SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 312
SABZAVOTLARNI ETISHTIRISH USULLARI
Janibek Xummetillovich Nizanov
Nasiba Nizomaddin qizi Ismoilova
Qoraqalpog'iston qishloq xojaligi va agrotexnologiyalari instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sabzavotchilik, uning ekish turlari va sabzavotlarning issiqqa va
sovuqqa chidamli turlari haqida bilib olishingiz mumkin
Kalit so’zlar:
Sabzavotchilik, dehqonchilik, ekin, pomidor, bodring, dala,
issiqxona, o’simlik, chidamli, sovuq
METHODS OF GROWING VEGETABLES
ABSTRACT
In this article you can learn about vegetable growing, its planting types and hot
and cold-resistant varieties of vegetables
Keywords:
Vegetables, farming, crops,
tomatoes, cucumbers, fields,
greenhouses, plants, hard, cold
Sabzavotchilik dehqonchilikning sabzavot ekinlarini
yetishtirish bilan
shugʻullanadigan tarmogʻi. Sabzavotchilik dehqonchilikning boshqa tarmoqlaridan ko’p
jihatdan farq qiladi, jumladan, Sabzavotchilikda ekinlar ochiq va himoyalangan (yopiq)
yerlarda yetishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Sabzavot
ekinlari ochiq maydonlarda (bahor, yoz va kuz davrlarida) hamda urugʻ olish uchun,
yopiq yerlarda (mavsumdan qatʼi nazar) yetishtiriladi.
Himoyalangan yerlarda
oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi uchun (masalan, issiqxonalarda) jami omillar sunʼiy
yaratiladi va ularni o’sish jarayonini boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech
kuzda ham sabzavot yetishtirish imkoniyatini yaratadi. Sabzavotchilikda
yetishtiriladigan ekinlar turining koʻpligi, biologik xususiyatlarining
xilmaxilligi bilan
ham ajralib turadi. Oʻzbekistonda 70 ga yaqin turdagi Sabzavotchilik ekinlari
yetishtiriladi va qishloq xoʻjaligida salmoqli oʻrinni egallaydi. Oʻrta Osiyoda qovunning
2000
yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, qalampir,
turp va boshqa
sabzavotlarni undan ham ilgari ekilgani maʼlum. Xalq seleksiyasida sabzavot
ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan.
Asrlar davomida sabzavot
ekinlarining tur tarkibi oʻzgarib bordi. Masalan, 19-asrning 2-yarmidan Rossiya orqali
pomidor, kartoshka, karam, gulkaram, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson,
pekin karami va boshqa turlari kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.
21-asr boshidan Oʻzbekistonda aholi jon boshiga yillik sabzavotlar isteʼmolining
fiziologik normalarini (jami 113,3kg; shundan karam 2,1kg, pomidor 25,6kg, bodring