Teshiklarni jilvirlash. Ichki jilvirlash dastgohlarida. Teshiklar quyidagi usullarda
2. SHpindelning planetar harakatga ega bo‘lgan dastgohda qo‘zg‘almas holatida
3. Detal mahkamlanmagan va aylanib turgan holatda markazsiz jilvirlash (11.4-rasm, b).
11.3- rasm. Ichki jilvirlash dastgohida teshiklarga ishlov berish sxemasi 1-ishlov
Birinchi usul keng tarqalgan (11.3-rasm). Bu usulda ishlov beriladigan detal
sozlanadigan kulachokli o‘zi markazlovchi patronga yoki dastgoh shpindeliga o‘rnatilgan
maxsus moslamaga mahkamlanadi. SHunday usulda mah kamlangan detal aylanadi, o‘z o‘qi
atrofida katta chastotada aylanadigan dumaloq jilvirtosh doirasi ilgarilanma-qaytma va
ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi. Jilvirtosh doirasining ko‘ndalang va bo‘ylama
Ikkinchi usulda, ya’ni detal qo‘zg‘almas holatda, shpindeli planetar harakatlanadigan
gorizontal yoki vertikal dastgohlarda teshik jilvirlanadi. 11.4-rasm a da ichki jilvirlashda
dumaloq jilvirtosh doirasi 2 va detal 1 joylashishi va shpindelning harakatlanish sxemasi
ko‘rsatilgan: I — o‘z o‘qi bo‘yicha aylanishi, II — detal ichki sirtiniig aylanasi bo‘yicha planetar
harakatlanishi, III — detalning o‘qi bo‘yicha ilgarilanma-qaytma harakatlani-shi va IV —
ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi, ya’ni ko‘ndalang surish. Bunday turkumdagi
dastgohlarda oddiy jilvirlash dastgohlarida jilvirlashning imkoni bo‘lmagan detallarning
tashqi silindrik sirtlarini ham jilvirlash mumkin.
Bu dastgohlar unumdorligi past bo‘lganligi sababli faqat goqori unumdorlikka ega
bo‘lgan dastgohlarda jilvirlashning imkoni bo‘lmagan yirik detallarni jilvirlashda qo‘llaniladi.
Jilvirlashning uchinchi usuli — markazsiz jilvirlashdir. Bu usulda mahkamlanmagan
holda aylanib turgan detaldagi teshiklarni quyidagi sxema bo‘yicha jilvirlanadi (11.4-rasm, b).
Tashqi diametri bo‘yicha dastlab jil-
virlab olingan detal uchta roliklar yordamida yo‘naltiriladi va tutib turiladi. Katta
diametrli rolik 1 yetaklovchi bo‘lib hisoblanadi; u detal 2 ni aylantiradi va shu Bilan birga
detalning jilvirtosh doirasi 3 ning katta tezlikda aylanib ketishdan saqlab turadi. YUqorigi
ezuvchi rolik 5 detalni yetaklovchi rolik 1 ga va pastki tutib turuvchi rolik 4 ga tiraydi. Uchta
rolik orasida qisilgan dstal yetaklovchi rolik 1 ning tezligiga teng bo‘lgan tezlikka ega bo‘ladi.
Detalni almashtirishda ezuvchi rolik 5 detalni bo‘shatish uchun chap tomonga suriladi, bu
esa yangi detalni qo‘l bilan yoki avtomatik ravishda almashtirishga imkon beradi.
Markazsiz jilvirlashda teshik diametri bo‘yicha IT11 va xattoki, IT 12 kvalitet bo‘yicha
ishlov berish aniqligiga erishish mumkin. Bu usulni diametri 10 mm dan 200 mm gacha bo‘lgan
teshiklarni ichki jilvirlashda qo‘llash mumkip. Bu usul dumalash podshipniklarining halqalarini
jilvirlashda keng qo‘llaniladi. Markazsiz jilvir
Do'stlaringiz bilan baham: