalillar keltirish mumkin. 8 Ammo bu oʻrinda batafsil solishtirma tahlilning imkoni ham, zarurati ham yoʻq, deb oʻylaymiz. Muhimi, yunon faylasuflari Navoiy asarlari uchun tarixiy prototip emas, bor-yoʻgʻi ism-istiora vazifasini oʻtaganini taʼkidlashdir.
Navoiy Sharq madaniy dunyosida mashhur yunon faylasuflari, ularning ijodiy meroslari haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlgani aniq. Ammo eʼtiqodi, dunyoqarashi, badiiy-konseptual nuqtai nazariga koʻra bunday tarixiy shaxslarni “Xamsa” obrazlar tizimiga kiritmadi. Yetti hakim masalasida esa faqat ismlardan unumli foydalandi, xolos. Boshqa jihatdan ularni dostondagi yetakchi obraz – asosi “Qurʼoni Karim” boʻlgan Iskandarga moslashtirdi. Shu tushunchaga mos xarakter, ichki va tashqi qiyofa, harakat va nutq (muloqot) tizimini ishlab chiqdi. Ularni mutloq istioraviy obrazga aylantirdi. Yuriy Borevning fikricha, obraz mukammalligining muhim sharti unda uch narsaning mujassam boʻlishidir: a) metaforiklik; b) assotsiativlik; v) paradoksallik. Bu jihatlar yagona obrazda akslanar ekan, ular oʻrtasida aniq, tizimli munosabat vujudga keladi. Natijada, mukammal obraz tugʻiladi. 9 Shu maʼnoda Navoiy yetti hakimining asosi Iskandar obrazi va unga asos oʻlaroq talqin etilgan “Qurʼoni Karim” qissasidir. Ular xuddi shu sifati bilan tarixiy yunon faylasuflariga, shuningdek, tarixiy Aleksandr Makedonskiy shaxsiyatiga ham paradoksal pozitsiyada turadi. Ayni paytda, tarixiy ongda mavjud shaxslarga nisbatan xira assotsiatsiya uygʻotadi. Ularning bir yoki bir necha obrazlarda mujassamlanishi esa poetik istioraviylikni taʼminlaydi.
“Xamsa”ning boshqa dostonlarida ham uchraydigan Suhaylo, Suqrot, Aflotun, Arastu singari obrazlar ham tom maʼnoda istioralashtirilgan obrazlar hisoblanadi. Deylik, Suqrot “Saddi Iskandariy”da hakim, rahnamo, olim sifatida koʻzga tashlansa, uning “Farhod va Shirin”dagi badiiy vazifasi gʻayrioddiyligi, ezoterik unsurlarga boyligi bilan Xizr va Suhaylo obrazlari vazifasiga oʻxshab ketadi. Umuman, ushbu obrazlar “Xamsa” obrazlar tizimida sof istioraviyligi bilan boshqa obrazlardan ajralib turadi.
Xizr (a. s.) esa “Xamsa”dagi homiy yoki yoʻlboshchi obrazi vazifasini bajaradi. Ora yoʻlda qolgan, kalavaning uchini topa olmagan qahramonga yoʻl koʻrsatadi, kerak boʻlsa, homiylik qiladi. Qahramonning aqli yetmaydigan tilsimlarni ochishga yordam beradi. Dushmani bilan kurashishga koʻmaklashadi. Xizr alayhissalom shaxsining real tarixiy asosga egaligi, birinchi navbatda, ilohiy kitoblarda kelgan maʼlumotlar orqali sobitdir. Bu jarayon biz nomini biladigan toʻrt ilohiy kitobdan oldin ham turli naqllarda (sahifalar, vahiylar) oʻz ifodasini topgan. Keyinchalik ilohiy naql mohiyati ijtimoiy-siyosiy, ruhiy maʼnaviy evrilishlar yuz bergan bosqichlarda buzilib, ular dastlab mif va afsonalarga, bora-bora epos, ertak, xalq qissalariga singib ketgan. Xizr obrazining folklor va jahon xalqlari yozma adabiyotiga kirib kelishi koʻproq mif va folklor bilan bogʻliq. Bu obraz goh nomini, goh badiiy funksiyasini, goh pozitsiyasini oʻzgartirgan holda asrlardan-asrlarga oʻtib, yashab kelyapti. Ammo uning zamonlar osha saqlab kelayotgan uch xususiyati borki, ular hech qachon oʻzgarmaydi. Hatto shu uch xususiyat obrazning adabiy jarayondagi yashovchanligini taʼminlaydi. Bular Xizr obraziga xos gʻayrioddiy bilim, abadiy hayot va jahongashtalikdir. Jahon adabiyotida mana shu xususiyatlardan biri, ikkitasi yoki har uchalasiga ega boʻlgan obrazlar tizimi ham kuzatiladi. Bu esa Xizr shaxsiyati va Xizr obrazining adabiyot tarixining turli bosqich va davrlarida ijodkorlarga ilhom berganini koʻrsatadi.
Tadqiqotchi Olimjon Davlatov Navoiy asarlarida Xizr timsoli haqidagi muxtasar ishida Vasiliy Bartold, Mixail Piotrovskiy, Nataliya Prigarina, Shorustam Shamusarov singari olimlarning ayni timsol genezisiga doir fikrlaridan iqtibos keltiradi. Shu oʻrinda ayni masala xususidagi uch xil qarash namoyon boʻladi: a) Xizr timsoli islomgacha boʻlgan mifologik tafakkur mahsuli ekanligi (Bartold); b) bu timsolning toʻgʻridan-toʻgʻri eron miflari bilan bogʻliqligi (Piotrovskiy, Prigarina); v) Xizr timsolining islom mifologiyasiga aloqadorligi (Shomusarov). Tadqiqotchi ayni qarashlarga munosabatini quyidagicha ifodalaydi: “Musulmon Sharqida Oʻrta asrlarda ham mavjud boʻlgan Xizr haqidagi qarashlar va unga nisbat berilgan xislatlar, asosan, Qurʼon va tafsirlar negizida shakllangan desak, xato boʻlmaydi. Nazarimizda, yuqorida koʻrsatilgan manbalardan tashqari, Xizr va obi hayot afsonasining shakllanishida Kahf surasining 63-oyati ham muayyan rol oʻynagan…” (taʼkid bizniki – U. J.). 10 Avvalo shuni qayd etish lozimki, alohida punktlar tarzida tasniflab koʻrsatganimiz uch qarash faqat zohiriy shakliga koʻra toʻgʻriga oʻxshaydi. Chunki har toʻrtala olim Xizr obrazi genezisi haqida fikr yuritishar ekan, masalaning asl mohiyati yoki obrazning tub ildizlaridan kelib chiqishmagan. Balki ularning har biri oʻzlari uchratgan, ishongan, tadqiqot obʼyekti sifatida oʻrgangan manbalarinigina Xizr obrazining genetik asosi sifatida koʻrsatganlar. Deylik, Bartold bu obraz genezisini qadim shumer eposi “Bilgamish”ga, Piotrovskiy va Prigarinalar eron mifologiyasiga, Shomusarov esa “Qisasi Rabgʻuziy”ga bogʻlaydi. Holbuki, gap genezis masalasiga borib taqalar ekan, unga doim tipologiya hodisasi “xavf” solib turadi. Yaʼni bir manbada uchraydigan syujet, motiv, obraz yoki detalning boshqa bir, undan-da qadimiyroq manbada ham uchrab qolishi birinchi manba qiymatini keskin tarzda tushirib yuboradi. Qiyosiy-tipologik metodning oʻzi ham, agar chuqurroq qaraladigan boʻlsa, ilk manba masalasida boshi berk koʻchaga kirib qoladi. Davrlar, siyosatlar, saltanatlar, tamaddunlar evrilishi tarixiy-materialistik yondashuvlarning aksariyatini yoʻqqa chiqaruvchi koʻrinmas kuch boʻlib xizmat qiladi.
Teranroq nazar tashlaydigan boʻlsak, V. Bartold qayd etgan shumer afsonalari melodiy yil hisobidan 45-50 asr, eron mifologiyasi 20-25 asr farq qiladi. “Qisasi Rabgʻuziy” esa melodning XIII-XIV asrlariga toʻgʻri keladi. Shu ketma-ketlikdan kelib chiqib, ilk manba sifatida shumer afsonalarini qabul qiladigan boʻlsak, shumerlar uni Nuh paygʻambarga xos baʼzi sifatlar bilan sintezlashgan tayyor obraz sifatida qayoqdan oldilar, degan savol paydo boʻladi. Ayni paytda Xizr (a. s.) timsoli genezisini shumerga xoslash, yana bir yechimsiz muammoni – qadim eron mifologiyasining shumer madaniyatidan nimalarni va qay yoʻsinda oʻzlashtirganlari haqidagi muammoni koʻndalang qoʻyadi. Bu masala, bizningcha, hali-hamon biror adabiyotshunos, madaniyatshunos tomonidan ayni tarzda qoʻyilgan, tadqiq etilgan emas. “Qisasi Rabgʻuziy” masalasining esa javobi oson. Islom muhitida yashagan Rabgʻuziy “Qurʼoni Karim”dagi qissa, rivoyat va hikoyatlarni biroz badiiylashtirib tasniflab chiqqan, xolos.
Ammo shumer afsonalarida mavjud Xizr obrazi “Qurʼoni Karim” matniga qanday kirib qoldi? Paygʻambarimizga (s. a. v.) nozil qilingan, eng rostgoʻy, eng bilimdon sahobalar tomonidan jamlangan, yuzlab din olimlari tomonidan oʻrganilgan, sharh va tafsir qilingan “Qurʼoni Karim”ga koʻpxudolik tafakkur tarzi hukmronlik qilgan shumer manbasidan biror unsur oʻtishi mumkinmidi? Umuman, “Qurʼoni Karim” sahifalarida mifga oʻrin bormi?
Albatta, yoʻq. Boʻlishi ham mumkin emas. Shunday boʻlgach, Sh. Shomusarov tomonidan qoʻllanib, Olimjon Davlatov oʻz fikrlariga dastak oʻlaroq qabul etgan “islom mifologiyasi” istilohi mutlaqo xato tushuncha. Negaki, Yaratgan nozil etgan son-sanoqsiz kitoblar ichida buzilmagani faqat va faqat “Qurʼoni Karim”dir. Mifologiya yoki mif istilohi esa buzilgan kitoblarning qoldiqlari (taqriban “Gita”, “Dxarma”, “Dao”, “Avesto” singari), uydirma, afsonaga aylantirilgan ilohiy axborotlarga nisbatan ishlatiladi. Shunday ekan, na shumer, na eron mifologiyasining Navoiydagi Xizr obraziga hech bir aloqasi yoʻq.
Olimjon Davlatov islom sharqi adabiy manbalarida mavjud Xizr timsollarining asosi “Qurʼoni Karim”da ekanini toʻgʻri qayd etgan. Ammo genezis masalasiga qoʻl urib, turli nooʻrin qarashlarni keltirar, ularga juzʼiy munosabatini bildirar va ularni mazkur fikri bilan bogʻlar ekan, oʻzining haqqoniy xulosasini inkor etish darajasiga boradi. Chunki “Qurʼoni Karim” shumer va eron mifologiyasidan zamon oʻlchoviga koʻra keyinroq nozil etilgani bois, Olimjon Davlatov talqinidan mif birlamchi, din va diniy kitoblar ikkilamchi tarzidagi markscha-moddiyuncha xulosa kelib chiqadi. Holbuki, inson yaratilgan ilk davrlardayoq naql (ilohiy koʻrsatmalar, axborotlar) paydo boʻlgan. Sababi yer yuzidagi ilk hayotini boshlayotgan odam yangi dunyo jumboqlariga faqat aqli bilan yechim topa olmas edi. Keyinchalik turli hajmdagi sahifalar, kitoblar tarzida bu naqllar yangilanib turdi. Odam (a. s.) farzandlarining koʻpayishi, turli millatlarga boʻlinib ketishi, roʻy bergan va berayotgan har xil hodisalarni toʻgʻri anglashi uchun naqllar ham, mazmun ham hajm jihatidan kengayib bordi. Asrlar oʻtishi bilan naql tarkibida Odam avlodlariga oid rivoyatlar, qissalar, noyob axborotlar koʻpaya boshladi. Xizr alayhissalom haqidagi axborot ham ayni jarayonning mevasi boʻlib, bu shaxs tavallud topgan davr Nuh (a. s.) toʻfonidan oldingi asrlarga toʻgʻri kelishi ehtimol. Shumer eposi syujetiga koʻra Bilgamish Xizr (a. s.) sifatlariga ega Utnapishtim bilan toʻfon haqida suhbatlashadi. 11 Demak, Xizr haqidagi naql (ilohiy axborot) shumerlar paydo boʻlguniga qadar ham mavjud ekan. Biz bu obrazga oʻxshash istioraviy nusxalarni hind eposi “Ramayana” va “Maxabxarata”da ham uchratamiz. “Ramayana”dagi barcha boʻladigan voqealar mohiyatini biluvchi Ram, “Maxabxarata”dagi abadiy umr sohibi, gʻayb ilmining bilimdoni, har joyda hoziru nozir Krishnada Xizrga xos sifatlarni kuzatamiz. Antik yunon eposi “Odisseya”da bosh qahramon kimsasiz bir orolda abadiy umr bilan jazolangan bir cholni uchratadiki, bularning hammasi mif, afsona va eposlar tarkibiga faqat ilohiy naql vositasida oʻzlashtirilgan. Geografik jihatdan ancha olis joylashgan, oʻrtalarini dengiz, togʻu oʻrmonlar ajratib turgan, oʻtmishda hech qanday madaniy aloqaga kirishmagan millatlar folklorida bunday oʻxshash obrazlarning uchrashi ilohiy naql manbaining yagona ekani tufaylidir. Zotan, samoviy axborot (naql) uchun hech qanday millat, elat, til va madaniyat oʻzgaligi, hech qanday geografik noqulayliklar toʻsiq boʻla olmaydi.
Avvalo, Xizr obrazining tarixiy omillari masalasi qoʻyilganda qatʼiy suratda ikki manba – “Qurʼoni Karim” va Muhammad alayhissalom hadislariga tayanish Navoiy ijodiy metodi asoslarini toʻgʻri belgilashga olib keladi. Ushbu manbalardagi maʼlumotlarga koʻra, Xizr degan shaxs real tarixda mavjud. Ammo uning qachon va qayerda tavallud topgani, kimning farzandi ekani nomaʼlum. Chunki bu haqda ishonchli manbalarda biror maʼlumot berilmagan.
Ikkinchidan, Xizr – ulkan bilim sohibi. “Qurʼoni Karim”dagi “Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilarki, Biz unga Oʻz dargohimizdan rahmat (yaʼni paygʻambarlik) ato etgan va Oʻz huzurimizdan ilm bergan edik”, oyati bunga dalildir. 12 “Al jomiʼ as-sahih”da esa shunday keladi: “Ubay ibn Kaʼb Rasulullohdan (s. a. v.) shunday rivoyat qilgan ekanlar: “Bir mahal Muso alayhissalom Banu Isroilga mansub bir toʻda odamlar orasida (xutba) qilib turgan edilar, bir kishi kelib: “Siz oʻzingizdan koʻra bilimdonroq biror odamni bilurmisiz?” dedi. Muso alayhissalom: “Yoʻq (bilmayman)”, dedilar. Shunda Olloh taolo Muso alayhissalomga: “Albatta, bizning bandamiz Xizr (sizdan bilimdonroqdur)”, deb vahiy yubordi…” 13 “Farhod va Shirin”da Xizr alayhissalomga xos bu sifat qahramonga ustozlik qilib, tilsim sirlarini oʻrgatuvchi homiy oʻlaroq istioraviylashgan shaklda koʻchgan. Dostonning XXIV bobida Farhod hazrati Xizr bilan uchrashadi. Bu uchrashuv tasvirida Navoiy Xizr obrazi mohiyatini mukammal poetik kompleks tarzida jonlantiradi. Ushbu kompleks dekoratsiyasi shunday qismlarni uygʻunlashtirgan: yam-yashil oʻtloq, unda bir zilol buloq, buloq boʻyida boʻyi osmonga tutash yam-yashil daraxt, daraxt ostida suhbatlashayotgan Xizr bilan Farhod. 14
Uchinchidan, Xizr saodat va murod yoʻlini koʻrsatuvchi pir, jahongashta yoʻlboshchi. Xizr obraziga xos bu funksiya Farhod bilan boʻlgan muloqotda ham aks etadi: Meni Xizr anglakim, tuttum yoʻlungni Ki, to bu yoʻlda tutqoyman qoʻlungni… (“F. Sh.”, 163-bet) deydi unga qarata Xizr. U Farhodga keyingi sinov bosqichlari xaritasini oʻta mukammal tarzda (necha qadamligi-yu, qayerda burilish, qayerda darvoza, qayerda eshik, qayerda tuynuk borligigacha) bayon etadi. Hali bosib oʻtilmagan yoʻl Farhodga Xizr vositasida ayon boʻladi. Farhod shu yoʻl orqali maʼshuqa visoliga erishadi. Garchi, bu yoʻlni zohiran Xizr yoʻldoshligida bosib oʻtmagan boʻlsa ham, botinan u bilan birga harakatlanadi (u bergan taʼlimga koʻra yoʻl bosadi, “ismi aʼzam”ni tilidan qoʻymaydi). Xizr Farhodga ogʻzaki chizib bergan yoʻl tasviri shunday: ikki tomoni toshloq yoʻl, uzunligi oʻn ikki ming qadam. Oʻn bir ming qadamdan keyin tosh devor keladi, u yerda bir nar sher bogʻlangan. Sher hamla qilganda Sulaymon uzugini naʼra tortayotgan ogʻziga otilsa, u oʻladi. Bundan oʻtib toʻqqiz yuz qadam yursa, oldidan toshtaxta chiqadi. Toshtaxtani tepsa, qalʼa darvozasi ochiladi. Qalʼada unga ichida oʻt yonib turadigan, qoʻlida yoy ushlagan temir odam qarshi chiqadi. Temir odamga yuz qadam masofasida yaqin kelib, koʻkragidagi oynani nishonga olsa, Iskandar tilsimi ochiladi.
Ushbu Farhod Xizr uchrashuvi xronotopida, Xizr tilidan retrospektiv usulda hikoya qilingan bir manzara keladi. Bu Iskandar haqidagi manzara boʻlib, unda Xizrning Iskandar bilan zulmat vodiysiga safar qilgani, u yerdan hayot suvini topgani, yoʻldoshiga fotihlik va tuganmas xazina, Xizrga esa abadiy hayot nasib etgani haqida gap ketadi: Suv istab ul koʻp urdi har taraf gom Va lekin yetti ul suvdin manga kom… Mana shu joyda Xizr obrazining uchinchi sifati – boqiy hayot sohibi ekani maydonga chiqadi. Bu epizod bir jihatdan ikkinchi va beshinchi dostonlarni semantik jihatdan sintezlaydi; ikkinchidan, xamsachilik silsilasida mavjud hayot suvi epizodini davom ettiradi; uchinchidan, Xizr obrazi istiorasini tashkil etuvchi eng muhim sifatni taʼkidlashga xizmat qiladi.
Umuman, Navoiy “Xamsa”sida Iskandar va hazrati Xizr obrazlari oʻzining manbaviy asoslari, asar obrazlar tizimida bajaradigan badiiy vazifasi, poetik tasvirlanishiga xos ulkan xronotop maydoniga koʻra bir-birini toʻldiradi. “Xamsa” badiiy konsepsiyasini yoritishda muhim oʻrin tutadi.
«Saddi Iskandariy» Navoiy ijtimoiy-siyosiy qarashlarining yorqin badiiy
ko`zgusidir. Adolatli va ma`rifatparvar podsho boshchiligidagi markazlashgan
davlat uchun kurash dostonning asosiyg`oyaviiy motividir. Navoiy dostonda
adolatli va ma`rifatparvar shozning mukammal qiyofasini ko`rsatgin, o`zining
ijtimoiy siyosiy qarashlari, orzu-intilishlarini badiiy mukassamlashtirishni o`z
oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Iskandar nomi ostida, odatda, yaqin va o`rta Sharq mamlakatlarida Iskandari
Zulqarnayn, Iskandari Rumiy yoki Iskandar Maqdon deb yuritiladigan Aleksandr
Makedonskiy tasavvur qilinadi. Biroq Navoiy qahramoni bilan tarixiy Iskandar
o`rtasida ayrim o`xshash belgilar bo`lsa-da, Navoiy Iskandari mutloqa tarixiy
Iskandar Navoiy orzu qilgan adolatli va ma`rifatparvor ideal podshoning xayoldagi
romantik timsolidir. Buning uchun Aleksandr Makedonskiy va uning badiiy
adabiyotda an`anaviy bir timsolga aylanishi haqida qisqacha bo`lsa ham aynib
ftishga to`g`ri keladi.
Aleksandr Makedonskiy (356-323 yillar) qadimgi dunyoning mashhur
lashkarboshisi va davlat arbobidir.
Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin ko`p o`tmay uning hayoti va harbiy
yurishlari haqidagi Kliparx va Oneskrit asar yaratadilar. Bu asar grek yozuvchisi
Plutarxning (46-126) Makedonskiy haqidagi tarixiy-biografik asarlar bilan bir
qatorda yaratildi. Afsona va rivoyatlar paydo bo`la boshladi.
X asrdan boshlab Iskandar timsoli yozma etik she`riyatning an`anaviy
timsoli sifatida takominlashib bordi. X asrning buyuk san`atkori Firdavsiy
«Shahnoma»da Iskandar haqida maxsus doston yaratdi. Firdavsiy dostonining
asosini Iskandarning qahramonlik, ko`proq fantastik, sarguzashtalari tashkil qiladi.
Firdavsiy Iskandarning Doroga (ahmoniylar sulolasi) qarshi jangi, Hindiston,
Miyor, Hitoy va boshqa mamlakatlarga yurishi zulmatga kirishi,g`ov qurib, ya`juj-
ma`nunlarning yo`lini to`sishi, turli dohshatli hayvonlarga qarshi jangi va
boshqalarni hikoya qiladi.
Nizomiyning «Iskandarnoma»si bilan Iskandar timsoli yaqin va O`rta Sharq
xalqlari adabiyotida yangi taraqqiyot pog`onasiga kutarildi va Xamsachilikning
an`anaviy timsoli bo`lib qoldi. Nizomiy Iskandar timsolida adolatli podsho
qiyofasini tasvirlashni maqsad qilib qo`ydi. U tariyxiy asarlardan, xalq og`za
badiiy ijodidian keng foydalandi. Biroq Nizomiy fantastik sarguzashtlarni
kamaytirib, Iskandarning faoliyatini va Iskandar timsolining ichki mohiyatini
«o`laroq va mukamlaxroq yoritishga intiladi. Shoir Iskandar timsolini, to`g`rirog`i,
bu timsoldan tutilgan maqsadni o`z zamonasi va zamini bilan bog`laydi.
Nizomiydan taxminan 100 yil keyin 1300-1301 yillarda ulug` hind shoiri
Amir Xisrav Dehlaviy «Oynan Iskandariy» dostonini yaratadi. Nizomiyning
Iskandar haqidagi tariyxiy-afsonaviy manbalardan mukammal foydalanganini qayd
etgan Xisrav Dehlaviy o`z dostoni syujetida asosan «Iskandarnoma» voqealariga
tayanadi. Lekin, shu bilan birga, u «Iskandarnoma»dan xiyla erkin foydalanib,
dostonga bir qator yangi hikoya va timsil-timsollar kiritadi Xisrav Dehlaviy
Nizomiy dostonining kompozitsiyasini xiyla mukammallashtiradi. Oynan
Iskandariy»ning tili ancha sodda, uslubi ravon bo`lib, fors-tojik tilida yaratilgan.
Dostonning yana boshqa fazilatlari ham bor. Bu birinchi galda Xisrav
Dehlaviyning tabiatni, uning hodisalari va ujurlarini, ilohiylikni tasvirlashdagi
mahoratida ko`sinadi.
Xullas, Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonicha qadar Iskandar timsoli
uzoq asrlar davomida murakkab takomil bosqichini kechib utib, Xamsachidlikning
an`anaviy timsoliga aylandi. Navoiy Iskandari ana shu adabiy an`analar
taraqqiyotida yangi va ulkan hodisa bo`ldi.
Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarning to`g`ilishi, yoshlik
yillari, ta`lim-tarbiyasi, Faylaqusning vafoti va Iskandarning taxtga chiqish uning
Dora bilan to`qtashuvi, Eronni egallab olib, u erda adolat o`rnatishi, Kashmirga
yurish qilib zolim Malluni engishi, Hind shohi va Chin xoqoni bilan do`stona
bitishuvi, Mag`ribda vahshiylarga qarshi jongi, Kirvon o`lkasida ya`nun va
ma`junlarning yo`lini to`sish uchun sad-devor barno etishi hamda dengiz sayohati
Iskandar sarguzashtalarining asosini tashkil qiladi.
A.Navoiy Iskandar timsolini tayyor holda bermaydi, uni voqealar rivoji
bilan birga pog`onama –pog`ona o`stirib, tokomillashtirib boradi. Bu
jihatdanNavoiiyning Iskandari Dehnaviynikidan farq qilib, Nizomiy qahramoniga
yaqin turadi.
Navoiy shohzoda Iskandar obraziga, uning go`daklik yillari, ta`lim-tarbiyasi
va bolag`otga etishishga katta e`tibor berldi. Shahzoda toji-taxt va mol-davlatga
emas, balki ilm-fanga, olijanob insoniy fazilatlarni egallashga intiladi.
Buyuk Sharq shoirlarning Iskandar mavzuiga qayta-qayta murojaat
qilganlar. Yuksak fikr – g‟oyalarni ulug‟ siymolar faoliyati timsolida ko‟rsatish
adabiyotda ko‟p uchraydi. Chunki bu siymolarning qilgan ishlari, bir tomondan,
ularning kuchli tabiatidan darak bersa, ikkinchi tomondan, ularni yetishtirib
chiqargan voqealarga boy tarixiy sharoitning mazmunidan kitobxonni xabardor
qiladi. Iskandar mavzui Navoiyga o‟z orzu-istak va ijtimoiy-falsafiy fikr-
mulohazalarini bayon qilish uchun mos kelgan. Shuning uchun ham bu mavzuga
shoir qayta-qayta murojaat qilgan. 1483-yili yozilgan “Hayrat ul- abror”da
Iskandar hikoyasi keltiriladi. Bu hikoya “Iskandarning yeti iqlim mamoligini
panjai tasarrufiga kiyirg‟oni va xoliy ilik bila olamdan rihlat markabin surg‟oni”
27,243 to‟g‟risidadur.
Bu hikoyada Iskandar butun dunyoda hukmron bo‟ladi. Uning yurish qilib
borib o‟ziga boysundirmagan biror yeri qolmaydi. Shohlar Iskandarga qul
bo‟ladilar. U ham shoh, ham vali, ham nabiy edi. Ammo o‟layotgan paytida
Iskandarga hech kim yordam bera olmaydi . Barcha hukamo va bandalari yashil
bog‟ ichida qoldilar, podshoh esa qora tuproq ichiga kirdi. Buni oldindan sezgan
podshoh esa o‟z yaqinlariga vasiyat qiladi: “Uning jasadini qabrga eltishdan oldin
qo‟lini tobutdan chiqarib qoysinlar, tokim, ko‟rgan odamlar bilishsinlarkim yetti
kishvar shohi bu dunyodan hech narsa olib ketmayapti ”.
Bu hikoya oz so‟zli ixcham misralarda nihoyatda chuqur va mazmundor
fikrlarni
ifodalaydi.
Hikoyatdagi
tasvir
ta‟sirli
ziddiyatlar
asosida
qurilgan.Iskandarning vasiyati sharq poeziyasida mashhurdir. Keyinchalik Navoiy
uni ikki marotaba ” Saddi Iskandariy” dostonida ham takrorlaydi. Bu haqda
keyingi boblarimizda fikr yuritamiz.Demak, inson kim bo‟lishidan qat‟iy nazar
dunyoga hirs qo‟ymaslik kerak. Baribir bu dunyodan quruq qo‟l bilan ketilishi
shoirning falsafiy va tarbiyaviy qarashlarida ifodalab beradi.
(“Ajam podshohlari tarixi”) asarida ham uchraydi.Unda Navoiy Ajam
podshohlarining qisqacha tarixi va tarifini keltiradi. Navoiy bu kitobining
manbalarini ham ko‟rsatib o‟tadi. Ular Jaloliyning “Nizom –ut-tavorix ”, Imom
Muhammad G‟azzoliyning “Nasihat ul-muluk”, Shayx Bu Ali Miskavayxning
“Odob –ul- a‟rob-val-furs”, Hammidulloh Al Mustafiyning “Muntaxab ut-tavorix”
va qozi Bayzoviy, degan muarrixning asari kabilardir . Bu kitoblar o‟z davrida ilm
ahli o‟rtasida ancha mashhur bo‟lgan.
Navoiy Iskandarning tug‟ulishiga oid xilma-xil voqealarni ham bayon qiladi.
Rum podshohi Faylaqus (Filat)ning qizi bir oz vaqt Eron hukumdori Doro
nikohida bo‟ladi, so‟ng Doro uni otasi huzuriga qaytarib jo‟natadi. Uning Dorodan
homilasi bo‟ladi. Otasi Faylaqusning uyiga qaytgach ayol o‟g‟il tug‟adi, u bola
Iskandardir. Faylaqus uni o‟z o‟g‟li deb e‟lon qiladi, uni tarbiyalab voyaga
etkazadi.
Iskandarga bag‟shlangan bobda ham uning tug‟ulishi to‟g‟risidagi bir qator
ma‟lumotlar keltirilgan. Masalan, Bonakatiy kitobida va “Devon un-nasab”da
Iskandarni Hirmisi Rumiy o‟g‟li deyilgan. Hirmisning otasi Lafti Binni Yunon
binni Gorax binni Yofas binni Nuhdir. 27,246 . Boshqa bir rivoyatda quyidagi
tafsilotlar beriladi: Bozur binni Albom bilan Iskandariya podshohi o‟rtasida
muttasil adovat davom etar edi. Ikki o‟rtada ittifoq va ahllik o‟rnatish maqsadida
Bozur Afliyunning qiziga uylanadi. Ammo ko‟p o‟tmay u xotinini otasining uyiga
qaytarib yuboradi. Homilador ayol yo‟lga o‟z hamrohlari bilan notinch joylardan
o‟tayotganida uzoqdan qora ko‟rinadi. Uni qaroqchilar deb oylab hamma qo‟rqib
ketadi. Shu paytda ayolning homilasi tushadi odamlar chaqaloqni bir lattaga o‟rab
chuqur boshida qoldirib, qochadilar. U qora sahro quyuni bo‟ladi. Yolg‟iz qolgan
chaqaloqni tasodifan kelib qolgan echki emizib yuradi. Bir kuni echkining egasi
qari kampir uni axtarib kelib bolani ko‟rib qoladi va bolani uyiga olib ketadi.
Kampir bolani tarbiyalab voyaga etkazadi. Shu bola Iskandar bo‟ladi. Iskandar
Afliyun hukmron bo‟lgan shaharga kirib kelayotganida, qasr tomida turgan
onasining unga ko‟zi tushib qoladi. Mehrdan ayolning ko‟kragiga sut keladi, u o‟z
o‟g‟lini taniydi. Onasi Iskandarni olib qoladi.
Navoiy Iskandarning “Hayvon suyuni (suvini)” qidirganligini aytadi. Ammo
bu suvini Ilyos va Xizr topadilar, u Iskandarga nasib bo‟lmaydi 27,247 . Kitobda
yana Iskandarning vasiyati keltiriladi, shuningdek uning qabri Iskandariyaga
ekanligi ham aytib o‟tiladi.
“Tarixi muluki ajam”da Navoiy Doro to‟g‟risida ma‟lumot beradi. Iskandar
bilan Doro o‟rtasidagi urushni, Doroning o‟z odamlari tomonidan o‟ldirilishi va
uning o‟limi oldidan Iskandarga qilgan vasiyatini bayon etadi. Iskandar
to‟g‟risidagi bob ham yakunlovchi xususiyatga ega bo‟lgan masnaviy bilan
tugallanadi. Bu yerda Navoiy Iskandarning barcha qilgan ishlaridan ikkitasini,
“Saddi yajuj”ni bino qilgani va vafoti oldidan qilgan vasiyatini ta‟kidlab o‟tadi.
Navoiy Iskandarning umri o‟ttiz olti yil, hukmronligi davri esa o‟n uch yil
deb beradi. U Xisrav Dehlaviyning “Oyinai Iskandariy” kitobida Iskandar saltanati
muhlati besh yuz yil deb ko‟rsatilganini ham eslatib o‟tadi. Navoiy o‟zining “Saddi
Iskandariy” dostonini yozganligi to‟g‟risida “Tarixi muluki Ajam”da shunday
deydi: “Bu faqir ham “Saddi Iskandariy”da ul ikki buzrukvor davrini yozib
muarrixlar ahvoliga tarjih qilib nazm adosiga qaror beribmen”.
“Saddi Iskandariy” dostonining kirish qismida Eron shohlari va
sulolalarining qisqacha tarixi va ta‟rifi berilgan.
Xulosa qilib shunday fikrga kelish mumkinki, Navoiy Iskandar mavzusiga
ko‟p e‟tibor bergan. Bu timsol orqali o‟zining ijtimoiy-falsafiy va ta‟limiy-axloqiy
tarbiyaviy qarashlarini bayon qilgan. Ana shu hol “Xamsa”ning yakunlovchi
dostoni “Saddi Iskandariy” ning yozilishiga sabab bo‟ldi deyish mumkin.
Adabiyotlar ro’yxati
1.Vohidov R., Mahmudov M. «Ma‟naviyat–komillik saodati». –Toshkent:
Ma‟naviyat, 1997.
2. Vohidov R., Mahmudov M. «Iymon qalb gavhari. Adabiy falsafiy o‟ylar» –
Toshkent: Ma‟naviyat,1999.
3.Vohidov R, Eshonqulov X. «Mumtoz adabiyot –hikmat xazinasi » -Buxoro:
Buxoro, 2001.
4.Vohidov R., Ne‟matov X., Mahmudov M. «So‟z bag‟ridagi ma‟rifat» -Toshkent:
Yozuvchi, 2001.
5.Karomatov H. «Qur‟on va o‟zbek adabiyoti» -Toshkent: Fan, 1993.
6. Komilov N. «Iskandar payg‟ambar bo‟lganmi? Navoiyga armug‟on (beshinchi
kitob)» -Toshkent: Fan, 2006, 3-9 betlar.
7. «Navoiy va ijod saboqlari» -Toshkent: Fan, 1991.
8. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‟plami, 20 tomlik, 7-tom. «Xamsa». «Hayrat
ul-abror» -Toshkent: Fan, 1991.
Do'stlaringiz bilan baham: |