Sabirov B. A. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari


 SHakldor sirtlarga yo‘nish va parmalash orqali ishlov berish



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/141
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#372001
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   141
Bog'liq
qurilish konstruktsiyalari (1)

14.1. SHakldor sirtlarga yo‘nish va parmalash orqali ishlov berish

 

Katta  uzunlikka  ega  bo‘lmagan  shakldor  sirtlar,  odatda,  tokarlik  dastgohlarida  shakldor 



keskichlar  yordamida  yo‘niladi.  SHakldor  keskichlar  sterjenli,  prizmatik  va  dumaloq  bo‘ladi. 

SHakldor  keskich  qirindini  keng  oladi,  bu  esa  ishlov  berilayotgan  detalning  titrashiga  sabab 

bo‘ladi.  Titrashni  yo‘qotish  yoki  kamaytirish  uchun  kichik  surish  va  kichik  kesish  tezligi 

qo‘llaniladi, bunda kesuvchi asbob emulsiya va moy bilan sovitilib turiladi. 

Detal diametriga (10 mm dan 100 mm gacha) va keskichning kengligiga (8 mm dan 100 

mm  gacha)  qarab  surish  0,01—0,08  mm/ayl  qiymatda  olinishi  mumkin.  Detal  diametri  qancha 

kichik  bo‘lsa  va  keskich  kengligi  qancha  katta  bo‘lsa,  surish  shuncha  kichik  qiymatda  qabul 

qilinadi. Ko‘rsatilgan surish bo‘yicha shakldor sirtlarni yo‘nishda kesish tezligi tashqi silindrik 

sirtlarni yo‘nishdagi kesish tezligidan past bo‘ladi va taxminan 25 - 40 m/min ni tashkil etadi. 

SHakldor  sirtlarni  yo‘nish  unumdorligini  va  aniqligini



 

oshirish  maqsadida  andoza 

bo‘ykcha yo‘nish amalga oshiriladi. 

11.1  a-rasmda  dastani  (1)  nusxalash  (2)  yordamida  yo‘nish  ko‘rsatilgan.  Tortqi  (4)  ga 

mahkamlangan rolik (3) support bilan birgalikda bo‘ylama harakatni amalga oshiradi. SHu bilan 

birgalikda  rolik  nusxalash  2  ning  plas-.  tinkalari  orasidagi  hosil  bo‘lgan  ariqchalar  ichida  egri 

chiziq bo‘yicha harakatlanadi va ko‘ndalang yo‘nish bo‘yicha support salazkasini keskich bilan 

birgalikda  harakatlantiradi.  Keskich  rolik  harakati  bo‘yicha  ergashadi  va  shunday  qilib, 

nusxalash shakliga to‘g‘ri keluvchi shaklni detal sirtiga ko‘chiradi. 

Detallarning shakldor sirtlari ba’zida bir tomonli nusxalash yordamida yo‘niladi. Bunday 

hollarda  dastgoh  staninasining  orqa  tomondan  tros  yordamida  osib  qo‘yilgan  va  karetka  bilan 

birgalikda  suriladigan  rolikli  yuk  yordamida  nusxalash  tortiladi  (11.1  b-rasm).  Nusxalash  (1) 

plita  (2)  ga  mahkamlangan  bo‘ladi.  Rolik  (4)  yuk  (5)  ning  ta’sirida  nusxalash  (1)  ga  har  doim 

tegib turadi. Rolik tortqi (3) ga mahkamlangan o‘qda aylanadi. 




11.1 

-rasm 



da 

porshenning 

sferik 

sirtini 


nusxalash 

(2) 


rolik 

(3) va prujina (1) qo‘llab yo‘nish  

 

ko‘rsatilgan. 



11.1-rasm. Nusxalash bo‘yicha shakldor sirtlarni yo‘nish: 

a — 

tortqiga makkamlangan rolik; 



b — 

yukli rolik; 



v~ 

prujinali rolik. 

YAngi  konstruksiyadagi  tokarlik  dastgohlarida  shakldor  sirtlarga  maxsus  (gidro 

nusxalash yoki elektro nusxalash} moslamalarda avtomatik ravishda ishlov beriladi. 

Yirik  seriyali  va  yalpi  ishlab  chiqarishda  konussimon  sirtlarga  1721  va  1731  modelli 

ko‘p keskichli dast-gohlarda ikkala supportidan foydalanib ishlov berish mumkin. 

Vertikal  parmalash  dastgohlarida  maxsus  shakldor  asbob  yordamida  shakldor  sirtlarga 

ishlov  beriladi.  Detalda  shakldor teshik  hosil  qilishda  avval  teshik  parmalanib,  keyin  shakldor 

peroli parma yordamida teshiqda kerakli shakl hosil qilishi mumkin. 


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish