Yuza g’adir-budirligni kamaytirishning texnologik usullari.
Yuqorida biz yuza g’adir-
budirligiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni ko’rib chiqdik. Uni kamaytirishni texnologik usullari
shu omillarga bog’liq bo’ladi.
Birinchidan, texnologik soz dastgohdan va sifatli kesuvchi asbobdan foydalanish zarur.
Bundan tashqari, kesish ma’romlarini yuza g’adir-budirligi nuqtai nazaridan optimal ravishda
tanlash mumkin. Ma’lumki, kesish tezligini ortishi hamda kesish chuqurligi va uzatshlar
miqdorini kamaytirish yuza g’adir-budirligini yaxshilaydi. Xuddi shunday kesish jarayonida
sovutish-moylash suyuqliklarini qo’llash ham kesish jarayonini yengillashtirib yuza tozaligini
orttirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |