3. Antropogen yoki inson faoliyati (o‘simliklarni yetishtirish usullari, chilpish,
shakl berish, bachki shoxlarini kesish, payvandlash hamda o‘simlikka va uning
biotsenoziga mashina bilan kimyoviy, fizikaviy ta’sir yetish kabilar) ta’siri.
Omillar o‘simliklarga bevosita va bilvosita ta’sir etadi va ularning birini
ikkinchisidan farqlash lozim. O‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi,
o‘zgarishi omillarning bevosita ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Bir omilning o‘zgarishi
natijasida boshqa omilning o‘zgarib o‘simlikka ta’sir yetishi bilvosita omil deyiladi.
Masalan, issiqsevar o‘simliklar tuproqdan suv va fosforni o‘zlashtirishining
susayishiga tuproq haroratining pasayishi sabab bo‘ladi.
O‘simliklar hayotida tashqi muhit omillari katta ahamiyatga ega. Ular ilmiy
dehqonchilikning qonunlari asosida biri ikkinchisi bilan almashmagan,
mujassamlashmagan; minimal, optimal, maksimal holda o‘simliklarga ta’sir etadilar.
Bu qonunlar quyidagilarni yuzaga keltirib chiqaradi:
Tashqi muhit omillarining har biri teng ahamiyatga ega bo‘lib, o‘simlikka
mustaqil ta’sir etadi. Bir omilni o‘zgarishi o‘simlikni ikkinchi omilga bo‘lgan
talabining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. O‘simliklarning o‘sish va rivojlanishiga ta’sir
etuvchi asosiy omillar majmui tarkiban o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan unsurlar
yig‘indisidan iboratdir. Bir tur o‘simliklar uchun muayyan sharoitda optimal
hisoblangan omillar majmui ularni yaxshi o‘sib, rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa,
shu o‘simlik boshqa sharoitda o‘stirilganda bu omillarning ayrimlari salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf yetish kerak. O‘simlik
rivojlanishiga to‘siqlik qilayotgan omilni o‘zgartirish hisobiga uning hosildorligini
oshirish mumkin.
O‘simliklar o‘sish va rivojlanishining turli bosqichlarida tashqi muhit omillariga
turlicha munosabatda bo‘ladilar. Mamlakatning turli mintaqalarida tashqi muhit
omillari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Shuning uchun birorbir omil o‘zgarishi
o‘simlikda boshqa omillarga munosabatini o‘zgartirishga sabab bo‘ladi.
O‘simliklarning tashqi muhit omillariga munosabatini ta’riflashda ularning
talabchanlik ko‘rsatkichi bilan chegaralaniladi. Ammo bu ko‘rsatkich o‘simlikning
ushbu omilga bo‘lgan munosabatini bir tomonlama ta’riflaydi. O‘simliklarning tashqi
muhit omillariga munosabatini akademik G.I. Tarakanov uch xil ko‘rsatgich bilan
belgilaydi – talabchanlik, chidamlilik va moyillik.
Talabchanlik o‘simlikning gullashi, meva tugishi, undan hosil olish kabi
davrlarni hamda hayotiy jarayonlarining me’yorida o‘tishini ta’minlaydigan tashqi
muhit omillari ta’sirining jadalligi bilan belgilanadi. Masalan, o‘simlikning o‘sish
davrida harorat, tuproq namligi, suvni va tuproq eritmasidagi mineral tuzlar
kontsentratsiyasini o‘zlashtirishi uchun optimal va suboptimal sharoitlar muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Chidamlilik – o‘simliklarning tashqi muhit omillarining eng past va yuqori
(ekstremal) sharoitlar ta’sir yetishini va tanglikni shikastlanmay, zaralanmay
o‘tkazish xususiyatidir. O‘simlik chidamliligi tashqi muhit omillarinyng minimal,
maksimal va pessimum (ayrim omillarning yetishmasligi yoki me’yoridan oshib
kyetishi hisobiga o‘simlikning tanglik holatiga tushishi) darajasida ta’sir qilishi va
davomiyligiga bardosh berishi bilan aniqlanadi. Tashqi muhit omillari o‘simlikka
salbiy ta’sir ko‘rsatishi keskin, doimiy bo‘lib, me’yoridan oshib ketsa, uni nobud
bo‘lishga olib keladi. Bu omillar o‘simlikda modda olmashinuviga salbiy ta’sir
ko‘rsatib, uning ayrim a’zo hujayralarining zararlanishiga, qismlarining qurib
qolishiga sabab bo‘ladi.
O‘simliklarning salbiy ta’sir etuvchi tashqi muhit omillariga chidamlilik darajasi
ularning nasliy xususiyatiga, bu omillarning kuchli hamda tez-tez takrorlanib ta’sir
Qilishiga bog‘liqdir. O‘sish va rivojlanish davrida tashqi muhit tez-tez va keskin
o‘zgarib tursa o‘simlik uchun katta xavf tug‘iladi.
O‘simliklarning tanglik xolatlarga chidamliliklarini oshirish uchun
sabzavotchiliqda kuchsiz tangliklash (chiniqtirish) usuli qo‘llaniladi.
Tanglik holatlari odatda uchta fazadan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |